Xalqaro dzyudo federatsiyasi
Download 261 Kb.
|
Dzyudo kurashi kelib chiqish tarixi dzyudaning xususiyatlari dzy
- Bu sahifa navigatsiya:
- XALQARO DZYUDO FEDERATSIYASI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Dzyudo
DZYUDO KURASHI BO'YICHA MUSOBAQALAR O'TKAZISH REJA: KIRISH DZYUDO KURASHI KELIB CHIQISH TARIXI DZYUDANING XUSUSIYATLARI DZYUDO KURASHI BO`YICHA MUSOBAQA O`TKAZISH TARTIBI DZYUDOCHILAR KURASH TEXNIKASI BO'YICHA MUSOBAQALAR O`TKAZISH XALQARO DZYUDO FEDERATSIYASI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi). D. boʻyicha musobaqalar 1883 yildan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956 yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991). 1956 yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964 yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonda D. bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.[1] Download 261 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling