Adabiyot 9-sinf


BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA


Download 124.03 Kb.
bet19/19
Sana01.05.2023
Hajmi124.03 Kb.
#1419984
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf savol-javob

BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA
1. Pafos so‘zi qaysi tildan olingan? J: Yunon tilidan
2. «Pafos» so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
J: «Ehtiros, hissiyot, iztirob» ma’nolarini
3. Pafos adabiy atama sifatida nimani anglatadi?
J: Asarga singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yo‘nalishini belgilab beradigan jo‘shqin tuyg‘u va ko‘ tarinki ruhni anglatadi
4. Pafosdagi tuyg‘u va ruh qanday xarakterda bo’ladi?
J: Ijobiy xarakterda bolib, xayrixohlikni; salbiy ta
biatga ega bo‘lib, inkorni bildirishi ham mumkin
5. Pafos o’quvchini xolis kuzatuvchi emas, qanday bo lishga undaydi? J: Astoydil tarafdor bo‘lishga undaydi
6. Pafos badiiy asarning nimasini ham belgilab bera di? J: Asarning ifoda tarzinigina emas, balki uning ma’nomohiyatini ham
7. «Asrga tatigulik kun» romanida kimning o’ylari, so’zlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tasvirlangan?
J: Edigeyning
8. «Asrga tatigulik kun» romanida kimning xat tiharakatlari, gaplari, tutumi adib tomonidan jo’shqinlik bi lan inkor etilgan? J: Sobitjonning
9. «Asrga tatigulik kun» romanida asar pafosi qaysi timsol tasvirida yaqqol bo‘y ko’rsatgan?
J: Nayman ona timsoli tasvirida
10. Qanday asarlarda adib o’zi ilgari surgan nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi, aksincha, kuchli haya jon va jo’shqin ehtiros bilan yoqlaydi?
J: Pafos bilan yozilgari asarlarda
MUSTAQILLIK DAVRI 0‘ZBEK ADABIYOTI
1. Istiqlol adabiyoti estetik hodisa sifatida qachon yuza ga keldi? J: XX asrning 90yillarida
2. Istiqlol adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini toping.
J: Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura
tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilmaxil qarashlarning mahsuli bo‘lgan adabiyotdir. Ikkinchidan, ijod erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi va adabiyot ko‘ngil ishiga aylandi. Uchinchidan, Istiqlol adabiyotida odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi mehnatkash sifatida yondashish barham topdi. Ijodkorlar shaxslarning ruhiyati, hissiyo ti, ko‘nglini tasvirlashga e’tibor qaratdi. To‘rtinchidan, bu davr adabiyoti ommani ko‘rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‘naltirildi. Beshinchidan, istiqlol ada biyoti chinakam xilmaxil adabiyotga aylandi.
3. Istiqlol sheYiyati qanday jihati bilan xarakterlanadi?
J: Shakliy izlanishlarga boyligi, Sharq nazmidan
ham, G‘arb nazmidan ham samarali o‘rganishga inti lish kuchayganligi bilan
4. «Adashgan ruh», «Qora devor», «Munojot», «Sen siz» she’rlari muallifi? J: Rauf Parfi
5. «Turkiylar», «lqror» she’rlari muallifi?
J: Shavkat Rahmon
6. «lstig‘for», «Oq va qora» she’rlari muallifi?
J: Azim Suyun
7. «lzohsiz lug‘at» she’ri muallifi? J: A.Qutbiddin
8. «Tush», «Yo‘l» she’rlari muallifi? J: A.Said
9. «Ayolg‘u», «Bo‘g‘zimdan sirqirar tovushqon», «Oyloq kecha» she’rlari muallifi? J: Faxriyor
10. «Yerga botgan osmonlarni kuzatdim, Chopilgan oyog‘im bilan chopdim men. Kesilgan qo‘limni sizga uzat dim, Bu dunyo gullarga toldi. Qotdim men» satrlarining mu allifi? J: Rauf Parfi
11. «Shaftolirang olam nayza ichinda, Dunyolarni yolg‘on, men o’ldim chindan» satrlarining muallifi? J: Rauf Parfi
12. «Qobirg‘alar qabarar suyaklarim qadoqdir qa boqlarim o‘q tugab bo’shab qolgan sadoqdir kuyibkuyib kul bolgan nafratlarim adoqdir chuchmomolar ko‘k kiygan namozshomgul gul gulim hey tulugim hey tulum» satrlarining muallifi? J: Faxriyor
13. «Oy bolta» deb milliy adabiyotimizda ikkigina so‘zdan iborat she’r yozgan shoir? J: Faxriyor
14. «Go‘rlar qisir tug‘ishdan qolgan», degan bir mis radan iborat she’r yozgan muallif kim? J: Faxriyor
15. «...bitta so‘z qoldirgim keladi ruh yerto‘lasidan o‘g‘irlangan so‘z osmon hidi keladigan so‘z dunyoning o‘zi qadar anglab bo’lmas sir qadar» satrlarining muallifi?
J: Bahrom Ro‘zimuhammad
16. «Ko‘zdan ichkarida yo‘l yo‘q so‘zdan ichkarida yo‘l yo‘q ammo xo‘roz qichqirig‘i ortiga shafaqrang qishlog‘im berkinib olgan» satrlarining muallifini toping.
J: Bahrom Ro‘zimuhammad
17. «Men qanday yashashim lozim qanday bo‘lsam sizga yoqaman qaysi usulda yozsam sheYlarimni o‘qiysiz aruzdami barmoqdami sarbastdami yo» satrlarining mualli fi? J: Bahrom Ro‘zimuhammad
18. Istiqlol nasrining yetakchi xususiyatlari qaysi?
J: Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo‘sinla rini qo‘llash, badiiy ifodaning tutilmagan, yangi tamo yillaridan foydalanish
19. Omon Muxtorning yangicha ifoda usulida yaratilgan romanlarini toping. J: «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldida gi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ayollar saltanati va mamlakati», «Ffu», «Maydon»
20. Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg‘or tajribalari asosida yozilgan asarlarini toping.
J: «Qora kitob» qissasi, «Shamolni tutib bo‘lmay di», «Tobut shahar», «Quyun» hikoyalari
21. «Bozor» romanining muallifini toping.
J: Xurshid Do‘stmuhammad
22. «Oromkursi» qissasining muallifini toping.
J: Xurshid Do‘stmuhammad
23. «Jajman» hikoyasining muallifini toping.
J: Xurshid Do‘stmuhammad
24. «Qorachiqdagi uy» hikoyasining muallifini toping.
J: Xurshid Do‘stmuhammad
25. Bayna momo obrazi qaysi hikoyada berilgan?
J: Nazar Eshonqulning «Shamolni tutib bo‘lmaydi» hikoyasida
26. «Sho‘rodan qolgan odamlar» qissasining muallifini toping. J: Sh.Bo‘tayev
27. «Tilsim saltanati» romanining muallifi?
J: Salomat Vafo
28. «Qon hidi» romanining muallifi?
J: A.Nurmurodov
29. «Jaziramadagi odamlar» romani muallifi?
J: Luqmon Bo‘rixon
30. «Otchopar» qissasining muallifini toping.
J: A.Yo‘ldoshev
31. Amir Temurga bag‘ishlangan dramalarni toping.
J: To‘ra Mirzo «Amir Temur», A.Oripov «Sohib qiron», O.Yoqubov «Fotihi muzaffar yoki bir parivash asiri»
32. Zamon otboqar obrazi qaysi hikoyada berilgan?
J: Nazar Eshonqulning «Shamolni tutib bo‘lmaydi» hikoyasida
33. «Bulut toshgan soy», «Ozodlik», «Navro‘z, nav ro‘z» hikoyalari muallifi? J: Sh.Xolmirzayev
34. «Oqbo‘yin», «Qoyalar ham yig‘laydi», «Tog‘ oda mi» qissalari muallifi? J: N.Norqobilov
35. «Oriyat», «Quvonchli kun» hikoyalari muallifi?
J: N.Norqobilov
36. «Darvesh» hikoyasi muallifi? J: Sh.Bo‘tayev
37. «Otamdan qolgan dalalar» romani muallifi?
J: Tog‘ay Murod
38. «So‘qir» hikoyasi muallifi? J: A.Yo‘ldoshev
39. Hozirgi dramaturgiyada erishilgan yutuqlar hisoblan gan dramalarni toping. J: Usmon Azim «Bir qadam yo‘l», Erkin Samandar «Arabmuhammad Bahodirxon», llhom Hasan «Bir kam dunyo», Abdulla A’zam «Dugohi Hu sayniy», «Jek London hikoyasidan so‘ng», O.Yoqubov «Bir koshona sirlari»
40. Qaysi asarda Samarqandni ko‘rish, uni ziyorat etishni bir umr orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo‘li kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovora far zandlarining e’tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko.‘rmay o’tib ketgan qariya obrazi qaysi asarda berilgan?
J: Usmon Azimning «Bir qadam yo‘l» dramasida
41. Qaysi asarda o‘z otalarining ko’zlariga mil tortish darajasida yirtqich bo’lgan Habash va Elbars timsollari bor? J: Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» tragediyasida


Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling