4 – amaliy mashg‘ulot Mavzu: Tasvirga olish nuqtasini to’g’ri tanlash
Download 84.82 Kb.
|
4- амалий машғулот. Тасвирга олиш нуқтасини тўғри танлаш.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq: 3 xil rakursda tasvirga olish.
4 – amaliy mashg‘ulot Mavzu: Tasvirga olish nuqtasini to’g’ri tanlash. Rakurs – bu tasvirga olish nuqtasidir. Rakurs atamasi fransuzcha “qisqartirish” degan ma’noni bildiradi. Ob’ekt qisqartirilishi xaqiqatdan xam tasvirga olish nuqtasiga bog‘liq bo‘ladi. Rakurs operator va fotograf bisotidagi kuchli vosita. Tasvirning odatdan tashqari bo‘lgan nuqtasi kadrning ta’sirchanligini kuchaytiradi. Rakursning 3 xil turi mavjud: - pastki rakurs - tug‘ri rakurs Normal tasvirga olish nuqtasi bu odatda ko‘pchilik odamlar tasvirga oladigan nuqta. Foto inson bo‘yi balandligida tasvirga olinadi va bunda tasvir deyarli hatolarsiz buladi. Qo‘llanilish holatlari passport va portret syomkasida. Aksariyat fotografiyalar syomkaning aynan normal tasvirga olish nuqtasidan foydalangan holatda tasvirga olinadi. Pastki tasvirga olish nuqtasi bu holatda biz fotoaparatni ko‘z balandligidan quyiroqqa tushirgan holatda tasvirga olinadi. Portret syomkasida yuqori va quyi rakurslardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Tasvirga olishning quyi nuqtasi ob’ektlarga ancha monumental buyuk ko‘rinish beradi. Yuqori tasvirga olish kuqtasi bu usuldan foydalanayotganimizda biz fotoapparatni odatiy syomka darajasidan yuqoriroqqa ko‘tarishimiz kerak. Qo‘llanilish holatlari ko‘pincha shaxar peyzaji syomkasida yoki bitta tekislikda joylashgan ob’ektlarni ko‘rsatishga yordam beradi. Yuqori nuqtadan olingan tasvirlar ancha tinch, harakatlanayotgan odamlar va predmetlar ham deyarli statik bo‘lib tuyuladi. Aksariyat holatlarda bino yon tarafdan tasvirga olinadi, bunda uning shakli, balandligi va uzunligi yaxshi ko‘rinadi. Kadrda aks etgan osmon, daraxtlar ma boshqa binolar asosiy ob’ektning me’morchilik shaklini anglashga yordam beradi. Tasvirga olish nuqtasini aniq belgilab olish uchun binoni aylanib ko‘rish, qaysi yo‘nalish, qanday balandlikdan tasvirga olish maqulligini mo‘ljallash zarur. Kadrda bezakdor muxitni yaratish uchun masalan (gullar, daraxt shoxlari, darvoza, to‘siq panjaralari) tasvirga olish nuqtasi tanlanayotganda 1 planga qo‘yilishi mumkin. Tasvirga olish nuqtasini tanlayotganda inter’erdagi tabiiy yorug‘lik tarqalishi sharoitini ham hisobga olish zarur. Topshiriq: 3 xil rakursda tasvirga olish. Topshiriq bo’yicha ko’rsatmalar: yuqorida berilgan ma’lumotlar asosida berilgan vazifani bajarish va tasvirga olishda yuqori rakursdan tasvirga olishda tasvirga olish apparati inson ko’zidan yuqorida, normal holatda inson ko’zi barobarida va pastki rakursda tasvirga olishda inson ko’zidan pastda bo’lishi tavsiya etiladi. Download 84.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling