5- amaliy mashg‘ulot orfografiya va orfoepiya yamoyillari bo‘yicha mashqlar tahlili ishdan maqsad


Download 28.99 Kb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi28.99 Kb.
#1255446
  1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot


5- AMALIY MASHG‘ULOT


ORFOGRAFIYA VA ORFOEPIYA YAMOYILLARI BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI


Ishdan maqsad: orfografik va orfoepik tamoyillarni farqlash.
1-ilova
1 Orfoepiya (talaffuz) qoidalari haqida gapiring
2. Unlilar ofoepiyasi haqida nimalarni bilasiz
3. Ayrim undoshlar orfoepiyasi haqida gapiring
4. Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting.
5. Imlo qoidalari qanday tamoyillar asosida ishlab chiqiladi?
6. Harf va belgining farqini ayting. O‘zbek alifbosida nechta harf va nechta belgi bor?
7. Alfavit nima? Uning ahamiyatini ayting. O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
8. Fonetik tamoyil asosida ishlab chiqilgan asosiy imlo qoidalarini va ularni imlo qoidalarining qaysi turiga kirishini ayting.
9. Morfologik tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.
10. Shakliy an’anaviy (tarixiy an’anaviy) tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.
11. Grafik tamoyil nimani belgilab beradi?
2- ilova
1-mashq. O`qing, ajratib ko`rsatilgan so`zlar orfografiyaning qaysi printsipi (tamoyili) asosida yozilganini tushuntiring.
Qosh qorayib qolgan. Pastqam tepaliklar qurshagan Jarqoq, yahni o`z nomi bilan o`zini ifodalovchi qaqragan jarlik dengizdagi charog`on kemaday uzoq-uzoqlardan ko`rinib turibdi. Bahzan uchar yulduzlarday cho`g` parchalari ko`kka ko`tarilib, Yer yo`ldoshi trassasimon ufqda iz qoldirib yana so`nadi, bahzan pastdan o`tkir chaqmoq chaqnab, ko`z qorachiqlarini teshib o`tadi. “Elektr payvandchilar ishlashyapti”, - ko`nglidan o`tkazdi Dadashev. Mashina Jarqoqqa yaqinlashgan sari, motorlarning ovozi tank batalg’onlarining jangga kirish paytlarini eslatib, tobora avjga mindi.
Dadashev “gazik”ning darchasidan boshini chiqarib, bo`lajak trassani kuzatdi. Trassa yo`lning o`ng tomonidan o`tadi. Keng dala, atrofi osmon... Osmonning yarim gumbazida yakka-yakka yulduzlar tevarakka igna sanchib turibdi. Gumbaz pastlagan sari, yulduzlar siyraklashib, er zimistonida yo`qolib ketmoqda.(I.R.)
2-mashq. To`g`ri talaffuziga ehtibor bergan holda so`zlarni o`qing; kirillchada “e” harfining “e” va “y+e” tovushlarini ifodalash uchun qo`llangan o`rinlarini aniqlab, ularni alohida-alohida yozing.
Jez, gigiena, mavze, peshin, agregat, bearmon, elvizak, obhekt, rezavor, anketa, bellashmoq, ieroglif, spidometr, beega, vergul, episkop, kekirdak, poezd, chechan, devor, dorpech, kofe, svetofor, zebra, infektsiya, pg’esa, tesha, karuselg’, kechmish, razhezd, tavoze, felg’eton, makler, mezon, relg’ef, tole, traektoriya, mutelik, nevara, parket, foye, hezlamoq.

Download 28.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling