36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing


Download 68.01 Kb.
bet1/15
Sana15.06.2023
Hajmi68.01 Kb.
#1485367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari


36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsizda. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol! So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi.
37. Tilxat yozing.
Pul hujjat qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligi tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumningbahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko’rsatiladi, qavs ichida esa so’zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig’idagi bo’sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o’chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubxa ostiga olinishi mumkin. Ba’zan tilxatda guvohlar ism - sharifi ham ko’rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o’z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
38. Ilmiy uslubda matn tuzing.
lmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Download 68.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling