3. Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini


Download 56.83 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi56.83 Kb.
#1739655
  1   2   3   4
Bog'liq
Metallarresiklingi3-bob


3. Qora va rangli metall PARCHALARI va CHiqindilarini SINFLANISHI
3.1. Qora metallar metallurgiyasining asosiy xom ashyolari va ularning sinflanishi
Qora metall temir-tersak chiqindilarini - qora metallar metallurgiyasining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Har qaysi turdagi metallurgik agregatlarga (elektropo‘lat eritish pechi, domna pech) alohida nav va sinflardagi metal parchalari va ularni chiqindilari talab qilinadi. Shuning uchun qora metall temir-tersak chiqindilari sinflanadi.
Qora metall temir-tersak va chiqindilarini sinflarga, kategoriyalarga, turlarga, guruhlarga sinflashda ularni kimyoviy tarkibi, sifati, o‘lchamlari hisobga olinadi. Hamma qora metallarning temir-tersaklari va ularning chiqindilari ikkita sinf, ikkita kategoriya, yigirma sakkiz tur va oltmish etti guruhga bo‘linadi. Qora metall temir-tersaklari va ularni chiqindilari sinf bo‘yicha po‘latli va cho‘yanli temir-tersak va ularni chiqindilarga bo‘linadi. Po‘latli temir-tersak va chiqindilarga po‘lat eritish agregatlari uchun mo‘ljallangan uglerodli (tarkibida uglerod miqdori 2 foizgacha bo‘lgan) qora metallarni temir-tersaklari va chiqindilari kiradi.
Cho‘yanli temir-tersak va chiqindilariga vagranka uchun mo‘ljallangan, uglerodni miqdori 2 foizdan ko‘p bo‘lgan, qora metallarni temir-tersaklari va ularni chiqindilari kiradi. Bu ikki sinfga ham kirmaydigan, ya’ni bu sinflardan tashqari temir-tersak chiqindilar bor. Bular domna pech qo‘shilmalari, prokat ishlab chiqarishidagi va temirchilikdagi metall kuyindilari, svarka shlaklari kiradi.
Legirlovchi element miqdoriga ko‘ra, bu sinflar quyidagi ikkita kategoriyaga bo‘linadi: A - legirlanmagan uglerodli; B - legirlangan .
Marganets miqdori po‘latli temir-tersaklarda 1 foizgacha, cho‘yanli temir-tersaklarda 2 foizgacha bo‘lsa, kremniy miqdori po‘latli temir-tersaklarda 0,8 foiz, cho‘yanli temir-tersaklarda 4 foizgacha bo‘lsa, fosfor miqdori cho‘yanli temir-tersaklarda 1,5 foizgacha bo‘lsa, legirlanmagan hisoblanadi. Qolgan elementlarni har qanday miqdorida temir-tersak legirlangan hisoblanadi.

Qora metallarning temir-tersaklari va chiqindilarining sinflanishi 3.1-jadvalda keltirilgan.
Po‘latli temir-tersak va chiqindilarini A kategoriyasi 16 turdan iborat. Bular fizik tuzilishi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajratiladi (1A-16A). CHo‘yanli temir-tersak va chiqindilarning A kategoriyasi 8 turdan iborat (17A - 24A). Temir-tersak va chiqindilarning sinfga kirmaydiganlari 4 kategoriyadan iborat (25A - 28A).
Temir-tersak va chiqindilarni sifat ko‘rsatkichi - ularning tarkibiga, tozalik darajasiga, gabarit o‘lchamlariga va og‘irligiga bog‘liq. Har bir turdagi temir-tersak va chiqindilar o‘ziga xos alohida xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan, 1A dan 4A gacha turdagi temir-tersak va chiqindilar qora metall ishlab chiqarishda juda qadrli hisoblanadi va bu turdagi temir-tersak va chiqindilarga yuqori talablar qo‘yiladi. Ularning bo‘laklari eritish pechlariga yuklash uchun qulay va tarkibida simlar yoki sim mahsulotlari bo‘lmasligi kerak.
Tarkibida xrom (Сr) miqdori 0,1 foizdan ko‘p bo‘lmagan 08kp, 08, 05kp, 08YU, 08ps, 08fkp markali 1A turdagi temir-tersak va chiqindilar (№1 po‘latli temir-tersak va chiqindilar), hamda bu turdagi boshqa temir-tersak va chiqindilardan alohida holda yig‘iladi.

Download 56.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling