Adabiyot 9-sinf
TASAWUF VA TASAWUF ATAMALARI
Download 124.03 Kb.
|
9-sinf savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHAMMAD RIZO OGAHIY
TASAWUF VA TASAWUF ATAMALARI
I. Tasavvuf ta’limoti bo’yicha inson komillikning qaysi bosqichlaridan o‘tishi kerak? J: Shariat, tariqat, haqiqat bosqichlarini , .2vTariqat yo’liga kirgan odamni qanday ataydilar? J: So‘fiy, solik, murid, darvesh 3. Tasavvuf adabiyotidagi markaziy tushunchani toping. J: Ishq 4. Majoziy ishq kimga qaratiladi? J: Alloh tomonidan yaratilgan barcha narsaga: insonga va butun borliqqa nisbatan muhabbat, mehr, ardoq, anglashlik tuyg‘usi 5. Haqiqiy ishq tuyg‘usi qanday tuyg‘u? J: Yaratganni tuyish, anglash va U bilan birlik tuyg‘usi 6. Majoziy ishqdagi yortimsolini toping. J: Muhammad alayhissalom va tariqat peshvosi, piri komil 7. Haqiqiy ishqdagi yor timsoli? J: Alloh 8. Tasavvuf adabiyotida ishq qanday timsollar orqali beriladi? J: May, sharob 9. Tasavvufda kosa, jom, qadah kabilar nimaning ramzi? J: Ko‘ngilning 10. Tasavvufda «mayxona, bubcona, xorobot» tushun chalari nimani bildiradi? J: Pirlar dargohini II. Tasavvuf mayxonasida ma’rifat ulashuvchi, ishq sirlarini talqin etuvchi piri komil qanday ataladi? J: Soqiy 12. Tasavvufda ishq ahli, ya’ni oshiqlar deganda kim tushuniladi? J: So‘fiylar 13. Tasavvufda vasl ahli deganda kim tushuniladi? J: Komiliikka yetishgan, avliyolik siyratini kasb et gan zotlar 14. Tasavvufda «lab»ning ma’nosi? J: Yorning kalomi, ko‘rsatmalari, purma’no so‘zlari 15. Tasavvufda «bo‘sa» nima? J: Oshiqning yor visolidan bahramandligi 16. Tasavvufda «tarso» kimni bildiradi? J: 0‘zini Alloh ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan insonni 17. Tasavvuf adabiyotida dunyo nima? J: Nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik 18. Tasavvuf adabiyotida xaloyiq kim? J: Haqiqiy ishqdan bexabar kimsalar, dunyoga ko‘ngil bergan nafs bandalari MUHAMMAD RIZO OGAHIY 1. Ogahiy qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1809yil 17dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qish log‘ida Erniyozbek mirob oilasida tug‘ilgan 2. Ogahiy kimning tarbiyasida bo’lgan? J: Amakisi Munisning 3. Ogahiy qachon mirob vazifasiga tayinlangan? J: 1829yilda 4. Ogahiy Munis boshlab qo‘ygan «Firdavs uliqbol» asarining qanchasini yozib tugatdi? J: Xiva xonligining 1825yilgacha bolgan tarixini 5. Ogahiyning Xiva xonligining 1844yiligacha bo’lgan tarixini aks ettiruvchi asari qaysi? J: «Riyoz uddavla»(Saodat boglari) 6. Ogahiyga kimning ta’siri kuchli bo’lgan? J: Munis va Olloqulixonning 7. Ogahiyning qancha g‘azali bor? J: 500 ga yaqin 8. Ogahiy Munisning qaysi asarlarini davom ettirgan? J: Munisning «Firdavs uliqbol» asari, Mirxondning «Ravzat ussafo» asarining tarjimasini 9. Kaykovusning «Qobusnoma» asarini kim tarjima qil gan? J: Ogahiy 10. Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar» asarini kim tarjima qilgan? J: Ogahiy 11. Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarini kim tarjima qilgan? J: Ogahiy 12. Badriddin Hiloliyning «Shoh va gado» asarini kim tarjima qilgan? J: Ogahiy 13. Abdurahmon Jomiyning «Yusuf va Zulayxo» asarini kim tarjima qilgan? J: Ogahiy 14. Ogahiyning devoni qanday nomlanadi? J: «Ta’viz uloshiqin» (Oshiqlar tumori) 15. o’zbek adabiyotida kim muxammas janrida mo‘l ijod qilgan? J: Ogahiy 16. Ogahiyning qaysi g‘azallarida og‘ir qish, qishning qattiq qahri va zahri aks etgan? J: «Soqiyo...», «Qotig‘roq kelmadi...» 17. Ogahiyning qaysi g‘azallarida bahor faslining go‘zalliklari vasf qilinadi? J: «0‘yla yetkurdi jahong‘a ziy nati oro bahor...», «Ey go‘zal, bahor bo‘lmish, azmi sayri sahro qil...», «Bahor ayyomi boMmish o‘ylakim bog‘i eram sahro...» 18. Ogahiy qaysi g'azalida sahro go‘zalligini jonli odam sanamga mengzab ta’riflaydi? J: «Bahor ayyomi boMmish o‘yiakim bog‘i eram sahro» 19. Ogahiyning qaysi misrasida mubolag‘aning g‘uluv turi qo llanilgan? J: «Ki, o‘n sakkiz ming oiam o‘n sakkiz yoshingdin aylansun» 20. Ogahiyning qaysi misrasida mubolag‘aning ig‘roq turi qollanilgan? J: «Bori jonu jahonim oh ila yoshing din aylansun» 21. Iltifhom qanday san’at? J: So‘ramoq orqali ma’no va badiiyatni kuchaytirish 22. Ogahiyning qaysi misrasida iltifhom san’ati qo‘llanil gan? J: «Vah muncha ofatmi bo‘lur bir odamizod ustina» 23. «Qilmoq ila parvarish tikan gul bo‘lmas, Ham tar biyat ila zog‘ bulbul bo‘lmas, Gar asli yomong‘a yaxshilik ming qilsang, Yaxshilik aning niyati bilkull bo‘lmas». She’r muallifi va janrini toping. J: Ogahiy, ruboiy 24. Ogahiyning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy qarashlari qaysi qasidasida aks etgan? J: «Qasidayi nasihat» 25. «Qasidai nasihat» kimga bag‘ishlangan? J: Muhammad Rahimxon Soniy Feruzga 26. «Qasidayi nasihat» qanday munosabat bilan yozil gan? J: Yosh xonning 1865yilda taxtga o‘tirishi muno sabati bilan 27. Ogahiy «Ta’viz uloshiqin» devonini kimning masla hati va marhamati bilan tuzgan? J: Feruzning 28. «Baland aylab quyoshga poya navro’z, Ko‘tardi yer yuzidan soya navro‘z». Ushbu she’r muallifini toping. J: Ogahiy 29. «Qotroq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish Ki, aqlu hisg‘a yaksar moni’ o‘ldi borcha ishdin qish». Ushbu she’r muallifini toping. J: Ogahiy 30. «llohi har kuning navro‘z bo‘lsin! Hamisha toleing feruz bo‘lsin!» Ushbu she’r muallifini toping. J: Ogahiy 31. «Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod usti na, Qatlim uchun nas kelturur «nun» eltibon «sod» ustina». Ushbu she’r muallifini toping. J: Ogahiy 32. «Yo rab, qilibon g‘amingni mahbub manga, Dar dingni tunu kun ayla matlub manga». Ushbu she’r muallifi ni va janrini toping. J: Ogahiy, ruboiy 33. «Ochilur sahar sabodin dema g‘uncha mushti har tun, Ochilibon qo‘li oyosin qilodur sanga duo gul». Ushbu baytda qo’llangan san’atni toping. J: Tashxis 34. «Ochilur sahar sabodin dema g‘uncha mushti har tun, Ochilibon qo’li oyosin qilodur sanga duo gul». Ush bu bayt mazmunini toping. J: G‘unchaning mushti tong yellaridan ochilyapti deb o‘ylama, bu gullarning barg yozib, qo‘lini ochib senga duo qilayotganidir. 35. «Qilib orzu quduming sharafiga vosil o’lmoq, Boqibon yo’lingga turmush bir oyoqda borho gul». Ushbu baytda qo‘llangan sao’atni toping. J: Tashxis 36. Ogahiyning «Ta’viz uloshiqin» devonida qaysi til dagi she’rlar jamlangan? J: 0‘zbekcha, forscha 37. Ogahiyning qaysi qasidasi siyosiydidaktik lirika ning yorqin namunasi? J: «Qasidayi nasihat» 38. «Do‘stlar, hamrolig‘ aylab boringiz, Tundxo* yorim qoshiga boringiz, Bir kecha bazming‘a kelturmak uchun Bosh ayoqig‘a qo‘yub yolboringiz». Ushbu she’rning janrini toping. J: Tuyuq 39. Ogahiyning qaysi qasidasi Muhammad Rahimxon Soniyning 1865yilda taxtga o’tirishini tabriklab yozilgan? J: «Ogohnoma» qasidasi 40. «Shaho, olam ichra bugun shohsen, Burundin bu so‘zlarga ogohsen. Umidim budurkim, amal qilg‘asen, Amal aylamakda jadal qilg‘asen». Ogahiyning ushbu satrlari qay si qasidasidan olingan? J: «Ogohnoma» qasidasidan 41. Ogahiyning XIX asrning 60yillarida yozilgan asar larini toping. J: «Gulshani davlat», «Shohidi iqboi» 42. Ogahiyning «Ta’viz ulishiqin» devonining necha misrasi fors tilidagi she’rlar? J: 1300 misradan ortig‘i 43. Ogahiyning «Ta’viz uloshiqin» devoni kimning tak lifi bilan tuzilgan? J: Muhammad Rahimxoni SoniyFeruzning 44. Ogahiyning «Ta’viz uloshiqin» devonida nechta janrdagi she’rlar bor? J: 20 dan ortiq 45. Qaysi shoir tog‘lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga o‘xshatadi? J: Ogahiy 46. Ogahiyning «Dahr uyi bunyodikim, suv uzrakim mahkam emas» deb boshlanuvchi she’rining janrini toping. J: Tarji’band 47. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixidagi siyo siydidaktik lirikaning yorqin namunasi bo‘lib qoldi? J: «Qasidayi nasihat» 48. Ogahiynning musoviyattarafayn shaklida yozilgan she rini toping. J: Ul sho‘xki ochildi xatu ruxsori 49. Ogahiyning qaysi she’rida mahliqolar yuzi oyat, latofati mushafga o’xshatiladi? J: «Baland aylab quyoshga poya navro‘z...» 50. Ogahiyning «Boqib ko‘z ichidin pinhon fosh et ding tag‘ofillar, Yo‘qu borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun» baytida qanday san’at ishlatilgan? J: Tazod 51. «Hayosizdan aslo vafo istama, Vafosizdan aslo hayo istama» misralari kimning qaysi asaridan olingan? J: Ogahiyning «Ogohnoma» qasidasidan ZOKIRJON XOLMUHAMMAD 0‘G‘LI FURQAT 1. Qaysi shoir Navoiy boshliq ulug‘ shoirlarni tushida ko‘rib, ularga «Chor devon»dan imtihon topshirib, «she’r mashqig‘a ruxsat» oladi va shundan so‘ng she’r yoza bosh laydi? J: Furqat 2. Furqat kimdan Qur’on tilovatini o‘rganadi? J: Ashur Muhammad qoridan 3. Furqat kimdan arab tilini o’rganadi? J: Poshshoxo‘ja eshondan 4. Furqat Qashqarda qanday ish bilan shug‘ullanadi? J: Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘ladi 5. Furqatning 1891yilnirig yanvariyun oylarida davomli chop etilgan «Ho‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvolo ti. 0‘zi yozg‘oni» nomli memuar asari adabiyotshunoslikda qanday nomlanadi? J: «Furqatnoma», «Sarguzashtnoma» 6. Furqat necha yoshida «Mantiq uttayr» asarini o‘qi gan? J: 8 yoshida 7. Furqat necha yoshida Navoiyning g‘azaliyoti bilan tanishgan? J: 9 yoshida 8. «Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imloyi savodim» deb qaysi shoir yozgan? J: Furqat 9. Furqat qachon, qaysi xastalikdan vafot etgan? J: 1909yilda tomoq og‘rig‘i xastaligidan 10. Furqat necha yoshida madrasa talabasi bo’lgan? J: 14 yoshida 11. Furqat necha yoshida devon tartib bergan? J: 21 22 yoshida 12. Furqat nechanchi yillar Toshkentda yashadi? J: 18901891yillar 13. Furqat Samarqandda kimning huzurida bo‘ladi? J: Savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida 14. Furqat Qashqarda kimga uylanadi? J: Ra’no ismli ayolga 15. Furqat nechanchi yilgacha Turkiston bilan, «Tur kiston viloyatining gazeti» bilan aloqani uzmadi? J: 1906yilgacha 16. Furqatning adabiy merosi nimalarni o‘z ichiga ola di? J: 1) lirikasi 2) publitsistikasi, nasriy asari 3) tar jimalari 4) ilmiy asarlari 17. Furqat tarjimasiga mansub bo’lgan asarlarni toping.J: «Hammomi xayol», «Chor darvesh», «Nuh manzar» 18. Furqatning qaysi asarlari bizgacha yetib kelmagan?J: «Hammomi xayol», «Chor darvesh», «Nuh manzar» 19. Furqatning ilmiy asarini toping. J: 1. «To‘y tavsifi» 2. «Gap ta’rifida» 3. «Aza tavsifi» 4. «llmi qoidai avzoni» 20. Furqatning qaysi ilmiy asarlari etnografik xarakter da? J: 1. «To‘y tavsifi» 2. «Gap ta’rifida» 3. «Aza tavsifi» 21. Furqatning qaysi asari adabiyot havaskorlari uchun qo‘llanma sifatida tuzilgan va unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan? J: «llmi qoidayi avzoni» 22. Furqat g‘azallarining sonini toping. J: 200 ga yaqin 23. Furqat idodida qaysi janrlar uchraydi? J: G‘azal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod 24. 1883yilda Qo’qonda tartib berilgan bayozga Fur qatning nechta she’ri kiritilgan? J: 9 ta g‘azali 25. Muqimiy Furqatning qaysi g‘azaliga taxmis bog‘la gan? J: «0‘iturg‘usi» radifli g azaliga 26. «Kelsa kulbamga o‘shal berahm zor o‘lturg‘usi, Kel masa, kelguncha dardi intizor o‘lturg‘usi». Ushbu misralar muallifini toping. J: Furqat 27 Furqatning «Surmadin ko’zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang...» g‘azali kimning g‘azaliga o‘xshatma sifatida bi tilgan? J: Fuzuliyning 28. «Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar... Bayt ning davomini toping. J: Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar 29. «G‘aribi, bu viloyat xonumonidin adashganman, Besoni murg‘i vahshiy oshyonidin adashganman». She’r muallifini toping. J: Furqat 30. Furqatning «Bir qamar siymoni ko‘rdim baldayi Kashmirda» satri bilan boshlanuvchi g‘azali qayerda yaratilgan? J: Yorkentda 31. Furqatning «Sayding qo‘yaber, sayyod» deb bosh lanuvchi she’rining janri? J: Musaddas 32. Furqatning qaysi g‘azali raddi’ matla’ san’ati asosi da yozilgan? J: «Koshki bir joyda bo‘lsak erdi jonon ikkimiz, Ko‘zi shum ag‘yorlardin anda pinhon ikkimiz...» 33. «Chaman sahnida derlar sarv bila yosuman nozik, G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik». She’r muallifini toping. J: Furqat 34. «Biz istig‘no eli, qichqirmag‘on maVog‘a bormas miz, Agar chandiki xirman aylasa, dunyog‘a bormasmiz». She’r muallifini toping. J: Furqat 35. Furqatning qaysi g‘azallarida taqdirning unga ber gan sinovi yurt judoligi bayon etiladi? J: «Fig‘onkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim...», «Hasrato, kel kel beri, ul sho‘xi jonondin gapur...» g‘azallarida 36. Furqat Istanbulda yozgan «Sabog‘a xitob» she’rida qayerdagi do‘stlarini esga oladi? J: Toshkentdagi do‘stlarini 37. Furqatning «Sabog‘a xitob» she’ri qanday shaklda yozilgan? J: Maktub shaklida 38. Furqatning «Sabog‘a xitob» she’ri qayerda yozil gan? J: Istanbuldagi «nasimi fayzi rab» bo‘lgan Milliy bog‘da sayr qilayotganda 39. Furqatning ayriliq va judolik ma’nosida yaratilgan muxammasi qaysi? J: «Manam sho‘rida bulbul» muxammasi 40. Furqat 1890yilda Toshkentda ekanida uni kim Yangi shahar qismidagi tomoshalarga olib boradi va juda ko‘pchilik rus amaldorlari, generalgubernator bilan ta nishtiradi? J: N.Ostroumov 41. Furqatning masnaviy yo‘lida yozilgan va maorifni is loh qilish, ilmga daVat, fan va madaniyat yangiliklarini targ‘ib etish g‘oyalari ilgari surilgan sheYlarini toping. J: «Gimnazi ya», «llm xosiyati», «Akt majlisi xususida», «Nag‘ma ba zmi xususida», «Vistavka xususida», «Suvorov» 42. «UI qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur, Bal ki andin dahr eli ortiqcha g‘avg‘o tortadur...» misralarining muallifini toping. J: Furqat 43. Furqatning qaysi g‘azalida so‘fiyona kayfiyat, qa landarona baland himmat ruhining yetakchiligi seziladi? J: «Biz istig‘no eli, qichqirmag‘on ma’vog‘a bormas miz, Agar chandiki xirman aylasa, dunyog‘a bormasmiz» 44. Furqatning fikricha, «o‘shal kun anjumanda o’tsa umri», uni kim deb atashgan? J: Suhbatiy 45. Furqatning fikricha, «fano ko‘yida kimki mu’takif dur», uni kim deb atashgan? J: Xilvatiy 46. Furqatning «Sayding qo‘yaber sayyod, sayyora ekan mendek», deb boshlanuvchi musaddasi necha band dan iborat? J: 6 band 36 misra 47. Furqatning «Sayding qo’yaber sayyod, sayyo ra ekan mendek», deb boshlanuvchi musaddasida qaysi san’atkor do‘stining nomi eslanadi? J: Sa’dulloning ABDULLA QODIRIY 1. Qaysi yozuvchining Nazifa, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma’sud kabi farzandlari bor? J: Qodiriy 2. Qaysi ijodkor o‘zi haqida «1913yilda o’zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlagach, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‘ondi», deb yozgan? J: A Qodiriy 3. Qodiriyning birinchi maqolasi qanday nomlanadi va u qaysi gazetada bosilib chiqqan? J: «Yangi maktab va masjid» maqolasi, «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914yil 1aprel sonida 4. Qodiriy qalamiga mansub she’rlarni toping. J: «Millatimga», «Ahvolimiz» 5. Qodiriy qalamiga mansub hikoyalarni toping. J: «Uloqda», «Jinlar bazmi», «Juvonboz» 6. «0‘tkan kunlar» asari haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. J: 1. 1917 1918yillardan boshlab roman uchun material yig‘ishga kirishdi 2.1919yildan yoza boshla di 3. 1922yilda romanning dastlabki boblari «lnqilob» jurnalida chop etildi 4. 1925yilda romanning boMimlari alohidaalohida uch kitob tarzida bosildi 5. 1926yilda yaxlit kitob boMib bosildi 6. 1928yilda roman yana ik kinchi bor nashr etildi 7. Qodiriyning qaysi asari qissa janrida yozilgan? J: «Obid ketmon» (1934yilda yaratilgan) 8. Qodiriy qanday asarlar yozmoqchi bo‘lib material yig‘ib yurgani haqida ma’lumot bor? J: «Amir Umarxon ning kanizagi», «Namoz o‘g‘ri», «Dahshat» 9. Qodiriy qaysi maqolasi uchun «...aksilinqilobiy maq sadda sho’ro rahbarlarini matbuot orqali obro’sizlantirdi», degan ayb bilan qamoqqa olindi? J: «Yig‘indi gaplar» 10. Abdulla Qodiriyning otasi va onasining ismini toping. J: Qodir bobo, Josiyat bibi 11. Abdulla Qodiriyning 2romani qaysi va u qachon nashr etilgan? J: «Mehrobdan chayon» romani 1928yil da nashr etilgan 12. Abdulla Qodiriyning qaysi farzandi «Otam haqida», «Abdulla Qodiriyning so’nggi kunlari» asarlari bilan mash hur? J: Habibulla 13. Abdulla Qodiriyning qaysi maqolalari 20yillar o’zbek tanqidchiligining eng yaxshi namunalari bo‘lgan? J: «Bizda teatru ishlarining borishi», «Ravot qash qirlari», «0‘tkan kunlar» tanqidi ustida ba’zi izohlar» 14. Abdulla Qodiriy kimni «roman yozishga havaslantir gan ustoz» deb ataydi? J: Jo‘rji Zaydon 15. Abdulla Qodiriyning qaysi asari 20yillardagi ijtimoiysiyosiy hodisalarning ko‘pgina salbiy tomonlariga, adib iborasi bilan aytganda «jamiyat qitig‘iga» tegib o’tgan edi? J: «Kalvak maxsumning xotira daftaridan» 16. «Ko‘pdan beri haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan miyasi g‘ovlagan» mahalla imomi kim? J: Kalvak Maxsum 17. Abdulla Qodiriyning qaysi qahramonini o‘zbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi yetuk ligi timsoli deyish mumkin? J: Obid ketmon 18. Abdulla Qodiriyning dramasini toping. J: «Baxtsiz kuyov» 19. «Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa, «ih» deydirgan yigit emasman». Ushbu fikrlar qaysi yozuvchiga tegishli? J: Abdulla Qodiriyga 20. «0‘tkan kunlar» romanida Kumushning onasi va otasining ismi? J: Mirzakarim qutidor, Oftob oyim 21. Oftob oyim onasining ismi? J: Oysha bibi 22. «0‘tkan kunlar» romanida Toshkent hokimi kim edi? J: Azizbek 23. «0‘tkan kunlar» romanida Azizbek toshkentliklarni kimlarga qarshi urushga chorlaydi? J: Qipchoqlarga 24. «.. .ellik besh yoshlar chamaliq, chaladumbul tabi atlik bir xotin bo’lsa ham, eriga o‘tkirligi bilan mashhur edi». Ushbu ta’rif kim haqida? J: 0‘zbek oyim 25. «0‘tkan kunlar» romanida 0‘zbek oyim Kumushni dastlab qanday nom bilan ataydi? J: Andi 26. «0‘tkan kunlar» romanida Otabek Homid bilan bir ga Kumushni o‘g‘irlagani kelgan qaysi yigitlarni o’ldiradi? J: Sodiq, Mutal 27. «0‘tkan kunlar» romanida qipchoqlarga qarshi qirg‘in boshlash haqidagi mashvarat kimnikida bo‘lib o’ta di? J: Rajabbeknikida 28. «Biz shu holda ketadirgan, birbirimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo’lsak, yaqindirki, o’ris istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo’lsaq o‘z qo’limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘yniga o‘rus bo‘yundi rig‘ini kiydirgan bo‘larmiz». Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Yusufbek hoji 29. «Yusuf savdosida beqaror Zulayxo ismidin, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidin sizga boshimdag‘i sochla rimning tuklarigacha behad salom». Ushbu satrlar kimning maktubidan olingan? J: Kumushning 30. Abdulla Qodiriyning qaysi asarida millat tabiatidagi qoloqlik va tanazzulga sabab bo‘lgan illatlar shafqatsiz xo lislik bilan ko’rsatib beriladi? J: «0‘tkan kunlar» 31. «Kiroyi kuyaving shundog' bo‘lsa» bobida Qodiriy kitobxonni qaysi ayollar bilan tanishtiradi? J: Oftob oyim, Oysha bibi, To‘ybeka, Kumushbibi bilan 32. «0‘choq boshida qo’polgina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir». Bu kim? J: Mirzakarim qutidor oilaning cho‘risi To‘ybeka 33. «lchidan atlas ko‘ylak, ustidan xon atlas guppi kiy gan, boshiga oq dakanani xom tashlagan, o’ttiz besh yosh larchamaliq go‘zal, xushbichim birxotin. Yuzidan muloyim liq, eriga itoat, to‘g‘rilig‘ ma’nolari tomib turgan». Bu kim? J: Mirzakarim qutidorning rafiqasi Oftob oyim 34. «Yetmishlardan o’tgan kampir» deb ta’riflangan personaj kim? J: Oysha bibi 35. Otabekni «bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o’zi ham madan yuqorida o‘ltiradur; hali yigirmag‘a ham bor mag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an. Nax bizga kuyav bo’ladirg‘an yigit ekan», deb ta’riflagan personaj kim? J: To‘ybeka 36. Kumushni faqat Otabekka teng kela olishini ta’kid lab, «tengtengi bilan, tezak qopi bilan», degan personaj kim? J: To‘ybeka 37. «Azizbek o’rda qorovulxonasidan turib fuqarog‘a salom qildi. Azizbekning salomiga musharraf bo’lg‘uchilar ning ko’zlaridan yoshlar oqmoqda edi». Bu fikrlar kimga tegishli? J: Yusufbek hojining Otabekka yozgan mak tubidan olingan 38. «0‘tkan kunlar» romanida toshkentliklar o‘zlarini kimlar deb atashardi? J: Qora choponlar 39. Qipchoqlar kimning qo‘l ostida Toshkent ustiga urush harakatini boshlaydi? J: Normuhammad qushbegi 40. «Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga at las ko’rpalar yopilgan tanchaning to’rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po’stin kiyib bir kishi o’ltiradir». Bu kishi? J: Mirzakarim qutidor 41. Otabek Yusufbek hojining maktubida Azizbek haqidagi fikrlarni o’qigandan so’ng, Azizbek to’g‘risida ixti yorsiz qaysi so’zni aytib yubordi? J: «Tulki» 42. To‘y kuni Otabek Kumushbibiga nima sovg‘a qildi? J: Oltin uzuk 43. Otabek Kumushni qachon ko’rgan edi? J: MargMlonga kelganning ikkinchi kuni tahorat olishga kirganida 44. Cho’ri qiz Hanifa qaysi asar qahramoni? J: «0‘tkan kunlar» asarining 45. Hasanali xotinining ismi? J: Oybodoq 46. Otabekning Marg‘ilonda ekanligida kimning qiziga unashtirib qo’yishadi? J: Olim ponsodboshining 47. Otabekni Toshkentdan unashtirib qo‘ygan Yusuf bek hoji buning sababini qanday izohlaydi? J: Hojatdan deb izohlaydi 48. Otabekni Toshkentdan uylanishini nima uchun Yu sufbek hoji «hojatdan» deb ataydi? J: Chunki Otabekning qayin otasi qizini Toshkent ga jo‘natmas ekan. 0‘g‘il o’‘stirib katta qilgan onaga bo‘lsa kelin qayg‘usi tushgan 49. Otabek Toshkentdan unashtirilishiga qarshi ota onasiga: «Bir bechoraga ko‘rabila turib jabr ham xiyo nat», deydi. Bu kimga qaratilgan edi? J: Zaynabga 50. Otabek otaona orzusiga qanday holda rizo bo‘la di? J: Jonsiz haykal bolib 51. Otabek uylanishdan oldin onasiga qanday shart qo‘yadi? J: To‘ydan ilgari Marg‘ilonga borib kelishni va bir darajada ularga aytib o‘tishni, shundan so‘ng to‘y boshlashni 52. Otabek va Kumushni birbiridan ajratishga kim astoydil bel bog‘lagan edi? J: Homid 53. Otabek o‘z dushmanlariga qarshi yolg‘iz o‘zi ku rashib, nechta jinoyatchini o’ldiradi? J: Uch kishini 54. «Dushanba kuni kechasi», «Oy etak bilan yopil mas» boblari qaysi asardan olingan? J: «0‘tkan kunlar» romanidan 55. «Otabek ko‘zini to’ldirib binog‘a qaradi, go‘yo bu qarashda ul dunyo malagi bilan vidolashar edi». Bu parcha romanning qaysi bobidan olingan? J: «Dushanba kuni kechasi» bobidan 56. Otabekning Marg‘ilonda dushmanlaridan o‘ch ol ganini Yusufbek hoji «Jo‘n odamlar qatorida odam o’ldi rish», deb baholaydi. Otabek buni qanday izohlaydi? J: Jo‘n odamlar qatorida emas, majburlar qatorida, zo‘rlanganlar qatorida deb 57. Otabekka maktub yozgan Kumush uni qanday ataydi? J: Qochqoq 58. Qaysi asarda timsollarning taqdir sinovlaridan o’tishdagi sifatlarini tasvirlash asnosida xalqning fazilatlari namoyon qilingan? J: «0‘tkan kunlar» 59. Qaysi asarning bosh qahramonlari novdaligidayoq xazon etilgan bo‘lsada, unda qandaydir yorug' ruh hukm ronlik qiladi? J: «0‘tgan kunlar» 60. «0‘tkan kunlar» romanida Otabek ijtimoiy maslagi ni qachon ayon etadi? J: Ziyo shohichining uyidagi ziyofatda Download 124.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling