Adabiyot 9-sinf


Download 124.03 Kb.
bet9/19
Sana01.05.2023
Hajmi124.03 Kb.
#1419984
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
9-sinf savol-javob

MEMUAR ASAR HAQIDA
1. «Memuar» so‘zi qaysi tildan olingan?
J: Fransuz tilidan
2. «Memuar» so’zi qanday ma’noni bildiradi?
J: Esdalik ma’nosini
3. Memuar asar deb nimaga aytiladi? J: Muallifning o‘zi qatnashgan yoki ko‘zi bilan ko‘rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi
4. Memuar asarlarni toping.
J: Oybekning «Bolalik», A.Qahhorning «0‘tmish dan ertaklar» asarlari, Boburning «Boburnoma» asari
5. Memuar asarlar qaysi jihatiga ko‘ra ilmiy asarlarga yaqin turadi?
J: Materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealar ning haqqoniyligi, badiiy to‘qimaning yo‘qligiga ko‘ra
6. 0‘zbek adabiyotida memuar asarlarning qanday turi ko proq uchradi? J: 2 xil turi: 1) tarixiy memuarlar; 2) ba diiy memuarlar
7. Memuar asarlarga xos asosiy qirra nima?
J: Memuar asarlarda muallif ishtirokchi yoki tonug* (guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi
8. Memuar asar muallifi tarixchi va adabiyotshunos olimdan qanday farqlanadi?
J: Real voqelikning o‘zi bevosita qatnashgan yoki ko‘rgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif o‘z ku zatish va dunyoqarashigagina tayanadi
BOBORAHIM MASHRAB
1. Mashrab so‘zining ma’nosini toping.
J: llohiy sharobga etishgan
2. Mashrabning namanganlik ustozi kim bo’lgan?
J: Mulla Bozor Oxund, Xo‘ja Ubaydullo
3. Mashrab Qashqarda kimning qolida necha yil xizmat qildi? J: Ofoqxo‘ja eshon huzurida yetti yil
4. Mashrab qachon qaysi hukmdorning buyrug‘i bilan Qunduz shahrida qatl etiladi?
J: 1771yilda Balx hokimi Mahmud Qatog‘on amri bilan
5. «Mabdayi nur» va «Kimyo» asarlarining muallifi kim?
J: Mashrab
6. «Ruhu jonim arshg‘a yetti, men o‘zim osmoniman, tutti olamni sharorim, otashi so’zoniman». She’r muallifini toping. J: Mashrab
.
7. Mashrab tasavvufning qaysi yo’nalishiga amal qil gan? J: Naqshbandiyaning qaiandariya shaxobchasi, Maiomatiya
8. Mashrabning «Vah, muhabbat ko’yida qon yigladim, Yetti iqlim g‘arq bo’ldi yoshima» she’ridagi san’atni toping.
J: Mubolag‘aning g‘uluv turi
9. Mashrabning «Har zamone Laylidin menga kitobat lar kelur, Senki Majnun bo’lmasang, sardaftarimni kavla ma» she’ridagi san’atni toping. J: Talmeh
10. Mashrabning «Dardu g‘am ichra sarg‘aydi yuzim, rang bergusidir ul kahraboga» she’ridagi san’atni toping.
J: Tashbeh
11. «Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig‘a solma». She’r davomini toping. J: Agar mahsharda oh ur sam, bihishtu jovidon o‘rtar
12. Qaysi manbaga ko‘ra Mashrabning tug‘ilgan yiliga 1653yil deb oydinlik kiritildi? J: «Tazkirayi qalandaron»
13. Mashrab sheYlarini qaysi olim to‘plab, yurtimizda birinchi bor nashr ettirdi? J: J.Yusupov
14. Lomakonning tasavvufiy ma’nosini toping.
J: Jismi yo‘q, faqat ruhlargina yashovchi olam, Makondan tashqari
15. «lshq vodiysidin#bir kecha men hayhaylab o‘ttum, Monandi nayiston guliga o‘t qalab o‘ttum». She’r muallifini toping. J: Mashrab
16. «Ajab Majnun erurman dasht ila sahrog‘a sig‘mam dur, Dilim daryoyi nurdur, mavj urub dunyog‘a sig‘mam dur». She’r muallifini toping. J: Mashrab
17. «Qildi menga bir jilvaye nogoh boqa qoldim, Ul jil vasig'a din ila dunyo sota qoldirm. She’r muallifini toping.
J: Mashrab
18. «Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qaland ar bo’l, Sitam ahlin yutay desang, qalandar boVqalandar bo’l». She’r muallifini toping. J: Mashrab
19. Kimning g'azallaridan Mashrab Ofoqxo’jciga ikki bayt o’qigandan so’ng «Hay, bas, agar mundin ziyoda o’qu sang, kuyib ketarman», dedilar? J: Hofiz Sheroziy
20. Kim Mashrabga Mashrab ismini bergan?
J: Hazrat Ofoqxo’ja
21. «Bu tani xokiniyu, ruhi ravonni na qilay? Bo’lrha sa qoshimda jonona, bu jonni na qilay?». She’r muallifini toping. J: Mashrab
22. «Dunyoga kelib bilmay loyiga bota qoldim, Darmon yo’qidin necha og‘iz so‘z qota qoldim». She’f muallifini toping. J: Mashrab
23. «Ey mening nozik niholim, oromijonim, qaydasan, Bu ko’ngil bo’stonida g‘uncha dahonim qaydasan?» She’r muallifini toping. J: Mashrab
24. «Xonumondin judo bo’lgan kishidan dard so’rang, 0‘rtanib qaddi duto bo’lgan kishidan dard so’rang». She’r muallifini va janrini toping. J: Mashrab, muxammas
25. «Ey musulmonlar, netay men yordin ayrilmisham, Fitnachashmu sho’xu xush raftordin ayrilmisham». She’r muallifini va janrini toping.
J: Mashrab, muxammas
26. «Yorning ko’yida men bormoq edim, har necha javru jafo tortmoq edim». She’r muallifini va janrini toping.
J: Mashrab, muxammas
27. «Bu xasta vujudimni meni o’rtadi butkul, Ul zulfi parishon, Ul gul yuzining ishqida men volayu bulbul, Ul g‘unchayi xandon». She’r muallifini va janrini toping.
J: Mashrab, mustazod
28. «Tazkirayi qalandaron» asarining muallifi kim?
J: Bog‘istoniy
29. Qaysi shoir o‘spirinligida qayerda go‘riston bo’lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko’rib: «Ey odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadirgon ish bu», deb yig‘lab tu rardi? J: Mashrab
30. Mashrabning she’rlari bizga qanday holda yetib kel gan? J: «Devonayi Mashrab» qissalarida, turli bayozlar va to‘plamlar tarkibida tarqoq holda yetib kelgan
32. Mashrabning she’riy to’plamlari qachon nashr qilin gan? J: 1958 1980yillar oraliglda
33. Mashrab qaysi janrlarda ijod etgan?
J: G‘azal, mustazod, murabba', muxammas, mu saddas, musabba’janrlarida
34. Qanday adiblar mutasavvif deb ataladi?
J: Asarlarida tasavvuf g‘oyalarini aks ettirgan adib
lar
35. Mashrab Allohga bo’lgan sevgisini qanday tasvir laydi?
J: Ko‘nglida qanday bo‘lsa, shundayligicha ochiq holda tasvirlaydi
36. Navoiy ishqi ilohiyni qanday kuylaydi?
J: Ishqni mushohada qiladi, har qanday yonish kuyishlarda ham o‘ychanlik, bosiqlik unga xos
37. Ahmad Yassaviy ishqi ilohiyni qanday kuylaydi?
J: Rasmiy shariat doiralaridan uzoqlashmagan hol da sharh etadi
38. Qaysi shoiryorni «asli qalmoq, zoti qirg‘iz, lola pay poqli» deya kuylaydi? J: Mashrab
39. «Ko‘h ba ko‘h, sahro ba sahro kezmoq» qaysi shoirning maslagi hisoblanadi? J: Mashrabning
40. Mashrabning «Ofoqni bir lahzada kezdim na ajab dur, Mino tog‘idin akka sifat yakkalab o’ttum» degan mis ralaridagi «Ofoq» so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qa torni toping. J: Dunyo
41. «Qissayi Mashrab»da dunyoda ikki ofoq o’tganligi ta’kidlanadi. Bular kimlar edi?
J: Ofoq xojam, Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy
42. «Bir boqib ko’z ichidin tanga keturdi jon qiz, Aylanib, ko‘z o‘gurib, qildi yurakni qon qiz». She’r muallifini toping.
J: Mashrab
43. «Shariat ham, tariqat ham, haqiqat ham mendadur mavjud, Chu sultoni azaldurman ki, Arshi A’log‘a sig‘mam dur». She’r muallifini toping. J: Mashrab
44. Mashrab Ofoqxo‘janing huzuriga kelganda uni kim lar xojaning oldiga olib boradi?
J: Mullo Boqi Oxund va Mullo Soqi Oxund
45. Hazrati Ofoqxo’ja Mashrabdan Xo‘ja Hofiz Shero ziyning g‘azallaridan o‘qishni buyurganda Mashrab qaysi she’rni o‘qib beradi?
J: «Onho ki, xokro ba nazar kimyo kunand, Oyo, buvad ki, go‘shayi chashm ba mo kunand» «Nazari bilan tufroqni kimyo qiladigan kishilar ko‘z ichidan biz ga qiyo boqarmikanlar?»
,4§. Mashrab Ofoqxo’ja xizmatida qanday yumushlarni bajardi? J: Uch yil o‘tin tashidi, uch yil suv tashidi, bir yil ostonada yotdi

Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling