Adabiyot 9-sinf
Download 124.03 Kb.
|
9-sinf savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тошкент-2015
ABITURIYENT KUTUBXONASI REGISTON O’QUV MARKAZI ADABIYOT9-SINFADABIYOTISAVOL-JAVOBDUNYO BIR KUNDIR, U HAM BUGUNDIR!!! HAYOTNI NATIJA QIZIQTIRADI !!! Тошкент-2015«ALPOM!SH» DOSTONI 1. «Alpomish» qachondan boshlab o‘zbek folklor- shunoslari tomonidan yozib olib kelinadi? J: 1922-yildan 2. «Alpomish» dostoni boshqa dostonlardan qanday farqlanadi? J: Mubolag‘aviylik 3. «Alpomish» dostoni kim tomonidan qachon yozib olin- gan? J: 1928-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan Mahmud Zaripov yozib olgan 4. «Alpomish» dostonining qaysi nusxasi bir necha til- larga tarjima qilingan? J: 1928-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li- dan Mahmud Zaripov yozib olgan nusxasi 5. Alpomish qayerda tush ko‘radi? J: Cho’ponlarning qo‘shxonasida 6. Alpomish qaynotasining mol-mulki tortib olinib, cho‘pon qilinganini kimdan eshitadi? J: Karvonlardan 7. Alpomish qaysi tog‘ning cho‘qqisini uchirib yuborgan? J: Asqartog‘ning : 8. Alpomish qalmoq yurtida necha yil zindonda yotadi?J: 7 yil 9. Alpomish qanday obraz? J: Xalqning qahramonlik orzularini o‘zida mujassamlashtirgan, el-yurt farovonli- gi yolida mardliklar ko‘rsata olgan bahodir, xalq daho- si yaratgan quyma obrazdir 10. Alpomish bilan birga yana kimlartush ko‘radi? J: Barchin va Qorajon 11. Alpomish yetti yoshida ko‘targan yoy kimniki e~H7 J: Bobosi Alpinbiyniki 12.,Alpomish'kimning qiyofasida Barchinning to’yiga kirib keladi? J: Qultoy 13. Alpomish kimning hiylasi bilan Qalmoq yurtida yetti yil zindonda qolib ketadi? J: Surxayilning 14. Alpomish ko’targan yoyning ogirligi qancha bo’lgan? J: 14 botmon 15. Alpomish necha yoshida bobosidan qolgan yoyni ko‘targan? J: 7 yoshida 16. Alpomish nima sababdan alp nomini oldi? J: Bobosidan qolgan yoyni ko‘tarib tortgani uchun 17. Alpomish nima sababdan hushdan ketib yiqiladi? J: 0‘z oti Boychiborni tanimay, uni to‘riq otga o‘xshatgani uchun 18. Alpomish yakkama-yakka jangda kimlarni yeng- gan? J: Qultoy va Qorajonni 19. Alpomishning oqko‘ngil, sodda, shu bilan birga qo’lidan har ish keladigan yordamchisi kim? J: Kayqubod 20. Alpomishning otini taYiflagan sinchining oti? J: Ko‘sa sinchi 21. Alpomish Boychibor otini qaysi ko’l yonidagi yay- lovdan oladi? J: Arpali ko‘l 22. «Alpomish» dostonida dunyoda Alpomishdan tash- qari bir kam to‘qson alp o’tganligi aytiladi. Bu alplarning boshligi kim edi? J: Rustami Doston 23. «Alpomish» dostonining nechta varianti yozib olin- gan? J: 40 dan ortiq 24. Barchin alplardan necha oy muhlat so’raydi? J: 6 oy 25. Barchin yakkama-yakka olishuvda kimni yenggan?J: Ko‘kamanni 26. Barchinga Alpomish nomidan kim sovchi bo‘lib boradi? J: Qorajon 27. Barchinni izlab Qalmoq yurtiga borgan Alpomish birinchi marta kim bilan uchrashadi? J: Kayqubod bilan 28. Barchinning alplarga qo’ygan shartlarini toping. J: Yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to‘qson alpni yengish 29. Barchinning yag‘rini necha qarich keladi? J: 15 qarich 30. Barchinning muchal yili qaysi? J: Sichqon 31. Barchin Alpomish haqida ko‘rgan tushini qaysi ka- niziga aytib, undan tushning ta’birini so’raydi? J: Suqsuroy 32. Barchin tushida ko‘rgan qibla tomondan chiqib kelayotgan bir oy kim edi? J: Rasul payg‘ambar 33. Boglovdagi Boychibor va Qorajonni kim ozod qil- gan? J: Rajabxo‘ja eshon 34. Boybo‘ri va Boysari qachon farzandsiz ekanliklari- dan o’kinadi? J: Birto‘yda izza bo‘lganlaridan so‘ng 35. Boybo‘ri va Boysari kimdan farzand tilaydi? J: Shohimardon pirning qabrida qirq kun tunab, farzand tilaydilar 36. Boybo’ri va Boysari kimning o’g‘illari bo‘lgan? J: Alpinbiyning 37. Boybo’ri va Boysari farzandlarini necha yoshida maktabdan chiqarib oladi? J: 7 yoshida 38. Boychibor qaysi ot bilan bir kecha-yu bir kunduz yo‘l talashadi? J: Saman ot bilan 39. Bolalar necha yoshidan maktabga borishadi? J: 3 yoshidan 40. Dushmanlarning «qirq mingini birdeb sanab qirish- ga» tayyor turgan jasur siymo kim? J: Barchin 41. Kayqubod nima uchun zindonda yotgan Alpomish- ga o‘zi boqib yurgan qo‘ylardan tashlab turadi? J: Tovkaning qalini uchun 42. Kayqubod obrazida xalqning qaysi orzu-umidlari aks etadi? J: Adolatli shoh haqidagi orzulari, demokra- tik va gumanistik o‘y-fikrlari 43. Kim Boybo’ri va Boysarining farzandlariga to‘yda qalandar qiyofasida kelib ot qo‘yadi? J: Shohimardon piri 44. Kim kurashda Ko‘kaldoshni yiqitishda qiynalgan Alpomishga ma’naviy madad beradi? J: Barchin 45. Kim poygada Ko’kaldoshning oti Ko‘kdo‘nandan o‘za olmagan Boychiborga ma’naviy madad beradi? J: Barchin 46. Kimning siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an’anaviy tushuncha o‘z ifodasini topgan? J: Barchin 47. Necha yildan so‘ng Alpomish Barchinni izlab Qal- moq yurtiga boradi? J: 7 yildan so‘ng 48. Nima uchun Boysari Qalmoq yurtiga ketib qoladi? J: Boybo‘ri Boysaridan zakot talab qilgani uchun 49. Poygaga Alpomish nomidan kim borgan? J: Qorajon 50. Poygaga Boychibordan tashqari nechta ot yig‘ildi? J: 499 ta 51. Poygada Qalmoqshohning qaysi otlari qatnashadi? J: 3 ta: biri olapocha to(riq ot, biri shapaq ot, biri saman ot 52. To’riq otning odati qanday edi? J: Qizib kelib endi qayerda tursa, turgan yerda olaqaroq bo(ladi 53. Ushbu parchada qaysi badiiy vositadan foydalanil- gan? «Ravshanxon bu bog‘ devorlariga qarasa, tik paxsa- sini ishlagan, devorining tagini g‘ishtlagan, juda mahkam qilib tashlagan, devorlarni ganchlagan...» J: Saj 54. Ushbu so‘zlarni kim aytgan? «Harkim maydonga ot soladi, otini o‘zdirgan odam oladi» J: Barchin 55. Shapaq otning odati qanday edi? J: Dupur eshitmasa keyin qoladi 56. Hakimbekning o‘ng kiftida kimning besh panjasi- ning o rni bor? J: Shohimardon pirning 57. Qalmoq podshosining ismi kim? J: Toychixon 58. Qalmoqlar Qorajon bilan Boychiborni qaysi toqqa boglab ketishadi? J: Boboxon tog‘iga 59. Qorajon qaysi otdan nos so‘raydi? J: To(riq otdan 60. Qorajon Alpomish bilan qayerda uchrashadi? J: Murod tog(ida 61. Qo‘ng‘irot eli necha urug‘dan iborat edi? J: 16 urug( 62. Qo‘ng‘irot yurtidagi Barchin qo‘y sog‘ib chorvadorlik qilgan ko’lning nomini toping. J: Ko(kqamish 63. Qo’ng‘irot yurtining moli yo’q degan eng kam- bag‘alining qancha tuyasi bor edi? J: 40 ming 64. «Alpomish» dostoni yaratilganligining ming yilligi mamlakatimizda qachon bayram qilingan? J: 1999-yilda 65. «Xaloyiqlarni, elatiyalarni to’yga xabarqildi». Ush- bu parchadagi «elatiya» so’zining ma’nosini toping. 31 J: Ko’chmanchi chorvadorlar 66. Boybo‘ri bilan Boysari o’zlari farzandsizliklari tufayli izza qilingan chipronto‘yga necha tilla hadya etishadi? J: 80 tilla 67. Shohimardon pirning ravzasiga qo‘ng‘irot elidan necha kunlik yo‘l bor edi? J: Uch kunlik 68. «Boybo‘ri, senga Xudoyim bir o'g‘il, bir qiz berdi. Yolg‘iz emas, egiz berdi. Boysari, senga xudoyim bir qiz berdi. Egiz emas, yolg‘iz berdi. Bundan borsang, farzand- larni ko‘rsang, xaloyiqiarni yig‘sang, to‘y-tomoshalar ber- sang, to‘yda qalandar bo‘lib borib, bolalaringning otini o‘zim qo‘yib kelaman». Ushbu parcha kimning nutqidan olingan? J: Shohimardon pirning 69. «Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tarzi gul yuzli, shirin so’zli, bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kelayotir». Ushbu ta’rif kimga tegishli? J: Shohimardon pirga 70. Boybo’ri kishi nimadan saxiy bo’ladi deb so’ragan- da Alpomish qandayjavob beradi? J: Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo‘natsa, bul ham saxiy; bir kishi mozorotning qabatidan o‘tsa, chap oyog‘ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o‘qib o‘tsa, bul ham saxiy; kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy deydi 71. Boybo’ri ukasi Boysaridan zakot olish uchun uning huzuriga nechta mahramini yuboradi? J: 14 mahramini 72. «Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga», - deb aytgan personaj kim? J: Yartiboy 73. Boysariboyning qancha yilqisi bor edi? J: 90 to‘qay 74. To‘qson to‘qay y//g/so’zining ma’nosi? J: Yilqisi har yerlarda: to‘qayiarda, togMarning darasida, to‘qayli yerlarda yoyilib yurar edi, lekin yilq- isining, molining sonini hech kim bilmas edi 75. «Ostida dulduli, belda zulfiqor, Jilovida Bobo Qambar jilovdor, G‘amingda otlandi Shohimardon pirlar», - deya Alpo- mishga tasalli bergan kim? J: Payg‘ambar 76. Qalmoq yurtiga ko’chib ketayotganlar Barchin su- luvning sepini necha tuyaga ortishadi? J: 60 nor (erkak tuya)ga 77. «Qatorda tirkalgan lo‘k bilan norcha, Ustiga yuklan- gan qirmizi parcha» misralaridagi «/o7o> so‘zining ma’nosi? J: Yuk tashiydigan tuya 78. Qo’ng‘irot yurti bilan Qalmoq yurtining orasida nechta dovon tog‘ bor edi? J: 90 dovon tog‘ 79. «Eliboylar bundan ko’chib boradi» misralaridagi «eliboy» so‘zining ma’nosi? J: Chorvadorlar 80. Toychi viloyatidagi Surxayil kampir o’g‘illarining ismlarini toping. J: Ko‘kaldosh, Ko‘kaman, Ko‘kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo‘shquloq, Qorajon 81. «Har qaysisi to‘qson botmon temirdan sovut kiy- gan, har kuniga to‘qson shirbozning etini ta’til qilgan, bosh-boshiga harqaysisi podshohlikdan haroyda besh yuz so‘m moyana olgan xo‘p birlamchi zo‘r polvonlar», - deb kimlar ta’riflanadi? J: Surxayil kampirning o‘g‘illari 82. Qalmoq yurtida Boysariboyni kim deb chaqirishar- di? J: Kelganboy 83. «Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz. Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz, Mina elda bizlar davron suramizv>, deb Boysariboyga maslahat bergan oqsoqol? J: Yartiboy 84. «Zo‘rlik nomiga boshida tilla jig‘asi bor, ostida su- voriga minib yuradigan saman yo‘rg‘asi bor», deya ta’riflan- gan qahramon? J: Ko‘kaldosh 85. Barchin Alpomishga nechta chopar yuboradi? J: 10 ta 86. Alpomish, Qorajon va Barchinga kelajak taqdirlari qanday vosita orqali bildiriladi? J: Tushlari vositasida 87. Zil tog‘ida yotgan ajdahar nima uchun Qorajonga salom beradi? J: Chunki Qorajon mingan Boychiborning jilovida chilton, pirlar bor edi, ajdahar ularga salom bergan edi 88. «Oblo, sendan boshqa yo‘qdir murabbiy, Karimsan, samadsan, rasuling barhaq, Rahm aylab yor bo‘lgin nochor qullara», deya Allohga yuzlangan qahramon? J: Qorajon 89. Boychiborning oyog‘iga kirgan gulmixlarni tishi bi- lan sug‘urib tashlagan qahramon? J: Barchin 90. Boychiborning poygada g‘olib bo‘lishiga kimning olqishlab madadkor bo’lishi sababchi bo’ldi? J: Barchinning 91. «Shomurti shoxalab haryoqqa ketgan, lchida sichqonlar bolalab yotgan, Izdan tushgan pishak oltoyda etgan», - deya ta’riflan- gan qahramon? J: Qo‘shquloq 92. Qorajon kurashda nechta alpni nobud qiladi? J: Ikki kam to‘qson alpni 93. Barchin bilan Alpomishning to‘yida qaysi rasmlar o tkaziladi? J: Kampir oMdi, it irillar, chach siypatar, qo‘l ushlatar 94. Kuyovning chimildiqqa yetib borgunicha o‘tkaziladi- gan rasmlar qaysilar? J: Kampir o‘ldi, it irillar 95. Surxayil qanday obraz? J: Buzg‘unchi, janjalkash 96. «Ey Boybo‘ri bilan Boysari! Bu to‘y o‘g‘illining o‘g‘li- dan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?! 0‘zing o‘lsang, molingga har merosxo‘r chiqadi, og‘ziga odam kirib ketadi». Ushbu so’zlarni kim aytgan? J: Chapanitob boyvachcha 97. Ko’kaldosh qaysi shartda Alpomishga: «0‘zbek! Sen bunday bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go’riston bolib o‘lma. Hali ham qo‘ygin. Halak bo‘b kelgan yoTmgdan qol- ma», - deydi. Ushbu jumlada qaysi shart bo’yicha bahs ketayotgandi? J: Kurash 98. Boychibor bir kecha-yu bir kunduz chopgandan so‘ng nechta otdan o‘zib ketadi? J: 460 otdan 99. «Yig‘ilib qalmoqlar zo’rlik qiladi, 0‘ldirmoqqa ko‘zi qiymay turadi. Necha so‘zni bu qalmoqlar o‘yladi, Qorajon- ni kulala qib boyladi». Ushbu parchada qo’llangan «kulala» so‘zining ma’nosini toping. J: Chandib bog‘lash Download 124.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling