5-ma’ruza. Tavakkalchilik sharoitida yechim qabul qilish. Reja


Download 1.18 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1297817
Bog'liq
5-MAVZU. TAVAKKALCHILIK SHAROITIDA YECHIM QABUL QILISH.


5-MA’RUZA. TAVAKKALCHILIK SHAROITIDA YECHIM QABUL QILISH.
Reja:

  1. Tavakkalchilik sharoitida yechim.

  2. Tabiat bilan o‘yin masalasi.

  3. Yutuqning matematik kutilmasini maksimumlashtirish usuli.

Tayanch so’z va iboralar: tavakkalchilik, tabiat bilan o’yin, normal o’yinlar, matrisali o’yinlar, differensial o’yinlar, strategiya, konfliktli vaziyat, optimal strategiya, sof strategiya, o’yinning sof bahosi.



  1. Tavakkalchilik sharoitida yechim.

Ixtiyoriy jarayonni tadqiq etish davomida yechim (qaror) qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda, yechim qabul qilish qanday vaziyatda: ma’lumotlar to‘la yoki to‘la emas bo‘lishligi muhim bo‘lib, ular ikki qarama-qarshi holatlarni ifodalaydi. Bularning o‘rtasida bo‘lgan yana bir holat borki, u tavakkalchilik deb ataladi. Bunda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holatlarning ehtimolligi, yoki ularning taqsimot funksiyalari berilgan bo‘lishi ham mumkin.
Masalan, bozorda biror mahsulotga bo‘lgan narx aniqlik sharoitida o‘zgarmasdan turadi, tavakkalchilik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo‘lib, o‘zgarish qonuni taqsimot funksiya orqali berilgan bo‘ladi, aniqmaslik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo‘lib, uning o‘zgarish qonuniyati yoki berilmagan, yoki umuman aniqlab bo‘lmaydi. Lekin aniqmaslik sharoitida ma’lumot yo‘q degani, bu faqat tasodifiy miqdorning berilish qonuniyatiga nisbatan aytilgan bo‘lib, uning qabul qiladigan qiymat lari (holatlar majmuasi, holatlar to‘plami) oldindan ma’lum bo‘ladi. Ma’lumotlarning berilish darajasiga qarab, berilgan masala ham turlicha formallashtiriladi. Masalan, yuqoridagi misolda: aniq sharoitda, qabul qilingan yechimning sifatini ketgan xarajat orqali (kriteriya) ifodalash mumkin, tavakkalchilik sharoitida esa narx tasodifiy miqdor bo‘lib, uni hisobga olgan holda kriteriya tuzish kerak bo‘ladi, aniqmaslik sharoitida esa, narx haqida ma’lumot mutlaqo noma’lum bo‘lib, yuqoridagi aniq kriteriyalarni, umuman, qo‘llab bo‘lmaydi. Bu mulohazalar ko‘rsatadiki, ma’lumotlarning aniqmasligi ortib borishi kriteriya tanlashni ham, yechim qabul qilish masalasini ham qiyinlashtirib, umuman, qat’iy ishonchli natijalarga olib kelmaydi. Shunday qilib, aniqlik sharoitida kriteriyani tuzish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitlarida esa turli kriteriyalar ishlatiladi. Ularning hech biri bekami-ko‘st, kamchiliksiz hisoblanmasdan, faqat turli ko‘rinishda bo‘lgan talablarni qanoatlantirishi bilan cheklanadi.
Ko‘rilayotgan masala ikki ishtirokchili o‘yinga keltirilgan bo‘lib, ikkinchi ishtirokchi "ongsiz" raqib sifatida qabul qilinsa, bunday o‘yin tabiat bilan o‘yin deb ataladi. Bunday o‘yinning eng muhim tomoni: tabiat turli holatlarni keltirib chiqarish bilan, u bu holatlarning qaysi biri ro‘y berishidan manfaatdor emas. Tabiat bilan o‘yin masalasidagi asosiy muammo — maqsadga yo‘naltirilgan kriteriyani aniqlash va unga nisbatan optimal yechimni topishdir. Agar ko‘rilayotgan masalada ikkinchi ishtirokchi ongli raqib, deb faraz qilinsa, mazkur holat ziddiyatli bo‘lib, u bilan o‘yinlar nazariyasi shug‘ullanadi.







Mustaqil ishlash uchun savollar
1. Tavakkalchilik sharoitida yechim qabul qilishda yagona strategiya aniqlang?
2. Nima uchun tabiat bilan o‘yin masalasi deb ataladi?
3. Tabiat bilan o‘yin masalalari da kriteriyalarni tanlash qanday aniqlanadi?
4. Qaysi holatda qanday kriteriyani tanlash tavsiya etiladi?
5. Kriteriyalarni muhim yoki ahamiyati bo‘yicha tartiblash mumkinmi?
6. Kriteriyalarni tanlab olish orqali haqiqiy yechimni (strategiyani) topish mumkinmi?
7. Tavakkalchilik sharoitida optimal yechimni (strategiyani) topishda kriteriyalarning roli qanday?
8. Tavakkalchilik sharoitida barcha kriteriyalar aniqlanib bergan yechimlar ko‘p marta qaytarib qo‘llaniladi deb faraz etiladi, to‘g‘rimi? Sababi nima?
Mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. M. To‘xtasinov. Jarayonlar tadqiqoti. Darslik. 2017. «Barkamol fayz media» – 572 b.

  2. Вагнер Г. Основы исследований операции. Т. 1–3. М.: Мир. 1972-73.

  3. Зайченко Ю. Б. Исследование операций. Киев. 1979.

  4. Таха Х. Введение в исследование операций. Т. 1, 2. М.: Мир. 1981.

  5. Дюбин Г. Н., Суздал В. Г. Введение в прикладную теорию игр. М.: Наука, 1981.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling