Adabiyot 9-sinf
«FARHOD VA SHIRIN» DOSTONI
Download 124.03 Kb.
|
9-sinf savol-javob
«FARHOD VA SHIRIN» DOSTONI
37. «Farhod va Shirin»da nafsni yengish quroli sifatida nima ko‘rsatiladi? J: Ishq 38. «Farhod va Shirin»da Moniy kim? J: Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini o‘rgatgan ustoz 39. «Farhod va Shirin»da Boniy kim? J: Farhodning ko‘ngliga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan pir 40. «Farhod va Shirin»da Qoran kim? J: Farhodning ko‘ngiidagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid 41. «Farhod va Shirin» dostoni qanday xarakterdagi doston? J: Ishqiysarguzasht xarakteridagi doston 42. «Farhod va Shirin» dostonining hajmi? J: 5782 bayt 43. «Farhod va Shirin» dostonining vazni? J: Hazaji musaddasi mahzuf vazni 44. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini qanday atay di? J: «Shavq dostoni» 45. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini nima sabab dan «shavq dostoni» deb ataydi? J: Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va uluglanadi 46. Qaysi dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzuo‘ylari ham ifoda etilgan? J: «Farhod va Shirin» dostonida 47. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhodni bosh obraz qilib oldi. Bu bilan dostonda qanday o‘zga rishlar bo’lishiga asos bo‘ldi? J: Farhodning bosh obraz qilib olinishi bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga «Farhod va Shirin» nomi berilishiga asos bo‘ldi 48. «Farhod va Shirin» dostonining asosiy voqealari qanday boshlanadi? J: Chin hoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshla nadi 49. «Falak deb: «Dard elining shohi» oni, Malak deb: «Dard o‘ti ogohi» oni» ta’rifi qaysi qahramonga tegishli? J: Farhodga 50. Farhod qanchada butkul savod chiqardi? J: 3 oyda 51. Farhod qancha muddatda Qur’oni Karimni yod oldi? J: Bir yilda 52. «Xamsa»ning qaysi qahramoni uchun «Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqin kasb etmagan ilm» ta’rifi xos? J: Farhodga 53. «Demonkim ko’ngli poku, ham ko’zi pok, Tili poku, so‘zi poku, o’zi pok» taYifi «Xamsa» dostonining qaysi qahramoniga tegishli? J: Farhodga 54. Farhod necha yoshga yetganda ichitashi dard bi lan to’ldi? J: 14 yoshga 55. Chin hoqoni Farhodni ovutish maqsadida 4 faslga moslab 4 qasr qurdirishga farmon beradi. Bu ishga kimni ma’mur etib tayinlaydi? J: Mulkoroni 56. Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachisi kim edi? J: Mulkoro 57. Farhod kimlardan qaysi hunarlarni o’rgangan? J: Qorandan tosh yo‘nish, Boniydan me’morlik, Moniydan naqqoshlikni 58. Farhod mamlakat xazinasidagi sandiqda nimani ko‘rib qoladi? J: Sirli ko’zguni 59. «Farhod va Shirin» dostonidagi sirli ko’zguni kim necha olimga yasatgan edi? J: Iskandari Rumiy 400 olimga yasatgan edi 60. Ko’zgu tilsimini ochish uchun Farhod qayerga bori shi kerak edi? J: Yunonistondagi bir toqqa 61. Yunonistondagi toqqacha nechta manzil bor edi? J: Uch manzil bolib, birinchisida Ajdahoni, ikkin chisida Ahraman devni, uchinchisida ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak edi 62. Sirli ko’zgu tilsimini yechishning to‘rtinchi manzi li qanday edi? J: Tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrotni topish 63. Farhod ko‘zgu sirini ochishdagi to‘siqlarni mardona yenggandan so‘ng nimalarni qo’lga kiritadi? J: Jamshid jomini, Sulamon uzugini, Iskandar boyligini 64. Suqrot kimlarning taqdirini bashorat qilgandan so’ng jon taslim qiladi? J: Farhodni, Otasini, Mulkoroni 65. Farhod Yunonistondan qaytgach ko‘zguda ni malarni ko‘radi? J: Qandaydir bir yurt, tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qaziyotgani va Shirinni ko‘radi 66. Farhod sevgilisini izlab yo’lga chiqqach, kimdan Shirinning Arman yurtidan ekanligini biladi? J: Do‘sti Shopurdan 67. Farhod Arman yurtiga kelganda odamlar necha yildan beri suv chiqarish maqsadida tog‘ kesish bilan mashg‘ul edilar? J: Uch yildan beri 68. Arman yurtida suv chiqarish qurilishi kimning istagi ga ko‘ra bajarilayotgan edi? J: Malika Mehinbonu topshi rig‘i bilan jiyani Shirinning istagiga ko‘ra 69. «Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat uzra moh ul ermish» taYifi qaysi haqramon haqida? J: Shirin haqida 70. Farhod ushbu fikrlarni qachon kimga qarata aytgan: «Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqami ketgumdur oxir»? J: Tog‘ qaziyotgan odamlarga qarata Armaniyada aytgan 71. Xusrav qaysi yurt hukmdori? J: Ajam yurtining 72. «Menga ne yoru, ne oshiq havasdur, agar men odam olsam, ushbu basdur!» misralari qaysi qahramon nutqidan olingan? J: Shirinning 73. Xusrav Farhodni qanday qo‘lga tushiradi? J: Hiyla bilan 74. Farhod o‘limidan oldin otaonasiyu yaqinlariga vidolashuvini kim yoki nima orqali izhor qiladi? J: Bodi sabo orqali 75. «Yiqilsa hujra bo‘lsun qasr obod, Qurusa sabza bo’lsun sarv ozod» misralari Navoiyning qaysi dostonidan olingan? J: «Farhod va Shirin»dan, Farhodning bodi saboga murojaatidan 76. Farhodning «Meni rozilig‘ingdin qilma navmid, Manga do’zax o’tini solma jovid» degan murojaati kimga qaratilgan? J: Onasiga 77. Qaysi asarda «Bir nafsning ishini 70 shayton qilol maydi» deb ta’kidlangan? J: «Qisasi Rabg‘uziy»da 78. Qaysi shoir «Nafs itin qilsang zabun olamda yo’q sendek shujo» deb yozadi? J: Alisher Navoiy 79. «Demonkim, ko‘ngli poku, ham ko’zi pok, tili poku, so‘zi poku, o’zi pok». Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga tegishli? J: Farhod 80. «Janubida muhabbat dardi zohir, Uzori uzra g‘urbat gardi zohir». Ushbu ta’rif kim tomonidan kimga aytilgan? j: Shirin tomonidan Farhod ta’rifi 81. Navoiy fikricha, kimlar ilohiyot sirlarini, ma’rifatni kuylovchilardir? J: Farididdin Attor, Jaioiiddin Rumiy 82. Navoiy fikricha, kimlar ilohiyotga majozni vosita qi luvchilardir? J: Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy 83. Navoiy fikricha kimlar majoziy ishq kuychilari hisoblanadi? J: Xoqoniy Shirvoniy, Salmon Sovajiy, No sir Buxoriy 84. Navoiy shoirlarni necha guruhga bo‘ladi? J: 3 gu ruhga: ilohiyot sirlarini, ma’rifatni kuylovchilar, ilohi yotga majozni vosita qiluvchilar, majoziy ishq kuychi lari Download 124.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling