5-Amaliy mashg’ulot: Jamoat binolariga qo‘yiladigan sanitariya va yong‘inga qarshi talablar. Reja


Download 104.64 Kb.
bet1/2
Sana09.10.2023
Hajmi104.64 Kb.
#1696435
  1   2
Bog'liq
5-amaliy


5-Amaliy mashg’ulot:

Jamoat binolariga qo‘yiladigan sanitariya va yong‘inga qarshi talablar.




Reja:



  1. Binolari va inshootlari.

  2. Binolariga qo’yiladigan sanitariya va yong’inga qarshi talablar hamda qurilish xududlarining iqlimiy tasniflari.



Tayanch iboralar:


Binolari va inshootlari, Binolarining klassifikatsiyasi, jamoat binolarining sanitar uzellari, jamoat binolarida yong’inga qarshi tadbirlar.
Binolari va inshootlari shaxarlarning xajm-rejaviy, kompozitsion strukturasida muxim rol o’ynaydi. Ular shaxarlarning markazlari qurilishida va tashkillanishida asosiy kompozitsion element bo’lib xizmat qiladi. Ularning ko’chalar, maydonlar, transport magistrallari bilan rejaviy va funktsional bog’lanishi shaxar rejasining asosini yaratadi. Xar bir arxitektura inshootining asosida uning xayotiy funktsiyasi yotadi. Xozirgi zamon odamlari ijtimoiy xayotining shakli xilma-xildir: ijtimoiy-siyosiy, ma’muriy, madaniy, maishiy va boshќalar. Bu xilma-xil protsesslarni tashkil etish uchun esa ashyoviy ќobiќ bo’lgan turli xil jamoat binolari xizmat qiladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi, xayotiy protsesslarga bo’lgan talablarning o’zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi jamoat binolarida kechadigan funktsional-texnologik protsesslarni xam o’zgarishga olib keladi. SHuning uchun jamoat binolarining tiplari xam o’zgarib turadi, bir xillari yo’qoladi, boshqalari esa paydo bo’ladi. Jamoat binolarining klassifikatsiyasi funktsional vazifa va foydalanishning o’ziga xos tomonlarini xisobga olgan xolda, jamoat binolari maxsus va universal ko’rinishlarga bo’linishi mumkin. Maxsus jamoat binolari aniq funktsiyaga ega bo’lib, butun foydalanish davrida bu funktsiyasini o’zgartirmaydi.
Xozirgi kunda loyixalash me’yorlari asosida jamoat binolari quyidagicha guruxlarga bo’linib klassifikatsiya kilinadi:
1. Ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash muassasalari. Bu gurux turli tipdagi maktabgacha bo’lgan tarbiya muassasalarini, umumta’lim va maxsus maktablarni, maktab-internatlarni, akademik litseylarni, kasb-xunar kollejlarini, oliy o’ќuv yurtlarini o’z ichiga oladi.
2. Sog’liqni saqlash, dam olish, jismoniy tarbiya va sport muassasalari. Bu gurux kasalxonalarni, ambulatoriyalarni, poliklinikalarni, turistik idoralarni, dam olish oromgoxlarini, sport binolari va inshootlarni o’z ichiga oladi.
3. Ilmiy tadqiqot institutlari, loyixa va konstruktorlik muassasalari.
4. Arxiv muassasalari.
5. Madaniyat, ma’rifiy va tomosha muassasalari: kutubxonalar, muzeylar va ko’rgazma zallari, teatrlar, kinoteatrlar, kontsert zallari va shunga o’xshash binolar.
6. Axoliga xizmat ko’rsatadigan savdo, umumiy ovќatlanish muassasalari.
7. Axoliga maishiy xizmat ko’rsatadigan muassasalar.
8. Kommunal xo’jalik muassasalari.
9. Boshqarish, bank va kredit, suѓurta ќilish muassasalari (ma’muriy binolar).
10. Turli xil jamoat idoralari.
11. Transport muassasalari: xamma turdagi transportlar uchun vokzallar, transport agentligi va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish idoralari.
12. Mexmonxonalar, motellar va kempinglar.
13. Ko’p funktsiyali jamoat binolari.
Universal jamoat binolari ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchi ko’rinishga xonalari bir necha soat ichida o’zgartirilib, boshќa vazifani o’tashga tayyor bo’luvchi, ko’p maќsadli funktsiyaga ega bo’lgan jamoat binolari kiradi. Ikkinchi ko’rinishiga vaќt-vaќti bilan xonalarning o’lchamlari, ularning guruxlanishi va uskunalarini joylashtiruvlari o’zgartiriladigan jamoat binolari kiradi. Bu o’zgartirishlar funktsional protsesslarning mukamallashganligi munosabati bilan yuzagga keladi. Ba’zi bir jamoat binolarining transformatsiya sxemasi kuyidagi rasmda keltirilgan.



Download 104.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling