5-mavzu: atom va atom yadrosining tuzilishi. Reja


Download 188.5 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi188.5 Kb.
#1017115
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu


5-MAVZU: ATOM VA ATOM YADROSINING TUZILISHI.
REJA:



  1. Atom tuzilishi. Tomson va Rezerford modellari.

  2. Bor postulatlari.

  3. Radioaktivlik. Alfa, Beta va Gamma nurlanishlar

  4. Radioaktiv yemirilish qonuni

  5. Yadro kuchlari

  6. Yadro reaksiyalari



Tayanch iboralar: Atom; yadro; protonlar; neytronlardan; Balmer; Pashen; nurlar; radioaktiv yemirilish; izotoplar; Nuklonlar.



  1. Atom tuzilishi. Tomson va Rezerford modellari

Atomning murakkab tuzilishga ega ekanligining kashf etilishi hozirgi zamon fizikasining qaror topishida hamda bu fanning keyingi taraqqiyotida ham muhim rol o’ynaydi. Lekin olimlar atom tuzilishi haqidagi to’g’ri tasavvurlarga darxol kelgan emaslar. Biz atom tuzilishi haqidagi ikkita modelni ko’rib o’tamiz.
Tomson modeli. Atomning birinchi modeli elektronni kashf qilgan mashhur ingliz olimi Tomson tomonidan taklif qilingan edi. Uning fikriga binoan atomning musbat zaryadi atomning butun hajmini egallaydi va bu hajmda bir xil zichlikda, ya’ni tekis taqsimlangan. Tomsonning modeli tajribalarda o’z isbotini topmadi.
Rezerford modeli. Ingliz olimi Rezerford 1911 yil atom tuzilishini o’rganish uchun tajribalar o’tkazdi. U juda yupqa metall plyonkadan tez harakatlanuvchi zarrachalarning og’ishini kuzatadi. Bu esa musbat zaryadlarning tekis taqsimlanganligi haqidagi Tomson fikrini rad qildi.
Buning natijasida Rezerford atomning tuzilishi haqidagi o’zining modelini taklif etdi. Bu modelga ko’ra atom zarralarning murakkab sistemasi bo’lib, uning markazida musbat zaryadlangan yadro joylashgan. Yadro atrofida esa elektronlar ma’lum orbitalar bo’ylab aylanadi. Atomning deyarli barcha massasi (99,94%) yadroda to’plangan. Yadroning o’zi protonlar va neytronlardan tuzilgan. Elektronning massasi , protonning massasi esa , neytronning massasi ham shunga yaqin.
Rezerford o’z tajribalarida α – zarracha orqaga itqitib yuborilishi uchun atomning musbat zaryadi va uning massasi fazoning juda kichik sohasiga yig’ilgan bo’lishi lozimligini tushungan. Ana shunga ko’ra Rezerford atom yadrosi haqidagi g’oyani – atomning butun massasi va butun musbat zaryad yadroda yig’ilgan, degan g’oyani ilgari surdi.
Rezerford tajribalaridan atomning planetar modeli bevosita kelib chiqadi.




  1. Download 188.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling