4 – Laboratoriya ishi Poyezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi


Download 35.64 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2023
Hajmi35.64 Kb.
#1342868
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-lobaratoriya


4 – Laboratoriya ishi 
Poyezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi

ОГОХЛАНТИРИШЛАРНИ БЕРИШ ТАРТИБИ





PTE ga muvofiq, poyezdlarning yo‘nalish vaqtida lokomotiv brigadalarining alohida hushyorligini ta’minlash va ularni ishlarni amalga oshirish xaqida ogohlantirish kerak bo‘lgan taqdirda poyezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi.


Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi:



  • yo‘l, kontakt tarmoq qurilmalari, pereyezd signalizatsiyasi, sun’iy va boshqa inshootlar nosozligida, shuningdek, yo‘lda to‘xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab qiladigan ta’mir va qurilish ishlarida;

  • SSB vositalarining yangi turlarini foydalanishga topshirishda, shuningdek, yangi svetoforlarni yoqishda, eskilarini ko‘chirishda va bartaraf qilishda, ularni yopiq holatga keltirib bo‘lmaydigan nosozliklarda;

  • yo‘l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida;

  • ortish gabaritlaridan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan poyezdni jo‘natishda ushbu poyezdning yo‘nalishi davomida tezlikni pasaytirish yoki alohida sharoitlarga rioya qilish kerak bo‘lganda;

  • 2 yo‘lli peregonda qor tozalagich, ballaster, yo‘l yotqizuvchi, ko‘tarma kran, shag‘al tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda;

  • berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan harakat tarkibini poyezdga biriktirganda;

  • ko‘rish sharoiti yomon bo‘lganida olib qo‘yiladigan harakat birliklari bilan ishlashda, shuningdek, yo‘l vagonchalarida og‘ir yuklarni tashishda;

  • yo‘lda poyezdni to‘xtatish yoki tezlikni pasaytirish kerak bo‘lgan boshqa barcha holatlarda, shuningdek, lokomotiv brigadalarni poyezd alohida sharoitda harakatlanayotgani xaqida ogohlantirish kerak bo‘lganida.



Barcha ogohlantirishlar uch turga bo‘linadi:


a) belgilangan vaqtdan bekor qilinguncha amaldagilar, tegishli rahbar ishlarni bajarish sharoitlariga ko‘ra ishning yakunlashining aniq vaqtini aytib berolmagan hollarda; (Ushbu ogohlantirishlar bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar olinmaguncha poyezdlarga topshiriladi. Bu ogohlantirishni faqat uni belgilagan xodim yoki uning bevosita boshlig‘i bekor qilishi mumkin)
b) ishlar rahbari tomonidan belgilangan aniq muddat mobaynida amaldagilar, ushbu muddat ogohlantirish berish uchun buyurtmada ko‘rsatiladi; (Ushbu ogohlantirishlar faqat shu muddat davomida topshiriladi. Ishlar rahbaridan ogohlantirishni amal qilish muddatini uzaytirish xaqida xabar olinmasa, bunday ogohlantirishlarni bekor qilish to‘g‘risida buyurtmalar berilmaydi va ularni poyezdlarga topshirish to‘xtatiladi)
v) ayrim poyezdlar uchun o‘tkazishning alohida harakatlarida (masalan, poyezdda belgilangan tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘lmagan yuk yoki harakat tarkibining mavjudligi, grafikda belgilanmagan to‘xtashlar tayinlanishi va rioya qilish zarurligida);
Mo‘ljallangan ishlarni bajarish bilan bog‘liq ogohlantirishlarga buyurtmalar quyidagi muddatlarga beriladi:


a) yo‘l ustalari, kontakt tarmog‘i hududining boshliqlari va elektromexaniklari, signalizatsiya va aloqa vositasi elektromexaniklari tomonidan - ishlarni bajarish davriga, ammo 12 soatdan oshmagan muddatga;
b) yo‘l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan - 5 sutkagacha;
v) AJ mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshliqlari tomonidan – 10 sutkagacha.


Poyezdlar harakati grafigida ko‘zda tutilmagan bundan uzoqroq muddatga beriladigan ogohlantirishlar AJ raisining buyrug‘i bilan belgilanib, ushbu buyruqda AJ raisi tegishli xodimlarga zarur ishlar bajarilib, normal tezlik tiklangandan so‘ng, ogohlantirishni bekor qilish xuquqini berishi mumkin. AJ raisi tomonidan belgilanadigan ogohlantirishlar, buyurtma tushgandan so‘ng bir sutka muddat ichida rasmiylashtirilishi kerak.
Yo‘lni yo‘l o‘lchagich va defekt aniqlagich vagonlar bilan tekshirish paytida poyezdlarni harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi joylar aniqlanganda, ogohlantirish berishga buyurtmalar ushbu vagonlarning boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan ham topshirilishi mumkin. (Ushbu ogohlantirishlarni yo‘l masofasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari bekor qiladi)


Ogohlantirish berishga buyurtmalar quyidagi usullarda beriladi:



Download 35.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling