5-amaliy mashg’ulot Reja


Download 26.24 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi26.24 Kb.
#1468959
  1   2
Bog'liq
testologiya 5-amaliy


5-amaliy mashg’ulot


Reja:



  1. Testning asosiy tendensiyalari, o‘lchashning standart xatosini hisoblash usullari

  2. Pedagogik testlarning ishonchliligi va validligini baholash

  3. OTM attestatsiyalarida testlash jarayoni




  1. Nostandart testlar

OTMga kirish testlari va abituriyentlarning bilimlarini baholash xizmatlari sifatini oshirish yo‘llaridan biri — sohani monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish bo‘lishi mumkin. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov mavjud test tashkiloti va u o‘tkazadigan testlar standartlari va sifati borasida fikr yuritadi.
Davlat test markazi (DTM) YUNISEF va hamkorlarning U-Report raqamli platformasi orqali o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. 2020 yilda OTMlarga kirish imtihonlari shaffof o‘tdimi, degan savolga 3813 kishidan 28%i ijobiy, 24% salbiy javob bergan, 38%i shaffoflikni «o‘rtacha» deb baholagan.
3766 kishidan 14 foizi kirish imtihonlari paytida korrupsiya yoki boshqa noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lishganini bildirishdi. 3717 nafar respondentning 32%i imtihon paytida abituriyentlar tomonidan qoidabuzarlik holatlariga guvoh bo‘lgan. 10059 nafar respondentning 24%i kirish imtihonlarini yanada adolatli o‘tkazish uchun umumta’lim fanlardan sertifikatlarni joriy etishni taklif qildi. Nodavlat tashkilotlari yoki OTMlarning o‘zlari tomonidan imtihonlarni o‘tkazilishiga mos ravishda 8% va 7% ovoz berishdi.
So‘rovnoma «yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish jarayoniga munosabatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va kirish imtihonlari tizimini takomillashtirish» maqsadida o‘tkazildi, deb xabar beradi DTM. So‘rov natijalari qiziq bo‘lishi mumkin, ammo ular, nazarimda, muammolarning ildizini aniqlashga yordam bermaydi. Buning uchun kirish testlari bilan bog‘liq jarayonlarni testologiya — test haqidagi fan talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish kerak.
«Gazeta.uz» tahririyati DTMga kirish imtihonlari va markaz faoliyati bilan bog‘liq bir qator savollar bilan murojaat qilgan edi. 3 dekabr kuni savollarga javoblar olindi va bu javoblar DTM tomonidan o‘tkazilgan testlarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilishga yordam beradi.

Test topshiriqlarining sifati — «bo‘laveradi"mi?


Ilmiy nuqtai nazardan, test — bu bilim, ko‘nikma, malaka yoki kompetensiyalarni o‘lchashdir. Agar test jarayoniga o‘lchov jarayoni sifatida qaralsa, test topshiriqlari o‘lchov vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Abuturiyentlar tomonidan ushbu topshiriqlarning bajarilishiga qarab, ma’lum bir xulosalarga kelinadi: abituriyent A abituriyent Bga nisbatan ko‘proq (yoki kamroq) biladi, tanlangan yo‘nalishda o‘qishni davom ettirishga tayyor (tayyor emas), shuning uchun biz uni OTMga (kollejga va h.k.) qabul qilamiz (qabul qilmaymiz).

Download 26.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling