M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
#226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
226

O 'Z B E K IS T O N   R E S P U B L IK A S I  O L IY   VA 

0 ‘RTA  M A X SU S  T A ’L IM   V A Z IR L IG I

M.N.  MUSAYEV

SANOAT  CHIQINDILARINI 

TOZALASH  TEXNOLOGIYASI 

ASOSLARI

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o'rta  maxsus  t a ’lim  vazlrligi 

tomonidan  5850100

  —


 

Atrof-muhit  muhofazasi yo ‘nalishi  talabalari 

uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan

O 'Z B E K IS T O N   FA Y LA SU FLA R I 

M ILL1Y   JA M IY A TI  N A S H R IY O T I 

T O S H K E N T   -   2011

www.ziyouz.com kutubxonasi


UDK:  504.4(075)

30.69

M90

Musayev,  M .N .

Sanoat  chiqindilarini  tozalah  texnologiyasi  asoslari:  Oliy o ‘quv yurtlarining 

5850100—A trof-m uhit  m uhofazasi  yo'nalishi  talabalari  uchun  darslik/  M.  N. 

Musayev;  O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o'rta-m axsus  ta ’lim  vazirKgi;  —  Т.: 

0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy jam iyati  nashriyoti,  2011.  —  500  b.

U sh b u   d a rs lik d a   a tm o s fe ra n i,  g id ro s fe r a n i  va  lito s f e ra n i  s a n o a t 

chiqindilaridan  him oyalash  usullari  ko'rib  chiqilgan.  G azsim on  tashlam alarni 

va oqova  suvlarni  turli  sanoat  chiqindilaridan tozalash  usullari,  ham da ba’zi ishlab 

chiqarishlaming,  qattiq  maishiy chiqindilaming,  neft  shlamlarining utilizatsiyalash 

va  qayta  ishlash  usullari  keltirilgan.

Darslik  «Atof-m uhit  muhofazasi»,  kim yo-texnologik  fakultet  yo'nalishlari 

bakalavrlari,  m agistrlar  ham da  aspirantlar„uchun  moMjallangan.



UDK:  504.4(075) 

BBK  30.69 

M90

Taqrizchi: 

b.f.d.,  professor  Rahim ova  T.



ISBN  978-9943-391-24-6

©   0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy jam iyati  nashriyoti,  2011.

www.ziyouz.com kutubxonasi


SO‘ZBOSHI

Atrof-muhit deganda nimani tushunamiz? Albatta ushbu savoiga 

deyarli  hamma javob berishi va unga o‘zi bilgan holda ta ’rif berishi 

mumkin.  Atrof-muhit  —  bu  bizni  o‘rab  turgan  ona  tabiat.  Tabiat 

bizni boqadi, kiyintiradi, yashashimiz uchun sharoit yaratadi. Tabiatda 

yaratilgan  har  bir  obyekt  inson  uchun  xizmat  qiladi  —  yer,  suv, 

havo  va  ulardagi  barcha  mavjudotlar,  nabobotlar,  yerosti  tabiiy 

manbalar va hokazo, barcha, barchasi.  Lekin biz bunga javoban uni 

asrab-avaylaymizmi?  Afsuski  yo‘q.  Ko‘pincha  biz  haddimizdan 

oshamiz.  Tabiat  bizning  injiqliklarimizni  ko‘taradi  deb  o‘ylaymiz, 

undagi  mavjud tabiiy resurslarni ayovsiz ishlatamiz, keragidan ortiq 

isrof qilamiz, tabiatni keskin ifloslanishiga sababchi bo‘lamiz. Natijada 

atrof-muhitning tabiiy muvozanatiga putur yetkaziladi va unda ko‘plab 

antropogen o‘zgarishlar vujudga keladi.

Endi  biz  xohlaymizmi  xohlamaymizmi,  baribir  tabiatda  doimo 

antropogen o‘zgarishlaming yuzaga kelishi muqarrardir. Chunki inson 

yashar ekan, o‘zining xo‘jalik ish yuritishi oqibatida tabiatda doimo 

o ‘zgarishlar vujudga  keladi.  Lekin  ushbu  o‘zgarishlarni  me’yorida, 

tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. 

Buning  uchun  har  bir  inson  tarbiyani,  ekologik  tarbiyani  o'zidan 

boshlamog‘i va atrofdagini ham to ‘g‘ri yo‘lga solib, ulaming qalbida 

tabiatga bo'lgan mehrini uyg‘otmog‘i lozim. Shu o‘rinda ekologik tarbiya 

haqida so‘z borar ekan, uning o‘zi alohida bir katta mavzu ekanligini 

uqtirish  lozim,  bu  to ‘g‘risida  uzoq  fikr yurltish  mumkin.  Ekologik 

tarbiya ko'rgan inson hech qachon tabiatga zarar keltirmaydi.  U o‘z 

hayoti davomida doimo me’yorga rioya qiladi va hech qachon isrofga 

yo‘l qo'ymaydi,  uning tutgan yo‘li nafaqat uyda, balki ish faoliyatida 

ham namoyon bo'ladi.  Bu esa tabiiy resurslarni doimo tejalishiga va 

atrof-muhitni ifloslanmasligiga olib keladi.

Hozirgi kunda yer aholisi o‘tgan asming boshidan to yangi asrning 

shu kunigacha bir necha barobar o‘sdi.  Bu esa o‘z yo'lida ulami hayotiy 

zarur  mahsulotlar  bilan  ta ’minlash  uchun  mamlakatlarda  ko'plab 

zavod-fabrikalarning  qurilishiga,  yo'llarning  solinishiga,  uylarning 

barpo etilishiga, avtotransportlami ko‘payishiga va shu kabi ko‘plab 

tadbirlarni  amalga  oshirilishga  olib  keldi.  Oqibatda  tabiat  ayovsiz 

ishlatildi va ishlatilmoqda va uning o‘zi turli chiqindilar bilan to'lib

3

www.ziyouz.com kutubxonasi



toshmoqda. Agar ahvol shu darajada davom etaversa, yaqin kelajakda 

insoniyatning  yer  yuzida  yashashi  havf  ostida  qoladi.  Chunki, 

insoniyatning  yashash  faoliyati  darajasi  ko‘tarilib  borishi,  ishlab 

chiqarish  ko‘lami  kengayib  borishiga,  bu  esa  mahsulotlar  turi 

ko‘payishiga va ko‘plab ishlatilishiga olib kelmoqda,  natijada atrof- 

muhitda  chiqindilarning  miqdorini  ham  oshib  borishiga  sababchi 

bo‘lmoqda.  Shuning  uchun,  har  bir  korxona  sanoat  tarmog‘ining 

qaysi  sinfiga  mansub  ekanligidan  qat’i  nazar  o‘zidan  va  maishiy 

turmushda ajralayotgan chiqindilarning to‘liq zararsizlantirilishiga, 

tozalanishiga va qayta ishlanishiga jiddiy e’tibor berishlari lozim.

Buning  uchun  har  bir  ishlab  turgan  korxona  o‘zidan  ajralib 

chiqayotgan  chiqindiiarni  —  gazlarni,  oqova  suvlarni  va  qattiq 

chiqindi moddalarni zararsizlantirishi hamda mavjud texnologiyalami 

rivojlantirib,  zamonaviylashtirib,  ishlab  chiqarishda  ajralayotgan 

barcha turdagi chiqindiiarni zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlash 

uchun maxsus kerakli inshootlami va uskunalami o'rnatishlari lozim.

Ushbu darslikda atrof-muhitni  muhofaza etish yo‘llari,  chiqindi 

gazlar,  oqava suvlar va  qattiq chiqindilami  zararsizlantirish,  qayta 

ishlash va tozalash texnologiyalari,  ularda qo‘llarriladigan uskunalar 

va ularni tanlash yo'llari, tabiiy resurslarni samarali ishlatish chora- 

tadbirlari,  sanoat chiqindilarini tozalash  texnologiyasi asoslari  fani 

bo'yicha test namunalari, fan dasturiga kiritilgan laboratoriya ishlari 

va  amaliy  mashg'ulotlar  hamda  atrof-muhit  muhofazasi  bo‘yicha 

uchraydigan  asosiy terminlarning  lug‘aviy  ma’nosi  uch  xil  tilda  — 

o‘zbek,  rus va ingliz tilida keltirilgan.

4

www.ziyouz.com kutubxonasi



KIRISH

Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatnmg taraqqiy etib borishi,  fan 

va texnikaning rivojlanishi,  moddiy turmushning yaxshilanishi parallel 

ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. 

Insoniyat  doimo  yaxshi  yashashga  harakat  qilib  kelgan,  lekin  shu 

yashash  tarzi  hozirgi  kunda  m a’lum  m uam m olarni  vujudga 

keltirayotganligi  hech  kimga  sir  emas.  Insonning  hayotiga  texnika 

vositalarini  borgan  sari  chuqurroq  kirib  borishi  uning  o‘ziga  ham 

qator qiyinchiliklarni tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi.  Bu fikiga 

kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu  fakt. 0 ‘zingizga ma’lum, 

texnikaning rivojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi 

shu insonning o‘zini kam harakat qilib qo'yadi.  Faraz qiling, ertalab 

turdingiz va hech qiynalmay elektr choynakda yoki gaz plitada choyni 

qaynatdingiz,  mikroto‘lqinli  pechda  yoki  tosterda  o‘zingizga  biror 

bir  egulik  tayyorladingiz.  Nonushtadan  keyin  liftda  pastga  tushib, 

shaxsiy  mashinangizda  ishga  kelib,  kun  bo‘yi  komputer  yonida  va 

telefon yordamida ishlaringizni bitirdingiz, umuman olganda deyarli 

faol harakat qilmadingiz.  Bu kabi ish faoliyatini yoki butunlay boshqa 

soha ish faoliyatini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin.  Lekin 

bu bizning asosiy maqsadimiz emas.  Bizning maqsad hozirgi  kunda 

insonning  hayotiy  eh tiy o jlari  k u ndan  kunga  keskin  oshib 

borayotganligini  ko‘rsatish  va  uning  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 

esa  ishlab chiqarish  va  texnikani  kundan  kunga  rivojlanib,  ko‘proq 

mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir.

Hozirgi kunda ishlab chiqarishning, fan va texnikaning  rivojlanishi 

o‘z  yo‘lida  atrof-muhitga  ko‘plab  turli  chiqindilarni  tashlanishiga 

sababchi boMishi hech  kimga sir emas.  Shu o‘rinda o‘quvchida savol 

tug‘ilishi  mumkin,  xo‘sh  nima  qilmoq  kerak,  qanday  yo‘l  tutish 

lozim? Albatta,  har bir insonda bu  kabi  savollar tug‘ilishi tabiiydir. 

Awalo  inson  o‘zining  «aql»  ko‘zi  bilan  tabiatga  chuqurroq  nazar 

solishi  va  u  yerda  mavjud  barcha  mavjudotlami,  o‘simliklami,  yer 

usti va yer osti tabiiy resurslarini  uning o‘zi  uchun  yaratilganligi  va 

ulaming  barchasi  unga  xizmat  qilmoqligini,  undan  keyin  ham  bu 

yerda — ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab 

yetmog‘i  kerak.  Yer barcha  tirik  mavjudotlar va  o‘simliklar uchun 

yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi. Yer va uni o‘rab turgan

5

www.ziyouz.com kutubxonasi



havo, suv va tuproq  qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit 

yaratadi.  Yerdagi  barcha ma’danlar,  suvlar va ularda yashab turgan 

jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda yashashi 

uchun  xizmat  qiladi.  Buni  anglab  yetgan  insonlar tabiatga  bo'lgan 

o ‘z  mehrini  oshirishga,  uni  asrab-avaylashga  va  tabiat  qonunlari 

bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim.  Lekin,  ming 

afsuski  bunga javoban  ko‘pchilik  tabiatni  qadrlamaydi,  uni  asrab- 

avaylamaydi. Yer ularning barcha «nomaqbulchiligini»,  «erkaligini» 

ko‘taradi, deb fikr yuritadilar.  Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin 

ifloslamshi,  ekologik  muvozanatning  izdan  chiqishi,  turli  iqlimiy 

o‘zgarishlar  va  falokatlarni  yuzaga  kelishi  bizning,  hammaning 

«nomaqbul»chiligimizning yorqin dalili, uning amaldagi ko‘rinishidir. 

Tabiatni o‘zi bir butun  muvozanatdagi turli energetik aloqalar bilan 

bogMangan sistema bo‘lib, bu aloqalarning buzilishi va izdan chiqishi, 

yerdagi mavjud tabiiy jarayonlarning buzilishiga olib keladi va buning 

oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga keladi.  Bundan 

5,5  ming  yil  ilgari  Misrdagi  Xeops  piramidasiga  ham  bu  to ‘g‘rida 

quyidagi yozuv qoldirilgan ekan:  «Inson tabiat kuchlarini mensimagani 



va  haqiqiy  dunyoni  tushunmagani  uchun  o ‘limga  mahkum  bo'ladi». 

Bu  to ‘g‘risida  ko‘plab  misollar keltirish  mumkin.

Shuning uchun  hozirgi kunda atrof-muhit muhofazasi muammosi 

har bir davlatning asosiy masalalaridan biriga aylanishiga olib keldi. 

Chunki,  yer  planetasi  aholisi  o‘tgan  asr boshidan  1,5  milharddan 

yigirma birinchi asrning shu kunigacha 8-8,5 milliardgacha o‘sdi.  Bu 

esa  o‘z  yo‘lida  yashash  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda  ularni 

ta’minlash uchun yerlar, tabiiy resurslar, energiyaning shiddat bilan 

ko‘proq  ishlatilishiga  olib  keldi.  Shu  kunlarda  yerdan  100  milliard 

tonnadan  ortiq  tabiiy  boyliklar  qazib  chiqarilmoqda,  800  milliard 

tonna metall eritilmoqda, 60 million tonna  turli sintetik materiallar 

ishlab  chiqarilmoqda,  har  yili  yerga  500  million  tonna  mineral 

o‘g‘itlar,  3  million tonna zaharli ximikatlar solinmoqda.  Tabiiy suv 

havzalariga 700 milliard m3 miqdorda sanoat va maishiy oqova suvlari 

tashlanmoqda.

Atrof-muhitga tashianadigan zaharli gazlar ichida asosan CO,  S 0 2, 

NOx (azot oksidlari),  CxHy (uglevodorod gazlar) va changlar yuqori 

o‘rinlarni  egallaydi.  Atmosfera  havosiga  har yili  250  mln.tonnadan

6

www.ziyouz.com kutubxonasi



ortiq chang,  200 mln.tonna CO,  150 mln.tonna S 0 2,  50 mln. tonna 

azot oksidlari, 50 mln tonnadan ortiq uglevodorod moddalari, hamda 

20 mln.tonnadan ortiq C 0 2 gazi tashlanadi.  Hozirgi vaqtda yer yuzida 

200  mln.dan  ortiq  avtomobil  boMib  (bu  son  kundan  kunga  oshib 

bormoqda),  ulaming  har  biri  atrof-muhitga  o'rtacha  200  xildan 

ortiq  zaharli  moddalami  tashlaydi.  Ular  ichida  o‘ta  kanserogen 

xossadagi  turli  uglevodorodlar,  qo‘rg‘oshin  birikmalari  uchraydi. 

Benzinda tetra-etil qo‘ig‘oshin moddasining boMishi ulami avtomobil 

tra n sp o rtid a  ishlatgandan  keyin  atro f-m u h itg a  q o ‘rg ‘oshin 

moddasining  turli  oksid,  nitrat,  sulfat,  xlorid  birikmali  zaharli 

moddalarini  tarqalishiga  sababchi  bo'ladi.  Bu  moddalar  transport 

vositalari tufayli shahar yo'llarida doimo uchraydi.  Ko'mir yoqilganda 

tutun  va  kullar  bilan  birgalikda  atrof-muhitga  uni  qazib  olingan 

miqdoriga  nisbatan  ko‘proq  moddalar  tarqaladi,  masalan,  magniy 

1,5,  molibden  3,  mishyak  7,  uran,  titan  10,  aluminiy,  yod,  kobalt 

15,  simob  50,  Li,  V,  Sr,  Be,  sirkoniy  100  barobar  ko‘p  tarqaladi. 

Shu  sababli  ular o‘simliklarda,  suvda,  yerda  doimo  mavjud bo‘lib, 

ushbu  moddalar  inson  organizmiga  mahsulotlar  orqali  o ‘tishi 

aniqlangan (suv, havo, sabzavot va mevalami iste’mol qilish orqali). 

ОЧа  xavfli  radioaktiv  moddalar  —  atom  elektrostansiyalari  (AES 

lar) orqali tarqaladi.  Bu moddalar atmosfera havosida doimo yig‘iladi, 

ular havoda  o'zaro  birikib  o‘ta xavfli  moddalami  Ham  hosil  qilishi 

mumkin, azot oksidlari va freonlar esa atmosfera havosining stratosfera 

qatlamida joylashgan  ozon gazi qatlamining yemirilishiga sababchi 

boMadi.  Uzoqqa bormaylik, mana hozirgi kundagi iqlim o‘zgarishlari, 

tabiiy ofatlaming  ko‘payishi  (suv toshqinlari,  dovul,  bo'ronlarning 

ko‘payishi,  o‘rmon  yong‘inlari  va  shu  kabilar)  atmosfera  havosi 

qatlamida «parnik» gazlari miqdorining oshganligi  natijasida yuzaga 

kelgan  deb  ko‘rsatish  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda  atmosfera 

havosida  chiqindi  gazlarning  to ‘planishi  natijasida  «kislotali 

yomg‘ir»lar,  smoglar  hosil  bo‘lishiga  va  ulami  yerga  tushib,  suv 

havzalari,  hosildor  yerlarning  ishdan  chiqishiga  olib  kelishi 

barchamizga ma’lum. Oqibatda yerlar zararlanishi natijasida yaroqsiz 

holatga,  suvlardagi  jonivorlar  esa  suvlarning  ifloslanishi  oqibatida 

halokatga mubtalo bo‘lishi kuzatilmoqda. Yog‘inlarda pH=4,15-4,51i 

sulfat  kislotasining  uchrashi  hatto  Olmaliqdan  50  km  narida

7

www.ziyouz.com kutubxonasi



joylashgan G ‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol biosferik qo‘riqxonasida 

ham kuzatilgan bo‘lib, bu yerda oltingugurtning fon konsentratsiyasi 

MHD bo‘yicha eng yuqori natijaga ega. Statistik ma’lumotlaiga ko‘ra 

hozir respublika bo‘yicha yiliga atmosfera havosiga 1,84 mln.tonna zararli 

moddalar tashlanmoqda.  Ushbu miqdordan 53%i uglerod oksidiga, 

8%i  uglevodorodlarga,  15%i  oltingugurt  angidridiga,  4%i  azot 

oksidlariga,  15%i esa yuqori toksik ingredientlaiga to‘g‘ri keladi.  Ushbu 

gazlaming barchasi atmosfera havosida turli xil o'zgarishlarni vujudga 

keltirib, atmosfera havosinmg tarkibini buzilishiga sababchi bo‘ladi. 

Atmosferada  to'plangan  zaharli  birikmalar  yomg'ir  va  qor  orqali 

yerga  qaytadi  va  natijada  unumdor  tuproq  qatlamini,  hamda  suv 

havzalarini  zararlaydi.  Hozirgi  kunda  suv  havzalari  sanoat 

korxonalarining  oqova  suvlari  bilan  ham  keskin  ifloslanmoqda. 

Sanoatda ajralayotgan oqova suvlar tarkibida asosan turli og'ir metall 

ionlari  va  tuzlari,  yuvuvchi  vositalar,  yog'lar,  neft  mahsulotlari, 

radioaktiv  birikmalari  ko‘plab  uchraydi.  Hisoblarga  ko‘ra  suv 

havzalariga 500 mingdan ortiq turli xildagi birikmalar tashlanar  ekan. 

Og‘ir  metallar  —  Pb,  Hg,  Cu,  Zn,  Cd  suvga  tushib,  hayvon  va 

baliqlar  organizmlariga  o'tadi.  Ulardan  esa  iste’mol  orqali  inson 

oiganizmiga ham o'tishi mumkin. (Simob bilan zaharlangan bahqlami 

iste’mol qilish orqali inson organizmining shikastlangani Amerikada 

kuzatilgan.)  Neft  va  neft  mahsulotlari  bilan  ifloslanganda  suv 

havzalari,  dengizlar va okeanlar ham katta talofot ko'radi.  Har yili 

okean  suvlariga  tanker  va  kemalaming  halokati  natijasida  12-15 

mln.tonna neft oqib ketadi.

M a’lumki,  1  tonna  neft yupqa plyonka bilan  12 km2 suv yuzasini 

qoplaydi.  Bu esa o‘z yo‘lida baliq uvildiriqlarining, kislorod yetkazib 

beradigan  fitoplanktonlarining  qirilib  ketishiga  sababchi  bo'ladi, 

natijada  havo-atmosfera  va  suv-gidrosfera  o'rtasidagi  gaz-suv 

almashinishi  jarayoni  buziladi.  Uzoqqa  bormaylik,  kundalik 

hayotimizda o'zimizning ba’zi avtomobillami yuvish shoxobchalarida 

ham ko'plab neft mahsulotlarining suvga qo'shilib oqib ketishi doimo 

kuzatiladi.  10 g neft mahsuloti esa 60 m 3 suvni umuman ishlatishga 

yaroqsiz qilib  qo'yadi.

Suvni me’yordan ko‘p ishlatish ham qator daryolar, ko'llamining 

qurishiga olib keladi. Orol dengizining hozirgi kundagi ahvoli burring

8

www.ziyouz.com kutubxonasi



yorqin  dalilidir.  Hozirgi  kunda  Orol  dengizining  qurigan  tubidan 

atmosfera  havosiga  har  yili  o‘rta  hisobda  70-75  mln.tonna  tuz 

ko'tarilmoqda.  Ushbu «tuz bo'ronlari» hatto Pomir, Tyan-Shan tog‘ 

tizmalarining  muzliklarigacha  yetib  bormoqda.  M a’lumki,  bizning 

asosiy  suv  manbalarimiz,  ya’ni  daryolarimiz  muzliklarni  erishi 

natijasida hosil bo'ladi. Tuz esa muzlarning erishini tezlashtiradi.  Bu 

esa o'z yo'lida tabiatdagi muz hosil bo'lishi va uning erishi o'rtasidagi 

tabiiy muvozanatning izdan chiqishiga sababchi bo'ladi. Natijada yaqin 

kelajakda,  agar ahvol tezlik bilan to'g'rilanmasa,  muzliklarning tez 

erib,  zaxirasi  kamayishi  oqibatida  suv  resurslarining  ham  kamayib 

ketishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Bundan  tashqari  yerga  qattiq  zaharli  birikmalar  tushishi  yer 

tuprog'i strukturasming buzilishiga olib keladi, o'g'it va pestitsidlami 

rejasiz ishlatish esa uning kimyoviy tarkibini buzilishiga olib keladi. 

Oqibatda  yer  eroziyasi,  hosildorlikning  keskin  tushib  ketishi, 

sho'rlanish kabi salbiy holatlar yuzaga keladi.  Bu to'g'risida ko'plab 

gapirish  va  misollar keltirish  mumkin.

D em ak,  h a r  qanday  ch iq in d i  qaysi  san o at  ta rm o g 'id a n  

tashlanishidan  qat’i  nazar,  albatta  ushlab  qolinishi,  tozalanishi  va 

zararsizlantirilishi lozim.  Ushbu darslikni  yozishdan asosiy maqsad 

ham  talabalarga  hozirgi  kunda  sanoat  korxonalaridan  ajralib 

chiqayotgan  turli  chiqindiiarni  ushlab  qolish,  zararsizlantirish, 

tozalash  va  qayta  ishlashning  zam onaviy  texnologiyalarini 

tanishtirishdan iboratdir. Darslik katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, 

unda  bo'lajak  mutaxassislarni  har  bir  korxonada  ajralayotgan 

chiqindiiarni  alohida  к о 'rib  chiqmoqlikka  va  ularni  zarar  keltirish 

darajasidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishiga hamda qayta ishlanib 

kerakli mahsulotga aylantirishga e’tiborini qaratishga undaydi.

9

www.ziyouz.com kutubxonasi



I-BOB.  DUNYODAGI YA 0 ‘ZBEKIST0NDAGI 

ATROF-MUHIT HOLATI

Shunday  qilib,  sanoat  chiqindilarini  atrof-muhitga,  biosferaga 

tashlanishi  ko‘p  regionlarda  ekologik  holatning  buzilishiga  olib 

kelmoqda.  0 ‘rmonlarning  qirilishi,  suvlarning,  yer  yuzasining 

ifloslanishi  va boshqalar shular jumlasidandir.  Buning oldini  olish 

uchun  sanoat  korxonalaridan 

ajralayotgan  chiqindilarga 

REChK(ruxsat  etilgan  chegaraviy  konsentratsiya)  lar  o‘matilishi 

lozim. Har bir korxonadan ajralayotgan chiqindi REChK dan yuqori 

bo‘lsa u tozalanishi yoki albatta korxona texnologiyasi sozlanishi lozim. 

Hozirgi  kunda  olimlar  tarafidan  har  bir  chiqindini  tozalash  yoki 

uni  zararsizlantirish  uchun  turli  usullar  ishlab  chiqilgan.

Har  bir  usul  ajralayotgan  chiqindining  agregat  holati,  fizik- 

kimyoviy  xususiyati,  miqdori,  konsentratsiyasi,  harorati,  qanday 

manbadan ajralayotganligiga qarab tanlanadi.

Inson  yashar ekan atrof-muhitga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonning 

xo'jalik  ish  yuritishi  natijasida  atrof-muhitda  yuzaga  keladigan 

o‘zgarishlarga  antropogen o‘zgarish  deb ataladi.  Bunga  misol qilib 

yo‘llarning,  zavod-fabrikalarning,  suv  omborlarining  qurilishi, 

yerlarning  o‘zlashtirilishi  natijasida  tabiatda  yuzaga  keladigan 

o‘zgarishlami  ko‘rsatishimiz  mumkin.  Antropogen  o‘zgarishlar  2 

xil  bo'ladi:  mo‘ljallangan  va  m o‘ljallanmagan.  M o‘ljallangan 

antropogen  o‘zgarishga  yuqoridagi  misolni  keltirishimiz  mumkin. 

M o‘ljallanmagan  antropogen  o'zgarishga  esa  tabiatda  o‘z-o‘zidan 

yuzaga  keladigan  o‘zgarishm  ko‘rsatishimiz  mumkin.  Masalan, 

ko‘llarning achib qolishi,  smoglarning hosil bo‘lishi va shu kabilar.

Buning natijasida yerda turli xil biologik o'zgarishlar,  falokatlar, 

tabiiy muvozanatning buzilishi kabi holatlar yuzaga keladi. Albatta 

ushbu  muammo  tortishuvli,  lekin  ochiq  tan  olish  lozimki,  tabiiy 

muvozanatni buzilishiga, turli falokatlar vujudga kelishiga insonning 

o‘zi to‘liq aybdor. Chunki, hozirgi kunda zavod-fabrikalar, avtomobil 

transporti,  aholi  sorri  yildan  yilga  ortib  bormoqda,  daraxtzorlar, 

yashil o‘tloqlar maydoni esa qisqarib bormoqda. Bu  o‘z yo‘lida o‘simlik 

barglariga  yutilishi  lozim  bo‘lgan  «parnik  gazlari»ni  (C 0 2,  CN4, 

N 20  parlari) atmosfera havosida to‘planishiga sababchi bo‘lmoqda. 

Bu  esa  yerdagi  haroratning  ko‘tarilishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin. 

Kuzatishlarga ko‘ra oxirgi  100 yil ichida atmosfera havosida uglerod

10

www.ziyouz.com kutubxonasi



dioksidining  konsentratsiyasi  25%  ga,  metanniki  esa  100%  ga 

ko'tarilgan.  Keyingi  yillarda  bu  miqdor  yana  ham  ko'tarilishi 

kutilmoqda. Olimlaming taxminiga ko‘ra «pamik efFekti» ta’sirida oxiigi 

50  yil  ichida  yerning  o‘rtacha  harorati  2—5°  С  ga  ko'tarilishi 

kutilmoqda.  Bu  esa  o'z  yo‘lida  dunyo  okeani  suvini  0,5—2m  ga 

ko'tarilishiga olib kelishi  mumkin.  Natijada ko‘plab quruqliklar suv 

ostida qolib ketadi.  Hozirgi kunda qutbda joylashgan muzliklarning 

erishi kuchayganligi olimlar tomonidan kuzatilganligini aytib o'tish 

joiz.  D unyo  b o 'y ic h a   tu rli  iqlim iy  o ‘zg arish lar  nam oyon 

bo‘layotganligi  ham  buning  yorqin  dalilidir.  Dunyoning  turli 

chekkalarida  o‘rmon  yong‘inlarining  o ‘z-o‘zidan  sodir  boMishi 

(Rossiya,  AQSH,  Fransiya,  Ispaniya,  Portugaliya  va  boshqalar) 

yuqorida  aytib  o'tilgan  ushbu  holatlaming  natijasidir.  0 ‘zimizning 

Orol  dengizining  qurib  borayotganligini  ko'rib  guvohi  boMib 

turganligimiz ham hozirgi  kundagi global  ekologik o'zgarishlar ro‘y 

berayotganligining  misolidir.

Demak,  hozirgi kunda ekologik falokatlarning oldini olish  uchun 

tezda davlatlar o'rtasida o'zaro kelishuvlami amalga oshirish, davlatlar 

tom onidan  atrof-muhit  holatini  yaxshilashga  qaratilgan  chora- 

tadbirlarni belgilash va uni bajarish, aholi o'rtasida ekologik tarbiyani 

kuchaytirish,  sanoat  tarmoqlarida  hosil  boMuvchi  barcha  turdagi 

tashlamalarning,  chiqindilaming  miqdorini  kamaytirish  va  ularni 

zararsizlantirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy qilish, eski 

ishlab  turgan  qurilm alarni  yangisiga  alm ashtirish,  tozalash 

mshootlarini o'rnatish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.


Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling