Adabiyot 9-sinf


Download 124.03 Kb.
bet15/19
Sana01.05.2023
Hajmi124.03 Kb.
#1419984
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf savol-javob

LIRIK QAHRAMON
1. Lirik asarda tuyg‘u va o‘ylari tasvirlangan shaxs obrazi qanday nomlanadi? J: Lirik qahramon
2. Adabiyotshunoslikka lirik qahramon tushunchasi kim tomonidan olib kirilgan? J: Tinyanov
3. Adabiyotshunoslikda birinchi marta lirik qahramon tushunchasi nechanchi yilda qo‘llanilgan? J: 1921yilda
4. Lirik asarlarda ishtirok etadigan asosiy timsol kim?J: Shoirning o‘zi
5. Chinakam lirik asarning qahramoni qanday bo’lishi kerak? J: 0‘ziga xos tabiat, fe’l, kayfiyat, taqdir egasi sifatida namoyon bo‘lishi, uning sezim va kechinmalari she’rxonni loqayd qoldirmasligi kerak
VILYAM SHEKSPIR
1. Shekspir qachon va qayerda tug‘ilgan?
J: 1564yilda Angliyaning Stretford shahrida
2. Shekspir qaysi teatrda aktyorlik qilgan?
J: «Globus» teatrida
3. Shekspir nechta dramatik asar yozgan?
J: 40 ga yaqin
4. Shekspir tragediyalarini toping. J: «Hamlet», «Otello», «Makbet», «Qirol Lir», «Romeo va Juletta»
5. Shekspir komediyalarini toping.
J: «Yoz kechasidagi tush», «Venetsiya savdogari», «0£n ikkinchi kecha»
6. Qaysi tragediya Shekspir ijodining cho‘qqisidir?
J: «Hamlet»
7. «Hamlet» tragediyasida Hamlet Daniya qirolligida ro‘y bergan dahshatli voqealardan qanday xabar topadi?
J: Otasining arvohi bilan uchrashib
8. «Hamlet» tragediyasining asosini nima tashkil etadi?
J: Daniyalik muarrix Sakson Grammatik solnoma
laridan o‘rin olgan «Daniya tarixi»dagi qadimgi rivoyat
9. Qaysi tragediya jahon adabiyoti va sahna san’atida gi eng ko’p bahs uyg‘otgan, tortishuvlarga sabab bo’lgan asarlardan biridir? J: «Hamlet» tragediyasi
10. «Hamlet» tragediyasidagi Hamletning onasi qiroli cha kim? J: Hertruda
11. «Hamlet» tragediyasida Daniya qirolini, ya’ni o‘z akasini o‘ldirgan shaxs? J: Klavdiy
12. «Hamlet» tragediyasida Hertruda qanday vafot eta di? J: Klavdiy Hamletga tayyorlab qo‘ygan zaharlangan sharobni bilmasdan ichib qo‘yib o‘ladi
13. «Hamlet» tragediyasida Ofeliya qanday vafot eta di? J: Baxtsiz tasodif tufayli suvga g‘arq bolib o‘ladi
14. «Hamlet» tragediyasida kimlar fojeali o’ladi?
J: Hamlet, Ofeliya, Klavdiy, Poloniy, Laert, Hertruda
15. «Hamlet» tragediyasida «So‘z aytarman munavvar bir kimsa nomidan», deb kim kim haqida aytadi?
J: Horatsio Hamlet haqida
16. «Hamlet» tragediyasi kim tomonidan qachon o‘zbek tiliga o‘girilgan? J: 1934yilda ChoMpon tomonidan
17. «Hamlet» tragediyasini 80yillarning oxirida qaysi ijodkor to‘g‘ridanto‘g‘ri ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girdi?
J: Jamol Kamol
18. «Otello» va «Qirol Lir» tragediyalarini kim o‘zbek tiliga o‘girgan? J: G‘afur G‘ulom
19. «Romeo va Juletta» tragediyasini kim o‘zbek tiliga o‘girgan? J: Maqsud Shayxzoda
20. «Yuliy Sezar» tragediyasini kim o‘zbek tiliga o‘gir gan? J: Uyg‘un
21. Shekspirning qaysi asari o‘zbek teatrining ulkan yu tug‘i bo‘ldi? J: «Otello»
22. Hayot haqiqatiga erishish uchun tragediya nechta muhim qonunga rioya etishi kerak?
J: 3 ta: makon, zamon, qahramon
23. Shekspirning farzandlarining ismi?
J: Syuzen, Hamlet, Judit
24. Shekspir necha yoshga kirguncha biror asar e’lon qilgan emas? J: 29 yoshga
25. Shekspirning birinchi asarini toping.
J: «Venera va Adonis» dostoni (1593)
26. Shekspirning birinchi dostoni necha marta nashr qilingan? J: 8 marta
27. Shekspirning ikkinchi dostoni qanday nomlanadi?
J: «Lukretsiya»
28. Shekspirning qaysi asari homiy yosh gersog Sautgemptonga bag‘ishlangan?
J: «Venera va Adonis» dostoni
29. Shekspirning qaysi asari 1594yilda «Greyz lnn» teatrida o ynaldi? J: «Xatolar komediyasi»
30. Shekspir haqida kim qaysi asarida «Playt va Sene ka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bolgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir» degan? J: Londonlik tanqidchi Meres «Aql xazinasi» kitobida
31. Shekspirning qaysi pyesasi muqovasida muallif nomi ko‘rsatilmagan holda nashretilgan? J: «Titandronik»
32. 1597 1598yillarda Shekspirning nechta pyesasi chop etildi? J: 5 ta
33. Shekspir ijodini qalbakilashtirib foyda ko‘rish yo’li dagi birinchi urinish kim tomonidan amalga oshirildi?
J: Tadbirkor noshir Jaggard 1599yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to‘plamga Shekspirning 
to‘rt sonetini kiritib, «Otashin ziyoratchi» nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni Shekspir qalamiga man sub, deb e’lon qildi
34. Shekspir qaysi teatrlarning hissadorlaridan bo lgan? J: «Globus» va «Blekfrayerz»
35. Shekspirning asarlari qachondan nashrqilina bosh ladi? J: Adib olimidan yetti yil o‘tgach, 1623yilga kelib
36. Shekspir nechta asar yozgan? J: 36 ta dramatik asar, 154 ta sonet, bir necha doston
37. Ayrim adabiyotshunoslar Shekspir asarini kim yozgan deb taxmin qilishadi? J: 1550yilda Eyfon Strat fordi shahrida tug‘ilgan lord Eduard de Ver
38. Shekspirning qaysi tragediyasida insoniyat paydo bo’lgandan beri yonmayon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va ishonch, olijanoblik va past kashlik kabi sifatlar o’rtasidagi kurash tasvirlangan?
J: «Otello» tragediyasida
39. «Otello» tragediyasida Dezdemonani bevafolikda ayblashda kimlar qatnashadi?
J: Otelloning mulozimi Yago, Dezdemonaning mu habbatini qozona olmagan Rodrigo
40. «Otello» tragediyasidagi qaysi qahramon turlanish ni, kishilar ko‘ziga o’zini boshqacha ko’rsatishni istamaydi?
J: Otello
41. Dezdemona kimning qizi edi?
J: Venetsiya senatori Brabansioning
42. Otello kimni o’ziga leytenant qilib oladi?
J: Jasur Kassioni
43. Yago nima uchun Kassioni ko’ra olmaydi?
J: U Otelloning xizmatkori bolib, Kassio o‘rniga leytenant bo‘lishni istar edi
44. Rodrigoning Otelloda qanday xusumati bor edi? J: Venetsiyalik boy yigit bo‘lmish Rodrigo ham Dezdemonani sevar edi. Dezdemona uni rad etib, Otelloga turmushga chiqadi. Natijada Rodrigoda Otelloga dushmanlik hissi uyg‘onadi
45. Otello Kassioni nega vaqtinchalik o‘zidan uzoqlashtiradi? J: lchib janjallashgani uchun
46. «Butun qalbim bilan sevgan va hurmatlagan Bir kishining muhabbati, mehribonligi Panohida qayta boshdan yashash menga baxt». Ushbu satrlar kimga tegishli va kim haqida? J: Kassio Otelloning mehrini qayta qozonish uchun Dezdemonaga murojaat qilgan
47. «lshqqa o‘lim tabiatning qonuniga zid», degan fikrlar kimga tegishli?
J: Dezdemonaga
48. Dezdemona Otellodan qancha muhlat so’raydi? J: Oldin bir kecha, rozi bo‘lmaganidan so‘ng yarim soat
49. Kassioning Rodrigoni o‘ldirib qo’yganligi xabarini Otelloga kim yetkazadi? J: Emiliya
50. Emiliya kim? J: Yagoning xotini
51. 0‘layotgan Dezdemona Emiliyaga o‘zini kim o’ldirdi deb aytadi? J: Hech kim oMdirmadi, marhamatli Otello ga salom ayt deydi
52. Otelloning Dezdemonaga eng birinchi hadya etgan narsasi nima edi? J: Ro‘mol
53. Otelloga ro’mol nima uchun qadrli edi?
J: Chunki ro‘mol onasiga otasidan yodgoriik edi
54. «0h, razillik! Bu to‘g‘rida men o‘ylaymanki, Sezmoqdaman razolatning sassiq hidini». Bu fikrlar kimga tegishli? J: Emiliyaga
55. Emiliya eri Yagoni qanday fosh etadi? J: Shu ro‘molchani o‘g‘irlashni Yago undan har doim so‘rashi ni va uni topib olib eriga o‘zi berganini aytadi
56. Gransiano kim? J: Dezdemonaning amakisi
57. Emiliyaning yelkasiga kim qilich urib qochib ketadi?
J: Eri Yago
58. Emiliya Dezdemonaning jasadi ustida u sevgan qay si qo‘shiqni kuylaydi? J: Majnuntol qo‘shig‘ini
59. Otello Dezdemonani nima sababdan o’ldirdim, deb izohlaydi?
J: G‘azabdan emas, nomus uchun oldirdim deydi
60. Rodrigoning cho‘ntagidan nechta xat topish oli shadi? J: 2 ta
61. Yaralangan Rodrigoni kim o’ldirdi? J: Yago
62. Qibris oroliga Otello o‘rniga hukmron qilib kim ta yinlanadi? J: Kassio
63. «0, muhabbat, haqoratga bo’lmish masxara», deb kim aytgan? J: Emiliya
64. Emiliya «Erkak bo‘lsang, sharmanda qil bu vijdon sizni!» deganda kimni nazarda tutadi? J: Yagoni
65. Asarda to‘g‘ri odamlarning ishonuvchan, sodda bo‘lishi, o‘zgalardan yomonlik, xiyonat kutmasligi qaysi obrazlar orqali ko‘rsatilgan?
J: Otello, Kassio, Dezdemona, Emiliya orqali
66. Asarda shuncha ezgu sifatli odamlarning o‘limi bir fojia bo‘lsa, uning darajasini nima yanada oshiradi?
J: Ularning arzimas bir odamning mayda manfaat lari yolida halok bolganiigi
67. Otello asarda qanday tasvirlanadi?
J: Gumonlar, iztiroblar girdobida
68. Otello o‘z sevgisini qanday izohlaydi?
J: «U tentakcha sevar edi, biroq ko‘p kuchli Rashk qilishga uncha moyil emasdi»

Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling