Adabiyot 9-sinf


BADIIY ADABIYOTDA RUHIYAT TAHLILI


Download 124.03 Kb.
bet14/19
Sana01.05.2023
Hajmi124.03 Kb.
#1419984
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf savol-javob

BADIIY ADABIYOTDA RUHIYAT TAHLILI
1. Adabiy qahramonlaming xattiharakatlarigina emas, yana nimasi ularning tabiatiga muvofiq bolishi kerak?
J: Ko‘ngil kechinmalari
2. «Ulug‘bek xazinasi» romanida qaysi qahramonlar ning ruhiy tahliliga kuchli e’tibor qaratilgan?
J: Mirzo Ulug‘bek va Abdulatifga
3. Badiiy asarlar qaysi jihatiga qarab baholanadi?
J: Insonning ruhiyatini qanchalik teran va ishonarli aks ettirishiga qarab
4. Badiiy asarda nima hech qachon eskirmaydi?
J: Qahramonlarning ruhiy holatlari
ABDULLA ORIPOV
1. Qaysi ijodkor 1941yil 21martda Qashqadaryo viloyati Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan? J: Abdulla Oripov
2. Abdulla Oripovning otasi va onasining ismini toping.J: Orifboy, Turdixol
3. «...birinchi she’rlar yoza boshlaganimda nima turtki bo‘lganini aniq bilmayman. Har holda so‘zlarni qofiyalash ga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q». Bu parcha kimning tar jimayi holidan olingan? J: A.Oripovning
4. 1958yili Tayzan ovulidagi o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi va Toshkent Davlat universitetiga o’qishga kirdi
5. 1963yil universitetni bitirib, «Yosh gvardiya» nashri yotiga ishga kirdi
6.1967 1974yillarda g’afur g’ulom nomidagi nashri yotda muharrir bo’lgan
7. 1974 1976yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan
8.1976 1982yillarda 0‘zbekiston Yozuvchilar uyush masining adabiy maslahatchisi bo’lgan
9.1982 1983yillarda o’zbekiston Yozuvchilar uyushma sining Toshkent viloyat bolimida mas’ul kotib bo’lib ishlagan
10.1983 1985yillarda 0‘zbekiston Yozuvchilar uyush masining kotibi bolgan
11. Abdulla Oripov qaysi yildan o’zbekiston Yozuvchi lar uyushmasining raisi sifatida ishlab kelmoqda?J: 1996 yildan
12. Abdulla Oripovga qaysi yili «0‘zbekiston xalq shoi ri» unvoni va Hamza nomidagi davlat mukofoti berildi?J: 1983yil
13. Abdulla Oripov qachon o’zbekiston Qahramoni un voni bilan taqdirlandi? J: 1994yil
14. 1994yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika Davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan
15. Abdulla Oripov o’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifi
16. Abdylla Oripovning ilk she’ri qanday nom bilan bosilib chiqqan? J: «Qushcha»
17. Abdulla Oripovning 1she’riy to‘plami?
J: «Mitti yulduz» (1965yil)
18. Abdulla Oripov tarjima qilgan asarlami toping.
J: Dante «llohiy komediya», L.Ukrainka, T.Shev chenko, N.Nekrasov, Q.Quliyev, R.Hamzatov she’rlari
19. «Men insonni bir insonday sevardim, lekin Nechun ko‘pdir haligacha razil odamlar». Ushbu satrlar Abdulla Oripovning qaysi she’ridan olingan? J: «Sarob»
20. «Qo‘l ko‘tarib bo’larmidi axir onaga, Zotan, unga qo’l ko’targan farzand sanalmas». Ushbu satrlar Abdulla Oripovning qaysi she’ridan olingan? J: «Sarob»
21. Abdulla Oripovning «Sarob» she’ri qanday bosh lanadi? J: Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada
22. «Dunyodan ketmasin hech kim bemahal, Hech kimni bosmasin nogahon o’kinch. Ammo o’z boshiga kel maguncha gal, Onajon, tosh qalblar turarmidi tinch». Ush bu satrlar Abdulla Oripovning qaysi she’ridan olingan?
J: «Bahor»
23. Abdulla Oripovning «Bahor» she’rida «Bahor ham, umr ham o’tar ehtimol, Faqat sen dunyoda mangu qolar san», deyilganda kim yoki nima nazarda tutiladi? J: Yurt
24. «Ha, onamni o‘ylar edim inson degan dam, Yo‘q, maymundan tarqamagan derdim odamzod». UshbU satrlar Abdulla Oripovning qaysi she’ridan olingan? J: «Sarob»
25. Abdulla Oripovning qaysi she’rida «bir vaqtlar sajda qilgan hazrati inson» endi «Ko’zlarimga goh ko‘rinar telba misoli», deyiladi? J: «Sarob» she’rida
26. Abdulla Oripov «Bahor» she’rida «0‘n oykim, so’nmishdir u tanish na’ra. Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh», deganda kimni nazarda tutadi?
J: G‘afur g’ulomni
27. Abdulla Oripov «Bahor» she’rida «Beqiyos edi u she’r lochini! Xayoli bamisli Ko’ragoniydek», deganda kimni nazarda tutadi? J: Maqsud Shayxzodani
28. Abdulla Oripov «Bahor» she’rida onasi vafotiga qancha bo‘lganini esga oladi? J: Besh oy
29. «Bu sokin elda ham ivirsir bahor, 0‘chgan xotiralar chirog‘in yoqib», deganda qaysi joyni nazarda tutadi?J: Qabristonni
30. «Faqat o’tmish bilan yashamas, garchand bo’lol maydi undan hech ozod». Ushbu satrlarAbdulla Oripovning qaysi sheYidan olingan? J: «Bahor»
31. Abdulla Oripovning «Kuz manzaralari» sheYida xazonlar nimaga o’xshatiladi?
J: Yurakdan to(kilgan olovga
32. Abdulla Oripovning «Kuz manzaralari» sheYida mezon nimaga o’xshatiladi?
J: Shoirning chuvalgan, so‘ngsiz o‘ylariga
33. Abdulla Oripovning «Kuz manzaraiari» sheYida quyosh nimaga o‘xshatiladi?
J: Olis yoshlikda qolgan muhabbatga
34. Abdulla Orfpov «Genetika» sheYida keyingi avlod larga o’zidan nima meros bo‘lib qolishini ta’kidlaydi?
J: Kurashlarda toblangan xayol va buyuk bardosh
35. Qaysi shoir lirikasi orqali o’zbek sheYiyatiga ko’ngil dardlarining suvratlari, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi?
J: Abdulla Oripov
36. Qaysi shoir sheYiyati o’tgan asrning 60 70yil larida o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishidan saqlab qoldi? J: Abdulla Oripovning
37. Abdulla Oripov sheYiyatidan parchalar: «Asablar tuproqqa cho‘kkan edi tiz», «Yiroqyiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat», «Sonsiz egatlar ga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening 0‘ylarim^, «Qaro sochlaringda oppoq alanga», «Shabnam shovul laydi bog‘lar qo‘ynida, Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog‘dularida Nafis yaltiraydi bargi xazonlar», «Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘mko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut», «Yorilma gan yaradir sevgi», «Dilbar kelinchakning ko‘ksida g‘ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko‘z qirin», «Qizg‘aldoq bargidek dildan uchar g‘am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim»
38. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Temur Boyazidga qarshi jang qilayotganda kim bilan shatranj o‘ynaydi? J: Aloviddin bilan
39. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da shatranjda tengsiz usta kim edi?
J: Aloviddin
40. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Temur Boyazidga qarshi qaysi usulni qo‘llaydi?
J: To‘lg‘ama
41. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Temurga Boyazidning asir tushgani xabarini yetkazgan sarbozning ismini toping. J: Qosimbek
42. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Amir Temurning davlatni ushlab turuvchi tayanchlari qay silar? J: Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar
43. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohini ham kechira olishi qaysi timsollar orqali ochib beriladi?
J: Sulton Boyazid
44. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Amir Temurning haddidan oshgan kimsalarni jazosiz qoldirmasligi qaysi timsollar orqali ochib beriladi?
J: Amir Husayn
45. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostonida Amir Temurning ezgu amalli kishilarni taqdirlashi qaysi timsol lar orqali ochib beriladi? J: Hofiz Sheroziy va Qosimbek
46. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Amir Temurning kim bilan uchrashuvi asarning eng ta’sirli lavhalaridandir? J: Ahmad Yassaviy bilan
47. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da kim Temurga «Niyat qancha jozibali bo‘lsa ham, Temur, qilich bilan murod hosil bo‘lmog‘i gumon», deydi?
J: Ahmad Yassaviy
48. Abdulla Oripovning qaysi sheVida tush tasviriga keng o‘rin beriladi? J: «Ketganlar yodi bu»
49. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Sulton Boyaziddan qaysi chopar maktub keltiradi?
J: Sulton Shabli
50. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni dagi Buqalamun kim? J: Temurning xufiyasi
51. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostoni da Buqalamunning asl ismi kim bo‘lgan? J: Itolmas
52. Amir Temur qo‘shinning o‘ng qanotini kimga topshi radi? J: 0‘g‘li Mironshohga
53. Amir Temur qo’shinning chap qanotini kimga top shiradi? J: 0‘g‘li Shohrux Mirzoga
54. Jangga yov tarafdan qancha jangchi yo‘lga chiqqan edi? J: 400 ming lashkar
55. Amir Temur nima uchun jang vaqtida shatranj o ynagan? J: Shatranj o‘ynab turib jang qilishini eshit gan Boyazidni tahlikaga tushirish uchun
56. Amir Temur Boyazidga qarshi ajdahodek o‘t pur kaguvchi qaysi qurolni ishga tushirishni buyuradi?
J: Naftandozni
57. Amir Temur shatranj o‘yinida qaysi tosh orqali Aloviddinni yengadi va bunga qanday izoh beradi?
J: Rux orqali yengadi va o‘ziga ruhlar madadkor bo‘layotganini ta’kidlaydi
58. Amir Temur dushmanning yengilganini xabar ber gan sarbozni qanday taqdirlaydi?
J: Samarqandga qaytib borgandan keyin nabirala ridan birini uning nikohiga berishga va’da beradi
59. Boyazid yengilganini xabar bergan sarboz qayerlik edi va otasi haqida nima deydi?
J: 0‘zi keshlik bo‘lib, otasi ham Amir Temurga sar boz boMganini va Dehli jangida shahid ketganini aytadi
60. «Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin, Buzilgay diro’rmonning ham qonuniyati» fikrlarini AmirTemur kimga qarata aytadi?
J: Boyazidning qo‘lyog‘ini bog‘lagan navkarga qa rata
61. Amir Temur Boyazidning laqabi va uning jangda mag‘lub bo’lganini qanday izohlaydi?
J: «Sen Yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq Cho‘ng Temirga urildingu, chilparchin bo‘lding»
62. Amir Temur o‘zi va Boyazidning nogironligi haqida nima deydi?
J: «Men bir langu, sen esa ko‘r, notavon so‘qir, Bu dunyoda butun odam topilmagandek, Ikkimizga yer yuzining jilovin bermish»
63. «Sohibqiron» dramasida Amir Temur qanday aks ettiriladi? J: Ko‘proq janglarda emas, o‘ylar girdobida
64. Dramada Amir Temurning fuqarolarga munosabati qanday aks etgan?
J: «Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor», degan qarashida
65. Amir Temur doim muzaffar ekanligini qanday
izohlaydi? J: «Unutmagil, muzaffarman haqligim
uchun», degan satrlarda
66. «Sohibqiron» dramasida asar muallifi o‘z nuqtayi nazarini kimning qarashlari orqali beradi?
J: Ahmad Yassaviy
67. Olamni kuch bilan bosib olishdan odamlar dilini haq so‘z bilan zabt etish to‘g‘riroqligi haqidagi fikrni kim Temur ga aytadi? J: Ahmad Yassaviy

Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling