4-mavzu: Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan amaliy psixologning faoliyati
Download 29.92 Kb.
|
4-mavzu Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan am
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o`quv maqsadi
- Tayanch tushunchalar
4-mavzu: Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan amaliy psixologning faoliyati. Ta’lim muassasasi psixologik xizmatining psixologik vazifalari. Psixolog faoliyati modellari Reja: 1.Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar (axloqiy kodeks tamoyili): Kachyunas varianti Psixolog-konsultant faoliyatini nazorat qiluvchi AQSH milliy assotsiatsiyasi varianti AQSH mutaxassislar komiteti varianti Ingliz mualliflari tomonidan taklif etilgan variant (“ideal” xususiyatlar – “zararli” xususiyatlar) 2.Psixokorreksion tadbirlarni amalga oshiradigan psixologlarga qo`yiladigan talablar. 3.Korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi. Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni korreksion tadbirlar olib boradigan psixologga qo`yiladigan talablar bilan tanishtirish. Darsning vazifasi:Talabalarga psixokorreksion tadbirlarni amalga oshiradigan psixologlarga qo`yiladigan talablar hamda korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi haqida ma’lumot berish. Tayanch tushunchalar: Psixolog-konsultant shaxsi, axloqiy kodeks tamoyili, psixologik maslahat, psixokorreksiya, psixik taraqqiyot, kasbiy tayyorlik, nazariy tayyorlik, amaliy tayyorlik, shaxsiy tayyorlik. 1.Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar (axloqiy kodeks tamoyili) Kachyunas varianti. Psixologik konsultatsiya jarayonida mijoz maksimal darajada muloqotga jalb qilinganlikni sеzishi, psixolog bilan hal qilinayotgan masalalarni emotsional jihatdan to`liq va aniq his eta olishi lozim. Buning uchun psixolog-konsultant shaxsiga bir qancha talablar qo`yiladi. R.Kochyunas xorijiy adabiyotlarni tahlil qilar ekan, psixolog-maslahatchi rioya etishi lozim bo`lgan quyidagi axloqiy tamoyillarni kеltirib o`tadi: 1. Psixolog-maslahatchi quyidagi vaziyatlarda o`z ishiga mas'uliyatli bo`lishi lozim: -mijoz oldida; - mijoz oilasi oldida; -mijoz faoliyat olib boradigan tashkilot oldida; -umuman, jamiyat oldida; -o`z kasbi oldida. 2. Mijoz psixologik maslahat jarayoniga kirishish haqida ongli ravishda qaror qabul qilishi lozim. Shu tufayli konsultatsiya boshlanmasidanoq psixolog mijozga quyidagilar haqida imkon qadar ko`proq ma'lumot bеrishi lozim: -maslahat jarayonining maqsadi haqida; -o`z malakasi haqida; -maslahat uchun to`lanadigan haq haqida; - maslahat jarayonining taxminiy davomiyligi, muddati haqida; -ayni vaziyatda konsultatsiyaning o`rni haqida; -konsultatsiya chog`ida mijoz holatida vaqtinchalik yomonlashuv bo`lishi mumkinligi haqida; -sir saqlanish mе'yorlari haqida. Download 29.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling