Adabiyot 9-sinf
«LAYLI VA MAJNUN» DOSTONI
Download 124.03 Kb.
|
9-sinf savol-javob
«LAYLI VA MAJNUN» DOSTONI
1. Layli qaysi qabila boshlig‘ining qizi? J: Hay qabilasining 2. Majnun qaysi qabila boshlig‘ining o‘g‘li? J: Omar qabilasining 3. Sevgi qissalarining eng dardlisi qaysi? J: «Layli va Majnun» dostoni 4. Navoiy qaysi dostonida ruhiyat tasviriga alohida e tibor beradi? J: «Layli va Majnun» dostonida 5. «Men xastaki, bu raqamni chektim, Tahriri ucnun bu qalamni chektim. Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi afsona» deganda Navoiy nimani nazarda tutgan? J: Asar mazmuni chuqurligini ta’kidlagan 6. Qaysi asar qahramonlari birbirlariga ilohiy ishq bilan bog langan? J: «Layli va Majnun» dostoni qahramonlari 7. Nima uchun Laylining otasi mavqe tomondan o‘zi bi lan teng bolgan Qaysga qizini berishga or qiladi? J: El orasida «Majnun» deb nom olgani uchun, malomatga qolgani uchun 8. Navoiy dorstonlarida bosh qahramonlar uchun o‘lim nimani anglatadi? J: 0‘lim ular uchun fojea emas, balki azobli hijron dan qutqaruvchi xaloskor, pirovard maqsadlari bo‘l mish Yaratganning vasliga noil qiluvchi vosita 9. «As’hobga mayli lolavu bog‘, Ul ikki ichinda loladek dog‘». Ushbu baytda «ul ikki» deganda shoir kimlarni nazarda tutadi? J: Layli va Majnunni 10. Qaysi doston qahramoni o‘z kanizlari oldida sevgisi uchun yer o‘padi? J: «Layli va Majnun» dostonida Layli 11. «Layli va Majnun» dostonida Layli nechta kanizi ol dida yer o‘padi? J: Ikki kanizi oldida 12. «Layli va Majnun» dostonida sevishganlarning ilk uchrashuvi qaysi faslga to‘g‘ri keladi? J: Bahor fasliga 13. «Layli va Majnun» dostonida «Bedilg‘a bu hifz mushkil erdi, Kim, hush ila aqli zoyil erdi» deganda kim nazarda tutiladi? J: Majnun 14. Navoiy qaysi asarida ishqni misni oltinga aylanti ruvchi kimyoga va jahonni yorituvchi oynaga o’xshatadi? J: «Layli va Majnun»da 15. Navoiy qaysi asarini shunday yakunlaydi: «So‘ng‘in nechakim uzattim oxir, Yig‘layyig‘lay tugattim oxir»? J: «Layli va Majnun» 16. Layli so‘zining ma’nosi? J: Tungi 17. Laylining boshiga o‘lim xavfi tushganini Majnun qanday biladi? J: Tushida ko‘rib 18. Majnunga kim qizini beradi? J: Navfal 19. Majnunning asl ismi nima? J: Qays 20. Olimlarning taxminlariga ko‘ra Majnunning asl ismi? J: Qays ibn Mulavvah 21. Otasi Majnunni nima maqsadda Ka’ba ziyoratiga olib boradi? J: Qays bu muqaddas dargohda dardiga shifo tilasa 22. «Layli va Majnun» qissasinikim birinchi bo‘lib yaxlit bir dostonga aylantirdi? J: Nizomiy 23. «Layli va Majnun» dostoni qanday boshlanadi? J: Tun va bo‘ron tasviri bilan 24. «Layli va Majnun» dostoniga nechta nazira bog‘lan gan? J: 118 ta: 67 ta fors, 37 ta turkiy tilda 25. «Layli va Majnun» dostonida tasvirlangan ishq qanday ishq edi? J: Tasavvufiy ishq 26. «Men xastani aylamakta mavjud, Ne erdi qazog‘a maqsud?!». Ushbu so‘z qaysi qahramonning nutqi? J: Majnun «SAB’AYI SAYYOR» DOSTONI 1. «Sab’ayi sayyor» dostonida Bahrom nima uchun Bahrom go‘r deyilgan? J: Qulon go‘r oviga qiziqqani uchun 2. «Sab’ayi sayyor» dostoni qanday doston? J: Ishqiysarguzasht qissa 3. Bahrom Diloromning daragini kimdan eshitadi? 392 J: Moniydan 4. Bahrom Diloromni qancha xiroj to‘lab saroyga olib keladi? J: Xitoyning bir yillik xirojini to‘lab 5. Bahromning merganlik bobidagi mahoratiga Dilorom qandayjavob beradi? J: «Bu mahorat mashqning natijasi» deb 6. Qaysi doston qahramonini o‘z sevgan yori uzun sochlariga oyoqqo’lini bog‘lab biyobonga tashlab ketadi? J: «Sab’ayi sayyor» dostonida Diloromni 7. Bahrom uchun kimning maslahatiga ko’ra yetti qasr qurdiriladi? J: Hakimlarning maslahatiga ko‘ra 8. «Sab’ayi sayyor» dostonida Bahrom shanba kuni qanday qasrda qaysi hikoyani tinglaydi? J: Qora qasrda Farrux va saxiy Axiy hikoyasini 9. «Sab’ayi sayyor» dostonida Bahrom yakshanba kuni qanday qasrda qaysi hikoyani tinglaydi? J: Sariq qasrda Zayd Zahhob sarguzashtini 10. «Sab’ayi sayyor» dostonida Bahrom dushanba kuni qanday qasrda qaysi hikoyani tinglaydi? J: Yashil qasrda Sa’d jasoratini 11. «S3b’ayi sayyor» dostonida Bahrom seshanba kuni qanday qasrda qaysi hikoyani tinglaydi? J: Shoh Jo‘na va saxiy Mas’ud hikoyasini gulgun qasrda 12. «Sab’ayi sayyor» dostonida Bahrom chorshanba kuni qanday qasrda qaysi hikoyani tinglaydi? J: Moviy qasrda Mehr va Suhayl qissasini 13. «Sab’ayi sayyor» dostonida Bahrom juma kuni qanday qasrda qaysi hikoyani tinglaydi? J: Oq qasrda Xorazmdan kelgan musofir hikoyasini 14. Bahrom kimdan Diloromning daragini eshitadi? J: Xorazmlik musofirning hikoyasidan 15. Navoiy qaysi qahramoni orqali oshiqlik va shohlik ning bir tanga sig‘masligini ko‘rsatgan? J: Bahrom orqali 16. Bahrom qachon mamlakatni unutadi? J: Oshiq boMganidan so‘ng 17. Bahromning ko‘ziga qachon ishq ko‘rinmay qoladi? J: Shohga xos maqtov, xushomadni istaganida 18. «lshq ila shohliq muvofiq emas, ishq lofida shoh sodiq emas». Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kim haqida? J: «Sab’ayi sayyor»da Bahrom haqida 19. «Sab’ayi sayyor»da Navoiy qanday o‘zgarish lar qildi? J: Hikoyalarini o‘z vatani bo’lmish Xuroson, Movarounnahr hayoti bilan bog‘lashga harakat qildi, Shahrisabz, Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritdi, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi, Bahrom muno sabati bilan zamonaviy masalalarni qo‘zg‘adi 20. «lshq uchun bedili kerak foni, 0‘rtagan shavq shu’lasi oni» misralari qaysi dostondan olingan? J: «Sab’ayi sayyor»dan 21. «Bildikim, qahr sarsari esmish, 0‘z qo‘li birla o‘z boshin kesmish» misralari qaysi dostondan olingan?J: «Sab’ayi sayyor»dan 22. Bahrom nomini tarixchilar kim bilan bog‘laydilar? J: 420 438yillarda podsholik qilgan Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V 23. Bahrom obrazini birinchi bo’lib kim o’z asarida tas virlagan? J: Firdavsiy «Shohnoma»da 24. Bahrom qanday halok bo’ladi? J: U ov qilayotgan o‘tloq bir vaqtlar botqoq bo‘igani va o‘sha kuni qattiq yomg‘ir yoqqani sababli botqoqqa kirib ketadi 25. Navoiy o‘zidan oldingi ustoz xamsanavislarga «Sab’ayi sayyor»da nechta e’tiroz bildiradi? J: 3 ta: uni eshqdan xoli tasvirlaganliklari, afsona aytish uchun Bahromga malikalardan boshqa qissaxon topilmay dimi, ular dardsiz va nodon kishining sarguzashtini ko‘rsatishni maqsad qilib olganiar 26. «Sab’ayi sayyor» qaysi vaznda yozilgan? J: Hafif 27. «Sab’ayi sayyor»ning nechanchi bobida shoir tush bahonasida Bahrom bilan zamondoshi Husayn Boyqaro o’rtasida ota bilan bola darajasidagi yaqinlikni ko‘rib, uning taqdiridan tashvishlanadi? J: 37bobida 28. «Sab’ayi sayyor»ning hajmi? J: 38 bob, 5000 bayt Download 124.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling