4-mavzu. Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi reja
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
22-nayabr rekonstruksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
4-MAVZU. TOG‘ JINSLARINI QAZIB OLISH KORXONASI REJA: 1. Tog‘ jinslarini qazib olish. 2. Qoya jinslarni qazib olish texnologik jarayonlarining xususiyatlari. 3. Portlatish usullari va vositalari. 4. Tosh maydalash zavodlari. Tosh maydalash zavodlarining asosiy ish jarayonlari va bosh rejasi. 5. SHag‘al-qum materiallarini qayta ishlash. 6. Asfaltbeton uchun material kukuni ishlab chiqarish. 7. Tayyor mahsulotlar omborini tashqil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. 8. Mehnatni va atrof-muhitni muxofaza qilish. Tayanch iboralar: tog‘ jinsi, pog‘ona elementi, ochish ishlari, bir cho‘michli ekskovator, burg‘ulash, portlatish, maydalash, saralash. Karerlarda ishlashdagi asosiy jarayonlar jinslarni qazib olish va ularni qayta ishlash korxonalariga tashib keltirishdan iborat. Qazilma qatlamlar bo‘yicha chiqarib olinadi. Natijada tog‘ jinslari massivi pog‘ona-pog‘ona shaklda qazib olinadi va shunga yarasha bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari gorizontal qatlamlarni olishda planda kattalashsa, qiyalik va tik joylarni olishda ham planda ham chuqurlik bo‘yicha kattalashadi. Odatda qatlamlar gorizontal yo‘nalishda qazib olinadi.Ba’zan qiya qatlamlarni qazishda qiyaliklar, tik joylarda – tik yuzalar hosil bo‘ladi. Har bir pog‘ona (110 - rasm ), unda transport yo‘llarining gorizont balandligi bilan tavsiflanadi. Pog‘onaning balandligi bo‘yicha cheklovchi yuzalar yuqori va quyi maydonlar deb ataladi. Pog‘onaning qazib olingan bo‘shliq tomondan cheklab turadigan qiya tekislik “pog‘onaning qiyaligi” pog‘onaning qiyalik burchagi deyiladi. Pog‘onaning pastki va tepadagi maydonchalar bilan kesishgan chizig‘i pastki va tepadagi “brovka” lar deyiladi. Karerda ishchi va ishchi bo‘lmagan bortlar va pog‘onalar bo‘ladi. Ishchi pog‘onalarda tog‘ jinslari qazib olinadi, shuning uchun uning pastki maydonchasi “ishchi maydoncha” deyiladi. Unda qazuvchi, ortuvchi mashinalar ishlaydi, transport yo‘llari bo‘ladi. Qazish texnologiyasi sharoitlariga ko‘ra pog‘onalar bo‘laklarga ajratiladi. Qazuvchi-ortuvchi mashinalar bo‘laklarda ketma-ket yoki bir vaqtning o‘zida ishlaydilar. Pog‘onaning qazishga tayyorlangan qismi uzunligini “ish fronti”, jami qazib olish ob’ekti bo‘lgan yuzasini “zaboy” deyiladi. Jinslarni rejali tarzda qazib olish, qurilish vatransport mashinalaridan ratsional foydalanish uchun karerlar qatlamlar, ko‘pincha, gorizontal yo‘nalish bo‘ylab qaziladi. 110-rasm. Pog‘onaning elementlari. 1-yuqori va quyi maydonchalar; 2-pog‘onaning qiyalanishi; 3-qazish brovkasi; 4-qazish joyi; 5-portlatilgan jins uyumi; 6-to‘g‘ri cho‘michli ekskovator; α-pog‘onaning qiyalik burchagi; β-qazilgan joyning qiyalik burchagi; N - pog‘onaning balandligi. Qatlamlar qalinligi va soni bo‘sh jinslarning miqdoriga, bog‘liq. Qatlamlar doim bir yo‘nalishda tepadan pastga qarata qaziladi. Bunda tog‘ jinslarining joylashuv yo‘nalishiga e’tibor berilmaydi. Qalinligi 2-3 m dan kam bo‘lgan yotqiziqlar (zaleji) bir pog‘ona qilib olinadi (trassa bo‘yi yo‘l karerlari ), gorizontal quvvati 20-40 m.gacha bo‘lgan qiya va tik joylashgan karerlar bir necha pog‘ona qilib qaziladi. Bunda yuqori gorizontdagi jinslar to‘la qazib olingandan keyin yangi pog‘ona qirqiladi. Qoya jinslarni ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: ochish, burg‘ulash-portlatish; tog‘ jinslarini mexanik usulda yumshatish; bir cho‘michli ekskovatorlar, pogruzchiklar, skreperlar, buldozerlar yordamida qazish-tashish ishlari; zaboydagi tog‘ massasini tosh maydalash zavodiga jo‘natishga tayyorlash. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling