5- amaliy ish. WebServer konsolinda Mysql matumotlar ombori bilan ishlash Ma'lumotlar ombori


Download 27.79 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1351391
Bog'liq
5-amaliy


5- amaliy ish. WebServer konsolinda MySQL matumotlar ombori bilan ishlash
Ma'lumotlar ombori va Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT).
Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.
Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi — bu ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.
Ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar, SQL so'rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MOBT'ga so'rov beriladi, bu so'rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma'lumotlar omboriga murojaat qiladi, u yerdan so'rovga mos ma'lumotni olib, so'rovga javob beradi:
So'rov berish:
SQL so'rov -> MOBT -> Ma'lumotlar ombori
natija olish:
Ma'lumotlar ombori -> MOBT — > So'rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT'ga misol bo'la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;

Hulosa shuki, siz o'ylagan bu dasturlar, ma'lumotlar ombori emas, balki MOBT hisoblanadi.
Ma'lumotlar ombori MOBT'ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma'lumotlar ombori sifatida Oracle'ni tanladim» emas, balki «Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi sifatida Oracle'ni tanladim» to'g'ri bo'ladi.
Bu maqolada MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini o'rnatish va sozlashni ko'rsatib o'taman. Sun firmasini Oracle sotib olgandan so'ng, MySQL ham butunlay o'zgarib ketti va 5 versiya o'zgacha qiyofaga keldi, ya'ni mukammallashtirildi. Maqolada Windows 7 operatsion tizimi uchun mo'ljallangan MySQL 5.6.20 versiyasini o'rnatishni ko'rsatib o'taman.
Dastlab, MySQL 5.6.20 versiyasini uy sharoitida ishlash uchun mo'ljallangan MySQL Community Server dasturini internetdan ko'chirib olamiz(nimaga aynan Community Server). Bu dasturning hajmi 248.2 megabaytni tashkil qiladi(32, 64 bitlik tizmilar uchun). Ko'chirib olgandan so'ng, «mysql-installer-community-5.6.20.0» faylini ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko'ramiz.
Install MYSQL Products yozuvini bosib, o'rnatishni davom ettiramiz.
Litsenziyaga oid matnni o'qib chiqamiz(:)) va barsha shartlarga rozi bo'lamiz — I accept the license terms.
Dasturni yangilash yo'llari so'ralmoqda, bizga yangilashning umuman keragi yo'q(hozirgi holatda), shuning uchun « Skip the check for updates» ni belgilaymiz.
O'rnatilish tiplari so'ralmoqda, ular quyidagilar:
Developer Defaults. Dasturchilar uchun mo'ljallangan turi. Bunda MySQL serveri, dasturlash muhitlari, har xil kutubxonalar o'rnatiladi.
Server only. Faqat server qismi o'rnatiladi, hech qanday qo'shimcha narsalar o'rnatilmaydi. Biz shu tipini o'rnatamiz.
Client only. Faqat kliyent qismini o'rnatadi. Tarmoq orqali boshqa kompyuterdagi serverga ulanib ishlanadi.
FULL. Nomidan ma'lumki barcha komponentlarni o'rnatadi.
Custom. Bu tipi professionallar uchun, ya'ni o'rnatiladigan barcha komponentlarni o'zingiz belgilab chiqasiz.
O'ng tomonda qaysi adresga dasturni o'rnatish kerakligi ko'rsatiladi. NEXT
Tanlangan komponentalar ishlashi uchun kerak bo'ladigan va o'rnatilishi zarur bo'ladigan dasturlar ro'yxati uchun oyna. Bizning holda hech nima kerak emas, o'rnatishni davom ettirishimiz mumkin. NEXT
O'rnatilayotgan mahsulotlar ro'yxati va EXECUTE

O'rnatilish hatosiz amalga oshirildi. NEXT
O'rnatilgan MBBTni sozlash jarayonini amalga oshirishni boshlash, NEXT
Config type — Server Machine(server o'rnatilmoqda), Enable TCP/IP Networking — tarmoq orqali ishlash mumkin bo'lishi uchun belgilaymiz va port raqamini ko'rsatamiz. NEXT
Asosiy baza foydalanuvchisi «root» uchun parol beramiz, agar yana biror foydalanuvchi kerak bo'lsa, «MySQL User Accounts» bo'limidan yaratamiz. NEXT
Windows Service Name orqali xizmatga nom beramiz, agar kerak bo'lsa, operatsion tizim yuklanganda baza xizmatini avtomat ishga tushirish(Start the MySQL Server at System Startup)ni tanlaymiz. Biror foydalanuvchi orqali xizmatni ishga tushirish lozim, buni «Standart System Account«ga topshiramiz.
Sozlashdagi o'zgarishlar qabul qilinadi va sozlash xatosiz amalga oshirilgani haqida xabar beradi va Finish.
Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling