3-Topshiriq Bajardi: Anvarjonov Farhodbek


Download 26.07 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi26.07 Kb.
#1289989
Bog'liq
Biznes topshiriq 3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Menejment va marketing kafedrasi
Biznes jarayonlarini boshqarish fanidan


3-Topshiriq

Bajardi: Anvarjonov Farhodbek


Guruh:OEL005
Tekshirdi: Shaislamova Muazzam

Toshkent-2022


Topshiriq.
SWOT tahlilining kengaytmasi quyidagicha:
S (strong) – kuchli tomonlari;
W (weak) – zaif tomonlari;
O (opportunity) – imkoniyatlari;
T (threat) – tahdidlari, to’siqlari.
Iphone va Redmi telefonlarining SWOT tahlili:
Iphone: S – brendroq telefon, ko’rinishi ham bejirim, bunday telefonga ega
shaxslar odamlar ichida obro’li hisoblanadi, ishlash tezligi ham yuqori;
W – boshqa telefonlar bilan deyarli chiqisha olmaydi. Ya’ni, zaryadchigi faqat
o’ziniki bo’lishi kerak, shareit, midrop kabi fayllarni, ilovalarni, ulashuvchi va
oflayn rejimda ishlovchi programmalarni qo’llab-quvvatlamaydi, deyarli hamma
ilovalarni internetdan tortib olish kerak, narxi qimmat. Zaryadining davomiyligi
nisbatan kamroq muddatga yetadi.
O – funksiyalari juda keng ko’lamli telefon. Ayniqsa, kamerasi megapixel
jihatdan ancha kuchliroq, bemalol kunduzi ham tunda ham sifatli video olish
imkoniyatini beradi, to’y va kliplarni olish ham mumkin.
T – juda tez yangi versiyalari chiqadi va bu, albatta, ko’pchilikka yoqmaydi.
Ya’ni, yangi versiyani tortib olib, o’rnatmagunizcha u chiqaveradi va telfonda
har xil muammolar paydo bo’lishni boshlaydi va ma’lum miqdorda megabaytlar
ham sarflanadi. Mustahkam telefon bo’lishiga qaramasdan, mabodo
shikast yetadigan bo’lsa, zapchastlari, korpuslari va ayniqsa, original ekrani
anchagina qimmat va ustalari ham kamyob hisoblanadi.

Redmi: S – zaryadi uzoqroq muddatga yetadi, 2 ta sim-karta va ba’zilarida


alohida mikrochip solinadigan imkoniyatlari mavjud. Narxi ham juda qimmat
emas, aksar odamlar uchun qulay va cho’ntakbop va ko’plab kerakli hamda
foydali funksiyalarga ega.
W – kamerasining megapixeli juda yuqori darajada emas, ishlash tezligi pastroq,
oxirgi rusumlari hajm jihatidan nisbatan kattaroq va ixcham emas.
O – o’zining alohida ma’lumotlarni, ilovalarni o’tkazuvchi va qabul qiluvchi
programmasiga ega, uning nomi midrop deyiladi. Zaryadining davomiyligi
anchagina yaxshi. Kun bo’yi ishlatib yurilsa ham 24 soatdan ortiqroq muddatga
yetishi mumkin. Qo’shaloq sim-kartalilik imkoniyati ham juda foydali va
ommabop, hozirgi kunda talabga ham javob beruvchi omil hisoblanadi.
T – Bu telefonda ham o’ziga yarasha yangilanishlar juda tez fursatda paydo
bo’ladi. Har xil programmalari, ilovalari va o’zining yangi versiyalari ham tez-tez
yangilanib turadi. Internet ishlashi jihatidan, tezligi juda yuqori emas, o’rta
darajada hisoblanadi. Ko’p zapchastlari, korpuslari mustakam emas. Ya’ni,
tez ta’mirtalab bo’lib qolishi mumkin.
Download 26.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling