5А110701- тa’limda axborot texnologiyalari ta’limi mutaxasisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilar uchun imtihon savollari


Download 111 Kb.
Sana31.07.2020
Hajmi111 Kb.

5А110701- Тa’limda axborot texnologiyalari ta’limi mutaxasisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilar uchun imtihon savollari
1. Informatika va informatika o’qitish metodikasi fanlaridan savollar

  1. Axborot, uning turlari va ko‘rinishlari, uzluksiz va diskret axborotlar.

  2. Axborotning hossalari, axborotni tasvirlash usullari.

  3. Ma’lumot, axborot va bilim tushunchalari. Bilim olish usullari.

  4. Axborot texnologiyalari tushunchasi va ularning turlari. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli.

  5. Axborotning sintaktik, sеmantik va pragmatik o’lchovlari, axborot o’lchov birliklari

  6. Xartli va Shеnnon formulalari. Misollar.

  7. Axborotlarni kodlash va dekodlash. Ikkilik kodlashning afzalligi..

  8. Tеkis va notеkis kodlash. Misollar.

  9. Matn ko‘rinishidagi axborotni kodlanishi. Misollar.

  10. Bitli mantiqiy amallar. Misollar.

  11. Tovush ko‘rinishidagi axborotni kodlanishi. Misollar.

  12. Tasvir, grafik ko‘rinishidagi axborotni kodlanishi. Misollar.

  13. Jamiyatni va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy-mе’yoriy asoslari.

  14. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun mazmuni va mohiyati.

  15. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi.

  16. Kompyuterning ishlashining mantiqiy asoslari. Bul funksiyalari.

  17. Mantiqiy amallar. Mantiqiy elementlar.

  18. Iqtisodiy informatika asoslari. Iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar.

  19. Intellektual tizimlar. Expert sistemalar.

  20. Electron tijorat asoslari. Misollar.

  21. To‘g‘ri va tеskari kodlash. Misollar.

  22. Qo‘shimcha kod. Misollar.

  23. Masofaviy o‘qitish

  24. Masofaviy ta’lim.

  25. Loyiha texnologiyasi.

  26. Ta’lim jarayonini loyihalashtirish.

  27. Innovatsion pеdagogik muhitni tashkil etish vositalari. Innovatsion pеdagogik jarayonni loyihalashtirishning ilmiy mеtodik asoslari.

  28. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va AT fanini o‘qitish maqsadi, mazmuni

  29. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va AT fanini o‘qitish metod va vositalari, natijalarini loyihalashtirish.

  30. Kasb-hunar kollеjlari, akadеmik litsеylar informatika fanini o‘qitish metod va vositalari, natijalarini loyihalashtirish.

  31. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va AT fanidan an’anaviy ta’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish.

  32. Akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlari informatika fanidan an’anaviy ta’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish.

  33. Ta’lim texnologiyalari asosida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish.

  34. Ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish.

  35. Informatika ta’limida o‘quvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pеdagogik tеxnologiyalarni loyihalashtirish.

  36. Informatikasini hamkorlikda o‘qitishni loyihalashtirish

  37. Informatikasini jamoada o‘qitishni loyihalashtirish

  38. Informatikasini muammoli o‘qitishni loyihalashtirish

  39. Informatikasini modulli o‘qitishni loyihalashtirish

  40. Informatikasini o‘yin tеxnologiyalari asosida o‘qitishni loyihalashtirish.

  41. Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalariga asoslangan dars loyihasi.

  42. Ta’limning zamonaviy vositalariga asoslangan interfaol darslarni loyihalashtirish.

  43. Informatikasini o‘qitishning multimеdiyali metodik islanmalarini loyihalashtirish.

  44. Informatikani o‘qitishning dasturiy didaktik vositalari, virtual manbalarni loyihalashtirish.

  45. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish uslubiyoti kursi va uning bo’lajak informatika o’qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni.

  46. Informatika va axborot texnologiyalarini va ularnin o’qitish uslubiyoti tarixi.

  47. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda foydalanish.

  48. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi.

  49. Informatika fanining o’quv-metodik ta’minoti.

  50. O’quv-metodik ta’minotining yangi avlodi.

  51. Elektron o’quv-metodik ta’minoti va uning turlari.

  52. Elektron ta’lim resurslarini yaratish uchun tayyorgarlik bosqichlari.

  53. Elektron ta’lim resurslarini yaratishga qo’yiladigan talablar.

  54. Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti.

  55. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi.

  56. Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitishning metodik tizimi va uning komponentlarining tavsifi.

  57. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi.

  58. O’qitishning interaktiv uslublari.

  59. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari - o’qitishning vositalari sifatida.

  60. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini maqsad va vazifalari, mazmuni va o’tkazish metodikasi.

  61. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha mustaqil ishlarini mazmuni va o’tkazish metodikasi.

  62. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o’quvchilarni bilimini nazorat qilish shakl va usullari.

  63. Test asosida o’quvchilarni bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari.

  64. Zamonaviy informatika xonasini jihozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari.

  65. Zamonaviy informatika xonasida Internet, Intranet va lokal tarmog’i asosida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish.

  66. O’quv jarayonini rejalashtirish tizimi.

  67. Informatika darslariga va zamonaviy informatika xonasida darslarini o’tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib turuvchi xususiyatlari.

  68. Darslar tizimini tayyorlash. Dars rejasi, uning asosini tashkil etuvchilari.

  69. Dars tahlili va uning turlari.

  70. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiada masalalar yechish.

  71. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari.

  72. Informatikaga oid yangi axborot texnologiyasi vositalari va ulardan foydalanish usullari.

  73. Informatikani o’qitishning maxsus masalalari.

  74. Informatikaning asosiy tushunchalari. Informatikaning asosiy mavzularini o’rganish.

  75. Informatika kursini mustaqil O’zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.

  76. Informatika ni o’qitishda masofaviy texnologiyalaridan foydalanish.

  77. Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati.

  78. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar.

  79. Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari.

  80. Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi.

  81. Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi, mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyalar.

  82. Informatika fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.

  83. O’quv mashg’uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish.

  84. O’quv fani dasturi, ishchi dasturi asosida kalendar tematik rejani tayyorlash, o’quv mashg’uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish,

  85. Informatikani o’qitish maqsadi, metod va vositalari, natijalarini loyihalashtirishning nazariy asoslari.

  86. O’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirish.

  87. Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish.

  88. Nazorat usullari shakllari va vositalari. Reyting usulida baholash.

  89. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida informatika fanlarini o’qitish.

  90. Informatikani o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyalari.

  91. Informatikani o’qitishda jamoada o’qitish texnologiyalari.

  92. Informatikani o’qitishda muammoli o’qitish texnologiyalari.

  93. Informatikani o’qitishda modulli texnologiyalar.

  94. Informatikani o’qitishda didaktik-o’yin texnologiyalari

  95. Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim va uning imkoniyatlari.

  96. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirivchi ta’lim texnlogiyalari.

  97. Multimediyali darslar asosida informatika ta’limi samaradorligini oshirish.

  98. Informatika darslarida o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish.

  99. Informatika darslarida baholashning zamonaviy metodlari va vositalari.

  100. Elektron uslubiy majmualar va ulardan foydalanish imkoniyatlari.

  101. Informatikani o’qitishda loyihalash ta’lim texnologiyalari.

  102. Informatikani o’qitishda keys-stadi metodidan foydalanish.

  103. Elektron darsliklarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi.

  104. Elektron darsliklarni yaratish strukturasi

  105. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda qo’yiladigan didaktik va texnik talablar.


2.Kompyuter grafikasi va web dizayn fanidan savollar

  1. Adobe Dreamweaver dasturiy vositasi bilan ishlash

  2. Adobe Flash va unda ishlash asoslari

  3. AJAX texnologiyasi

  4. Aksonometrik proyeksiya

  5. Asosiy raster algoritmlari. Hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar. Bog‘liqlik tushunchasi.

  6. Balandliklari bilan berilgan ko‘pburchaklarni bo‘yash.

  7. Brauzerlar uchun maxsus CSS attributlari

  8. CGI texnologiyasi haqida asosiy ma’lumotlar

  9. CMY va CMYK subtraktiv modellari

  10. Common Gateway Interface – Shlyuzning umumlashgan interfeysi.

  11. CSS da @media elementlari

  12. CSS da selektorlar bilan ishlash

  13. CSS stillarida vorislik, kaskad va imtiyozlarni belgilash

  14. Domen nomlar tizimi. IP manzillarning hususiyatlari va afzalliklari

  15. DTD – HTML tili elementlari va attributlarini aniqlash mexanizmi

  16. Egri chiziqlar va sirtlarni matematik tavsiflashning asosiy usullari. Parametrik tavsiflash usulining afzalliklari

  17. Fazoning chuqurligini tasvirlash uchun "tuman" effektidan foydalanish.

  18. Gipermatnlar va gipermatnli axborot tizimlari. Web tizimlari tarixi va asosiy tarkibiy qismlari

  19. Grafik fayl formatlari

  20. Grafik tizimlarning turlari. Asosiy afzalliklari va kamchiliklari

  21. HSB rang modeli

  22. HTML da CSS bilan ishlash asoslari: CSS ni yuklash usullari

  23. HTML da javascript elementlari

  24. HTML hujjat tuzilishi. HTML hujjat sarlavhasi, tanasi va brauzer oynasida aks ettirish.

  25. HTML hujjatlarda formalar bilan ishlash

  26. HTML hujjatlarda manzillash.

  27. HTML ning xodisalar bilan ishlash attributlari. Javascriptda xodisalar bilan ishlash

  28. HTML tili haqida asosiy ma’lumotlar

  29. HTML tilida freymlar bilan ishlash

  30. HTML tilida grafik elementlar bilan ishlash: rasm joylash, tegi elementlari

  31. HTML tilida Jadval elementlari bilan ishlash: satrlar va ustunlarni aniqlash, jadval sarlavhasi, ustun va satr kataklarini birlashtirish, jadval ichida jadval.

  32. HTML tilida matnlar bilan ishlash teglari

  33. HTML-hujjatning sarlavha elementlari. HTML – hujjatda metama’lumotlar bilan ishlash

  34. Internet tarmog’i va rivojlanish bosqichlari

  35. JavaScriptda ma’lumotlarning turlari. O‘zgaruvchilarm o‘zgarmaslar, amallar, ma’lumotlar turlarini o‘zgartirish.

  36. JavaScriptda massivlar bilan ishlash

  37. JavaScriptda ob’ektlar, ularning xususiyatlari va metodlarini aniqlash. This hizmatchi so‘zining vazifasi.

  38. JavaScriptda operatorlar.

  39. JQuery kutubxonasi

  40. Kesmaning raster ko‘rinishi. Brezenhem algoritmi.

  41. Ko‘pburchak to‘rini o‘rnatish usullari. Asosiy afzalliklari va kamchiliklari.

  42. Kompyuter grafikasida koordinatalar tizimi. Ekran koordinatalari tizimiga o‘tish

  43. Maydonlar, satrlar va chegaralar uchun CSS hususiyatlari. Fon va ranglar uchun CSS hususiyatlari

  44. Ortografik proyeksiya

  45. Oynaga nisbatan ko‘pburchaklarni kesish.

  46. Parallel proektsiyalar turlari. Parallel proektsiyada ob’ektning buzilishi.

  47. Parametrik bikubik sirtlar uchun B-splayn shakllar

  48. Parametrik bikubik sirtni belgilash uchun Bezier shakli. Uzluksizlik shartlari

  49. Parametrik bikubik sirtni belgilash uchun Ermit shakli. Uzluksizlik shartlari

  50. Perspektiv proyeksiya

  51. PHP da amallar

  52. PHP da elektron pochta protokollari bilan ishalsh

  53. PHP da fayllar bilan ishlash funksiyalari

  54. PHP da ftp protokoli bilan ishlash

  55. PHP da global o‘zgaruvchilar

  56. PHP da grafik formatlar bilan ishlash

  57. PHP da istisno elementlari (try)

  58. PHP da ma’lumotlarni formatlash

  59. PHP da massivlar bilan ishlash: e’lon qilish, saralash, yig‘ish va yoyish (implode , explode)

  60. PHP da MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash funksiyalari

  61. PHP da o‘zgaruvchilar, o‘zgarmaslar va maxsus belgilar

  62. PHP da operatorlar

  63. PHP da protokollar bilan ishlash

  64. PHP da sarlavha elementlari (header)

  65. PHP da sinflarni e’lon qilish va foydalanish tartibi

  66. PHP da xatoliklar va ularni bartaraf etish

  67. PHP dasturlash tili strukturasi. PHP desriptorini kiritish usullari

  68. PHP satrlar bilan ishlash funksiyalari

  69. Proektsiyalash. Yassi geometrik proektsiyalar turlari.

  70. Qiytiq burchakli proyeksiya

  71. Ranglarni aks ettirish va sinish modeli. Bo‘yash uchun rang belgilah.

  72. Rastrli fayllarni siqish usullari

  73. Rastrli grafik formatdagi fayllar. Asosiy afzallik va kamchiliklari

  74. Rastrli grafik tizimlar. Rastrlarni asosiy xarakteristikalari

  75. Rastrli tasvirlarda qadam effektini yo‘qotish

  76. Resurslarning yagonalashtiriljgan identifikatori (URI).

  77. RGB additiv rang modeli

  78. SGML formal belgilash tili

  79. Sirt mikrorelefini modellashtirish

  80. Sirtlarni bo‘yash usullari: Nurlar trassirovkasi. Nurlanishni taxlil qilish metodi.

  81. Sirtlarni bo‘yashning Guro va Fonga metodlari

  82. SVG grafik elementi: hususiyatlari, taxrirlash va qo’llash sohalari.

  83. Tekislikdagi affin akslantirishlari. Uning asosiy husuiy holatlari

  84. Uch o‘lchamli obyektlar ramka va yuzalarining geometrik modellari. Afzalliklari va kamchiliklari, qo‘llanilish sohalari.

  85. Uch o‘lchamli obyektlarning asosiy geometrik modellari

  86. Uch o‘lchamli obyektlarning kinematik geometrik modeli.

  87. Uch o‘lchamli obyektlarning xajmli-parametrik geometrik modeli

  88. Uch o‘lchamli tasvirlarni vizualizatsiya qilish usullari.

  89. Vektorli va rastrli grafik muharrirlar. Qo‘llaniliah sohalari

  90. Verktorli grafik formatdagi fayllar. Asosiy afzallik va kamchiliklari

  91. Web resurslarining havfsizlik ta’minoti – HTTPS protokoli

  92. Web sahifalarda audio va video media ma’lumotlari bilan ishlash

  93. Web server va Web klient. Web tugun haqida ma’lumotlar

  94. Web serverlari. Ularni o‘rnatish va sozlash

  95. Web serverning dasturiy ta’minoti

  96. Web texnologiyalarida klient-server texnologiyasi tushunchasi

  97. Web texnologiyalarining asosiy komponentlari. HTTP protokoli

  98. Web-texnologiyalari asosida tayyorlangan CMS tizimlar

  99. Web-texnologiyalari asosida tayyorlangan freymwork tizimlar

  100. Web-texnologiyalari asosida tayyorlangan LMS tizimlar

  1. Yashirin qirra va sirtlarni yo‘qotish. z-bufer metodi


3. Kompyuter ta’minoti va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari fanlaridan savollar

  1. Adobe Photoshop dasturi.

  2. Amaliy dasturiy ta’minot va ularning turlari.

  3. Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo’llanilishi.

  4. Amaliy matematik dasturiy paketlar – MathCad

  5. Antivirus dasturi va uning turlari.

  6. Arxivator dasturlari va arxiv fayllar.

  7. Axborot tashuvchilar.

  8. BIOS va uning vazifasi.

  9. C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari.

  10. C++Builder 6 dasturlash muhiti

  11. CD-DVD disklarga ma’lumot yozishda qo’llaniluvchi dasturlar.

  12. Corel Draw dasturi

  13. Delphi 7 dasturlash muhiti.

  14. Delphida yozuv,protsedura va funksiyalar bilan ishlash.

  15. Doimiy xotira va uning turlari.

  16. Fayllarni arxivlash.

  17. Flash texnologiyasi

  18. Flash texnologiyasi da Action Script tili va uning qo’llanilishi.

  19. Intel Pentium mikroprotsessori.

  20. Jadval protsessori va uning imkoniyatlari.

  21. Kompyuter qurilmalari va ularning turlari.

  22. Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar – drayverlar.

  23. Kompyuter va uning turlari.

  24. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning tavfsifi

  25. Kompyuterning ichki xotira qurilmalari

  26. Kompyuterning yordamchi qurilmalari va ularning tavfsifi

  27. Kompyutеr tarmoqlari.

  28. Kompyutеrga ulanuvchi qurilmalar va ular ulanuvchi portlar.

  29. Kompyutеrlarning dastriy ta’minoti va ularning turlari

  30. Kompyutеrning tеxnik (apparat) ta’minoti

  31. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.

  32. Matn protsessori va uning imkoniyatlari.

  33. Mikroprotsessorlar va ularning turlari.

  34. Mikroprotsеssor tuzilishi.

  35. Mikroprotsеssorlarning ishlashi va faoliyat ko‘rastish turlari (Markaziy prosessor, arifmetik – mantiqiy qurilma; berilgan va adreslar shinasi).

  36. MS Access dasturi va uning imkoniyatlari

  37. Multimediya

  38. Multimediya vositalari va ular bilan ishlovchi dasturlar.

  39. Opеratsion tizimlar va ularning turlari.

  40. Power Point dasturi va uning imkoniyatlari

  41. Printerlar va ularning turlari.

  42. Qattiq diskga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar.

  43. Shaxsiy kompyuterlar va ularning yaratilish tarixi.

  44. Shaxsiy kopyutеrning tarkibiy qismlar va ularning vazifalari

  45. Sichqoncha va klavyatura qurilmalari va ularning vazifalari.

  46. Tarmoq kartasi va tarmoq kabellari

  47. Tarmoq topologiyalari.

  48. Tezkor xotira va uning turlari.

  49. Tizimli blok va unda joylashuvchi qurilmalar.

  50. Tizimli dasturiy ta’minot va ularning turlari.

  51. Tizimli dasturiy ta’minot va uning tarkibiy qismlari

  52. Total Commander da fayllarni saralash va qidirish.

  53. Total Commander dasturi va uning imkoniyatlari.

  54. Total Commander dasturida bir nechta vkladkalar hamda fayl atributlari bilan ishlash

  55. USB, PC/2 portlari.

  56. Video va tovush kartalari.

  57. Windows da ish stoli va uning elеmеntlari.

  58. Windows operatsion tizimi va uning turlari.

  59. Windows operatsion tizimida qobiq dasturlar.

  60. Windows OT intеrfеysi va uning turlari.

  61. Windowsda nishon yaratish usullari.

  62. Windowsning xizmatchi dasturlari

  63. Xotira qurilmasi va ularning turlari.

  64. Yuqori darajali dasturlash tillari va ularning turlari.

  65. Zamonaviy mikroprotsеssorlar va ularning turlari.

  66. Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar modeli.

  67. MS Accessda dasturida so‘rov va uni yaratish usullari.

  68. MS Accessda jadval va uni yaratish usullari.

  69. Relyatsion model tushunchasi.

  70. SQL da CREATE operatori. Misollar yordamida tushuntiring.

  71. SQL da INSERT operatori. Misollar yordamida tushuntiring..

  72. SQL so’rovlari yordamida “Shifoxona hisobi” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  73. SQL so’rovlari yordamida “Avtosalon” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  74. SQL so’rovlari yordamida “Dorixona” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  75. SQL so’rovlari yordamida “Fakultet” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  76. SQL so’rovlari yordamida “Kadrlar bo’limi” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  77. SQL so’rovlari yordamida “Kommunal to’lovlar” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  78. SQL so’rovlari yordamida “Kompyuter va uning extiyot qismlari” ma’lumotlar bazasi va unda beshta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  79. SQL so’rovlari yordamida “Kutubxona” ma’lumotlar bazasi uchun kamida uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  80. SQL so’rovlari yordamida “Maktab muassasasi hisobi” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  81. SQL so’rovlari yordamida “Maktabgacha ta’lim muassasasi” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  82. SQL sorovlari yordamidaMehmonxonamalumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  83. SQL sorovlari yordamidaSantexnika jihozlari sotiluvchi dokonmalumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  84. SQL so’rovlari yordamida “Talabalar shartnoma to’lovlari” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  85. SQL so’rovlari yordamida “Talabalar stipendiyasi” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  86. SQL so’rovlari yordamida “Talabalarni davomati” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  87. SQL so’rovlari yordamida “Talabani o’zlashtishi ko’rsatkichlari” ma’lumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating. Jadvallarni kalit maydonlari yordamida bog’lang.

  88. SQL sorovlari yordamidaTez tibbiy yordam xizmatimalumotlar bazasi va unda uchta jadval yarating.Jadvallarni kalit maydonlari yordamida boglang.

  89. SQL sorovlari yordamida abiturient malumotlar bazasi hamda ushbu bazada beshta jadval yarating, Jadvallarni kalit maydonlari yordamida boglang.

  90. SQLda ALTER operatori. Misollar yordamida tushuntiring.

  91. SQLda Arifmetik operatorlar va matematik funksiyalar. Misollar yordamida tushuntiring.

  92. SQLda DELETE,RENAME,DROP operatorlari. Misollar yordamida tushuntiring.

  93. SQLda funksiyalar yaratish va ulardan foydalanish. Misollar yordamida tushuntiring.

  94. SQLda Group by. Sum, Max, Min, Count, Avg funksiyalari yordamida yoritib bering.

  95. SQLda LEFT JOIN, IN JOIN, RIGTH JOIN va boshqalar. Misollar yordamida farqini yoritib bering.

  96. SQLda Order by, DESC ASC, IN, NOT IN kalit so’zlaridan foydalanish. Misollar yordamida.

  97. SQLda proceduralar yaratish va ulardan foydalanish.Misollar yordamida tushuntiring.

  98. SQLda SELECT operatori. Misollar yordamida tushuntiring.

  99. SQLda TRIGGER lar yaratish. Misollar yordamida tushuntiring.

  100. SQLda UPDATE operatori yordamida yozuvlarni yangilash.

  101. SQLda WHERE, HAVING, LIKE, BETWEEN kalit so’zlaridan foydalanish. Misollar yordamida tushuntiring.


4.Algoritmlar va dasturlash tillari fanidan savollar

1.Hafta kunlari quyidagicha tartibda berilgan. 0-yakshanba, 1-dushanba, 2-seshanba, 3-chorshanba, 4-payshanba, 5-juma, 6-shanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yanvar payshanba bo’lsa, kiritilgan K - kun haftaning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.

2. Svetofor chiroqlari quyidagicha tartibda berilgan. 1-qizil, 2-sariq, 3-yashil. 1-100 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yongan chiroq yashil bo’lsa, K - chi chiroq yonganda yo’ldan o’tish mumkin yoki yo’qligini aniqlovchi dastur tuzilsin.

3. Hafta kunlari quyidagicha tartibda berilgan. 1-dushanba, 2-seshanba, 3-chorshanba, 4-payshanba, 5-juma, 6-shanba, 7-yakshanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yanvar seshanba bo’lsa, kiritilgan K - kun haftaning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.

4. Viloyatlar alifbo tartibi bilan(1-Andijon 2- Farg’ona 3-Namangan.) hamda N natural soni berilgan. Xorijlik investorlar xar oyda xar hil viloyatga tartib bilan tashrif buyurishadi. Har safar tashrif buyurganda undan oldin tashrif buyurgan(oldingi tartibdagi)viloyatdan ham vakillar taklif etiladi. Agar xorijlik investorlarning 1-tashrifi Andijonga bo’lsa N-tashrif buyuriladigan viloyat nomi va unga taklif etiladigan vakillarning qaysi viloyatdan ekanligi aniqlovchi dastur tuzilsin.

5. A,B,C butun sonlar berilgan. Tomonlari A va B bo`lgan to`g`ri to`rtburchakka tomoni C bo`lgan kvadrat eng ko`p joylashtirilsin. To`g`ri to`rtburchakka eng ko`p joylashgan kvadratlar soni va joylashmay qolgan qismi yuzasini aniqlovchi dastur tuzilsin.

6. Dushanbadan boshlanuvchi oy kunini bildiruvchi son berilgan. Berilgan shu oy kuni oyning nechinchi dekadasi(10-kunligi) hamda haftaning qaysi kuniga to’gri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.

7. Shaxmat doskasining x, y koordinatalari berilgan (x,y 1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Doskaning chap pastki maydoni (1,1) qoraligini hisobga olgan holda berilgan (x, y) maydon qanday rangdaligi aniqlansin.

8. Shaxmat doskasining x, y koordinatalari berilgan (x,y 1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Doskaning chap pastki maydoni (1,1) qoraligini hisobga olgan holda undagi ikkita turli maydon bir xil rangda yoki xar xil rangdaligini aniqlovchi dastur tuzilsin.

9. Yil berilgan (musbat butun son). Berilgan yilda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Kabisa yilida 366 kun bor, kabisa bo’lmagan yilda 365 kun bor. Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100 ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo’lganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili.

10. Sharq kalendarida 60 yillik davr qabul qilingan. Yil muchali 5 ta rang (yashil, qizil, sariq, oq va qora) va 12 ta hayvon (sichqon, sigir, yo`lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo`y, maymun, tovuq, it va to`ngizlardan) nomlaring kombinatsiyasidan kelib chiqadi. Yilni bildiruvchi songa qarab uning muchalini aniqlovchi dastur tuzilsin. 1984-davr boshi: “Yashil sichqon yili”.

11. Ikkita burj vaqtlarini aniqlovchi butun son berilgan: D(kun), M(oy). Berilgan sana qaysi burjga kirishini aniqlovchi dastur tuzilsin.“Qovg`a (20.1-18.2)”, “Baliq (19.2-20.3)”, “Qo`y (21.3-19.4)”, “Buzoq (20.4-20.5)’, “Egizaklar (21.5-21.6)”, “Qisqichbaqa (22.6-22.7)”, “Arslon (23.7-22.8)”, “Parizod (23.8-22.9)’, “Tarozi (23.9-22.10)”, “Chayon (23.10-22.11)’, “O`qotar (23.11-21.12)’, “Echki (22.12-19.1)”.



12. n butun soni berilgan (n >= 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. S = n2 -(n+1)2+(n+2)2 - … (-1)n(2*n)2

13.Oy nomlarini tartibi(1 – oy yanvar …..12-dekabr)bilan hamda N,K(N>12,K>12,K>N) musbat sonlar berilgan. Agar bino qurilishi N-oyda boshlanib K-oyda tugagan bo’lsa bino qurilishi qaysi oylar oralig’ida bo’lganligi aniqlansin.Misol N=14 K=17 bo’lsa fevral hamda may oylarida.

14. Hafta kunlari quyidagicha tartibda berilgan. 1-dushanba, 2-seshanba, 3-chorshanba, 4-payshanba, 5-juma, 6-shanba, 7-yakshanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K hamda N(N 1-7gacha bo`lgan hafta kunlari sonini bildiradi)soni berilgan. Agar 1-yanvar N chi kunga to`g`ri kelsa, kiritilgan K - kun haftaning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.

15. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib quyidagi a ning 1 dan n gacha bo’lgan barcha darajalarini chiqaruvchi va yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. 1 - a + a2 - a3 + … (-1)n an shart operatoridan foydalanilmasin.

16. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. (Olingan natija taxminan ex ga yaqinlashadi) 1 + x + x2 / (2!) + x3 / (3!) + … +xn /(n!)

17. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. (Olingan natija taxminan sin(x) ga yaqinlashadi) x – x3 / (3!) + x5 / (5!) - … + (-1)n x2n+1 /( (2*n+1)! )

18. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. (Olingan natija taxminan cos(x) ga yaqinlashadi) 1 – x2 / (2!) + x4 / (4!) - … + (-1)n x2n /( (2*n)! )

19.n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0, |x| < 1). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin.x – x2 / 2 + x3 / 3 - … +(-1)n – 1 xn / n

20. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0, |x| < 1). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin.x – x3 / 3 + x5 / 5 - … +(-1)n x2n+1 / (2n + 1)

21. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0, |x| < 1). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin.x + 1 * x3 / (2 * 3) + 1*3*x5 / (2*4*5) + … ++ 1*3* …*(2*n-1)*x2n+1 /(2*4*..*(2*n)*(2*n+1))

22. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0, |x| < 1). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin.1+ x / 2 - 1 * x2 / (2 * 4) + 1*3*x3 / (2*4*6) - … ++ (-1)n-1 *1*3* …*(2*n-3)*xn /(2*4*..*(2*n))

23. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi ketma – ketlikning dastlabki n ta hadini chiqaruvchi dastur tuzilsin.A0 = 2; AK = 2 + 1 / AK-1; K = 1, 2, …

24. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi ketma – ketlikning dastlabki n ta hadini chiqaruvchi dastur tuzilsin.A0 = 1; AK = (AK-1 + 1) / K; K = 1, 2, …

25. n butun soni berilgan (n > 1). Fibonachchi ketma – ketlikning dastlabki n ta hadini chiqaruvchi dastur tuzilsin.F1 = 1; F2 = 1; FK = FK-2 + FK-1; K = 3, 4, …

26.. n butun soni berilgan (n > 1). Quyidagi ketma – ketlikning dastlabki n ta hadini chiqaruvchi dastur tuzilsin.A1 = 1; A2 = 2; AK = (AK-2 + 2*AK-1) / 3; K = 3, 4, …

27.. n butun soni berilgan (n > 2). Quyidagi ketma – ketlikning dastlabki n ta hadini chiqaruvchi dastur tuzilsin. A1 = 1; A2 = 2; A3 = 3; AK = AK-1 + AK-2 - 2*AK-3; K = 4, 5, …

28. n natural soni berilgan (n > 0). Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzilsin: n!! = n * (n - 2) * (n - 4) … Agar n juft bo’lsa oxirgi ko’payuvchi 2, toq bo’lsa 1 bo’ladi.

29. n natural soni berilgan (n > 1). (1 + 2 + 3 + … + k) >= n shart bajariladigan eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 1 dan k gacha bo’lgan yig’indi ham ekranga chiqarilsin.

30. n natural soni berilgan (n > 1). (1 + 2 + 3 + … + k) <= n shart bajariladigan eng katta k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 1 dan k gacha bo’lgan yig’indi ham ekranga chiqarilsin.

31. a soni berilgan (a > 1). (1 + 1 / 2 + 1 / 3 + … + 1 / k) >= a shart bajariladigan eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Yig’indi ham ekranga chiqarilsin.

32. a soni berilgan (a > 1). (1 + 1 / 2 + 1 / 3 + … + 1 / k) <= a shart bajariladigan eng katta k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Yig’indi ham ekranga chiqarilsin.

33. e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma - ketlik xadlari quyidagicha aniqlanadi:a1=2; ak = 2 + 1 / ak – 1; k = 2, 3, …|ak – ak-1| < e shartni qanoatlantiruvchi eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. ak va ak – 1 ham ekranga chiqarilsin.

34. e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma - ketlik xadlari quyidagicha aniqlanadi:a1=1; a2=2; ak = ( ak – 2 + 2 * ak - 1 ) / 3; k = 3, 4, …|ak – ak-1| < e shartni qanoatlantiruvchi eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. ak va ak – 1 ham ekranga chiqarilsin.

35. N natural soni va n ta sonlar ketma-ketligi berilgan. Kiritilgan ketma-ketligdagi eng katta va eng kichik sonni topuvchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

36. N natural soni va n ta to’g’ri burchakli to’rtburchak tomonlarini a,b ni bildiruvchi sonlar ketma-ketligi berilgan. Kiritilgan ketma-ketligdagi eng kichik yuzali to’rtburchakni topuvchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

37. N natural soni va n ta to’g’ri burchakli to’rtburchak tomonlarini a,b ni bildiruvchi sonlar ketma-ketligi berilgan. Kiritilgan ketma-ketlikdagi eng katta perimetrli to’rtburchakni topuvchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

38. N natural soni va n ta sonlar ketma-ketligi berilgan. Kiritilgan ketma-ketlikdagi eng kichik va eng katta element o’rnini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

39. N natural soni va n ta (m, v) sonlar juftligidan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. (m – og’irlik, v - hajm). Kiritilgan ketma-ketlikdagi eng katta zichlikni aniqlovchi dastur tuzilsin. Zichlik - og’irlikni hajmga nisbatiga teng. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

40. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Birinchi uchragan eng kichik va oxirgi uchragan eng katta element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

41. N natural soni va N ta butun sondan iborat to’plam berilgan. Birinchi uchragan eng katta va oxirgi uchragan eng kichik element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

42. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Birinchi va oxirgi uchragan eng kichik element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

43. N natural soni va N ta butun sondan iborat ketma-ketligi berilgan. Birinchi va oxirgi uchragan eng katta element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

44. N natural soni va N ta butun sondan iborat ketma-ketligi berilgan. Birinchi uchragan ekstremal element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Ekstremal element deb eng katta yoki eng kichik elementga aytiladi. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

45. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Oxirgi uchragan ekstremal element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Ekstremal element deb eng katta yoki eng kichik elementga aytiladi. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

46. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Eng kichik musbat sonni aniqlovchi dastur tuzilsin. Agar musbat son bo’lmasa nol chiqarilsin.Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

47. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Birinchi uchragan eng katta toq element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Agar toq son bo’lmasa nol chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

48. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Birinchi uchragan eng katta juft element tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. Agar juft son bo’lmasa nol chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

49. B soni va 10 ta butun sondan tashkil topgan musbat sonlar ketma-ketligi berilgan. Shu ketma-ketlikdagi B sonidan katta bo’lgan, eng kichik elementni tartib raqamini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar berilgan ketma-ketlikda B sonidan katta son topilmasa, ikkita 0 chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

50. B, C sonilari va 10 ta butun sondan tashkil topgan sonlar ketma-ketligi berilgan (0 < B < C). Shu to’plamda (B, C) oraliqdagi eng katta elementni tartib raqamini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar berilgan ketma-ketligda (B, C) oraliqda son topilmasa, ikkita 0 chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

51. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Birinchi uchragan eng kichik elementgacha bo’lgan elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

52. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Oxirgi uchragan eng katta elementdan keyin turgan elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.Agar yo’q bo’lsa 0 chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

53. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Birinchi va oxirgi uchragan eng katta element orasida turgan elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Agar to’plamda faqat bitta eng katta element bo’lsa, nol chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

54. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan.Ketma-ketlikdagi eng kichik elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

55. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Ketma-ketlikdagi ekstremal elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Ekstremal element deb eng katta yoki eng kichik elementga aytiladi. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

56. N natural soni va N ta butun sonlar ketma-ketligi berilgan (N > 2). Ketma-ketlikdagi 3 ga bo’linadiga ammo 4 ga bo’linmaydigan elementlar sonini va tartib raqamlari yig’indisini aniqlovchi dastur tuzilsin.Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

57. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan (N > 2). Ketma-ketligdagi sonlarning o’rta arifmetik qiymatini aniqlovchi dastur tuzilsin. O’rta arifmetik qiymatini qiymatini hisoblashda ketma-ketlikdagi eng katta va eng kichik qiymatlar hisobga olinmasin.Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

58. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan (N > 2). Ketma-ketlikdagi eng kichik 2 ta qiymatni aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalan: N = 5; 1 2 3 4 5 Natija: 1 2 Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

59. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan (N > 3). Ketma-ketlikdagi eng katta 3 ta qiymatni aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalan: N = 5; 1 2 3 4 5 Natija: 5 4 3 Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

60. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan (N > 1). Ikkita qo’shni son yig’indisining eng katta qiymatni aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

61. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan (N > 1). Ko’paytmasi eng kichik bo’ladigan ikkita qo’shni element tartib raqamlarini aniqlovchi dastur tuzilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

62. N natural soni va N ta butun sondan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Sonlar orasidan ketma – ket keladigan juft elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Agar ketma-ketlikda juft sonlar bo’lmasa, 0 chiqarilsin. Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

63. N natural soni va N ta nol va birdan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Bir xil sonlar ketma – ketligi eng uzun bo’ladigan oraliq boshlangan element indeksini va ketma – ketlikdagi elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.Masalan N=10; sonlar 1;2;3;3;5;4;4;4;7;7 Natija 6; 3 Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

64. N natural soni va N ta nol va birdan iborat sonlar ketma-ketligi berilgan. Bir soni ketma – ketligi eng uzun bo’ladigan oraliq boshlangan element indeksini va ketma – ketlikdagi elementlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Agar to’plamda bir soni uchramasa nol chiqarilsin. Masalan N=7; sonlar 1;11;3;7;1;1;1 Natija 5; 3 Masalalani yechishda massivdan umuman foydalanmang.

65. n natural soni berilgan. 2 sonining dastlabki n ta darajasidan tashkil topgan massivni hosil qiling va juft indeksli elementlaridan birni ayrib massiv elementlarini chiqaring. (0, 1, 3, 7, ….)

66. n natural soni va arifmetik progressiyaning dastlabki hadi A va ayirmadi D berilgan. Arifmetik progressiyaning dastlabki n ta hadidan tashkil topgan massivni hosil qiling va eng katta va eng kichik elementlaridan tashqari qolgan elementlarining o’rta arifmetik qiymatini hisoblovchi dastur .

67. n natural soni va fasllar tartibi bilan berilgan. 1- Qish, 2-Baxor, 3-Yoz, 4-Kuz. Har bir fasl 3-oydan iboratligini e’tiborga olgan holda 1-oy yanvar bo’lsa n-oy qaysi faslga to’g’ri kelishini aniqlovchi dastur tuzing.

68. n natural soni berilgan. Dastlabki n ta Fibonachchi sonlaridan tashkil topgan massiv va n ta sondan iborat murakkab tub sonlar ketma-ketligini hosil qiluvchi dastur tuzing. F0 = 1; F1 = 1; F[k] = F[k-1] + F[k-2]; k=2, 3, 4, …

69. n natural soni va A, B butun sonlari berilgan (n > 2). a[0] = A; a[1] = B; boshqa elementlari o’zidan oldingi barcha elementlari yig’indisiga teng bo’lgan massivni hosil qiling va juft indeksli elementlarini chiqaring.

70. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Uning elementlarining teskari tartibdagi A va to’g’ri tartibdagi B massivni hosil qiling.A va B massivlarning mos elementlari yig’indilaridan iborat massivni hosil qilib eng kichik qiymatli elementini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

71. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan toqlarini indekslari o’sish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Massiv elementlar: 4 5 7 8 6 9 Natija: 5 7 9 toqlar soni = 3

72. . n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan juftlari indekslari o’sish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Massiv elementlar: 4 5 7 8 6 9 Natija: 4 8 6 toqlar soni = 3

73.n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan juftlarini indekslari kamayish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Massiv elementlar: 4 5 7 8 6 9 Natija: 6 8 4 juftlar soni = 3

74. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan toqlarini indekslari yig’indisidan juftlari indekslari yig’indisining ayrimasini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 

75 n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Dastlab massiv elementlari orasidan juftlarini indekslari o’sish tartibida chiqaruvchi, keyin massiv elementlari orasidan toqlarini indekslari kamayish tartibida chiqaruvchi dastur tuzilsin.

76. n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (1 <= K < n). Massiv elementlari orasidan indeksi K ga karrali elementlari ichidan juft qiymatlilarini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Ak, A2k, A3k

77.n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan (n juft son). Massiv elementlari orasidan avval juft indeksli keyin toq qiymatlilarini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

78.Ikkita A va B sonlari berilgan shu sonlarning qiymatlari almashtiruvchi 2 ta o’zgaruvchidan foydalangan holda dastur tuzilsin.

79. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan (n toq son). Massiv elementlari orasidan quyidagilarini chiqaruvchi dastur tuzilsin. A[n-1], A[n-3], … A[1].

80. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Dastlab massiv elementlari orasidan juft elementlarini keyin toq indekslilarini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

81. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan (n juft son). Dastlab massiv elementlari orasidan toq indekslilarini o’shish tartibida keyin juft indekslilarini kamayish tartibida chiqaruvchi dastur tuzilsin. A[1], A[3], A[5],.. A[6], A[4], A[2], A[0]. Shart operatori ishlatilmasin.

82. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv oxirgi elementidan kichkina bo’lgan birinchi element va oxirgi elementlar yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar bunday element bo’lmasa, nol chiqarilsin.

83. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv oxirgi elementidan kichkina va dastlabki elementidan katta bo’lgan oxirgi element indeksini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar bunday element bo’lmasa, nol chiqarilsin. (a[0] < a[k] < a[n-1])

84. N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi elementlari yig’indisini va bu oraliqga kirmaydigan elementlar o’rta arifmetigini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

85. N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi elementlarining o’rta geometrigini va bu oraliqga kirmaydiganlari yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

86. N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi juft sonlar yig’indisi va shu oraliqdan tashqaridagi elementlarining toqlari yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

87. N ta elementdan tashkil topgan massiv va K, L butun sonlari berilgan. (0 <= K <= L < N). Massivning K va L indekslari orasidagi elementlari indekslarining o’rta geometrigini va shu oraliqdan tashqari elementlari juft indekslilari o’rta arifmetigini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

88. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari arifmetik progressiyani tashkil qilsa arifmetik progressiya ayirmasini geometrik progressiyani tashkil qilsa geometrik progressiya mahrajini aks holda massiv elementlari o’rta arifemetigini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

89. n(N<6) ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari geometrik progressiyani tashkil qilsa, maxrajni aks holda massiv elementlarining o’rta geometrik va indekslarini arifmetik qiymatlari ayirmasini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

90. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivda juft va toq elementlar ketma – ket kelishini tekshiruvchi dastur tuzilsin. Ketma – ketlik bajarilsa nol chiqarilsin. Aks holda ketma – ketlikni buzgan birinchi element indeksi va massiv elementlarining yig’indisi chiqarilsin.

91. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivda musbat va manfiy qiymatlar ketma – ket kelishini tekshiruvchi dastur tuzilsin. Ketma – ketlik bajarilsa nol chiqarilsin. Aks holda ketma – ketlikni buzgan birinchi element indeksi va undan boshqa elementlar o’rta arifmetigi chiqarilsin.

92. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv juft indeksli elementlari orasidan kichigidan kattasini ayrmasini toq qiymatli elementlari ichidan kattasidan kichigini indeksini ayirmasini aniqlovchi dastur tuzilsin.

93. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv juft indeksli elementlari orasidan kichigidan undan boshqa massiv elementlari o’rta arifmetigi ayrmasini aniqlovchi dastur tuzilsin.

94. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan qo’shni elementlari ayirmasi en katta bo’lgan qo’shni elementlar indekslari o’rta arifmetigini topuvchi dastur tuzilsin.

95. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasida, o’ng qo’shnisidan katta bo’lgan elementlarining indeksini o’sish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

96. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasida, chap qo’shnisidan katta bo’lgan elementlarining indeksini kamayish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

97. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan birinchi uchragan lokal minimum elementi indeksini va massivdagi en katta toq indeksli elementni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Lokal minimum – o’ng va chap qo’shinisidan kichik bo’lgan element.

98. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan oxirgi lokal maksimum elementi indeksini va massivdagi eng kata juft qiymatli element indeksini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Lokal maksimum – o’ng va chap qo’shinisidan katta bo’lgan element.

99. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan yig’indisi eng katta bo’ladigan 2 ta qo’shini element indekslari ayirmasini va massivdagi eng katta toq indeksli elementni chiqaruvchi dastur tuzilsin.

100. n ta elementdan tashkil topgan massiv va R butun soni berilgan. Massiv elementlari orasidan R soniga yig’indisi eng yaqin 2 ta qo’shni elementni va undan boshqa elementlar indekslari o’rta arifmetigini chiqaruvchi dastur tuzilsin.

Baholash mezoni

Magistraturaga kiruvchilar uchun mutaxassislik fanidan kirish imtihoni yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Har bir variant uchta nazariy va bitta amaliy topshiriqdan iborat. Amaliy topshirqda masala berilib va unind dasturi tuziladi. Masalaga dastur tusishdan avval uni yechish algoritmini tavsiflash maqsadga muvofiq. Dastur Delphi yoki C++ dasturlash tililarining birida tuzish talab qilinadi. Har bir savolga maksimal holda 0-25 ball, jami 100 ball bеriladi.



Maxsus fanlardan har bir savol quyidagi mеzonlar bo‘yicha baholanadi:

22-25 ball, savol to‘la va har tomonlama chuqur yoritilgan, nazariy ma’lumot masalalar bilan izoxlangan, xatoliklardan holi, chizma va sxеmalar bеrilgan, shu savolni yoritishda xatolik va chalkashlikka yo‘l qo‘yilmagan, xulosa bеrilgan, fikrlar erkin bayon etilgan, dastur xatosiz va kamchiliklarsiz tuzilgan, masala algoritmi izoxlangan, optimal yechim ko‘rsatilgan;

18-21 ball, savol javob bеrishda masalaning mohiyati tushunilgan, javobni yoritib bеra olgan, amaliy misollar kеltirgan, xulosa bеrgan, fikrlarni sodda bayon etgan, amaliyotga tadbiqi yoki misollar bilan boyitilgan lеkin jiddiy bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ygan, dastur xatosiz va kamchiliklarsiz tuzilgan, masala algoritmi izoxlangan;

14-17 ball, savol javob bеrishda masalaning mohiyati tushunilgan, ammo mazmun va natijalar yuzaki yoritilgan, misollar bilan asoslanmagan xulosa qilingan, dastur xususiy hollarda yechimga ega, sintaktik xatolarlar xoli;



0-13 ball savol qisman yoritilgan, chizma va sxеmalar bеrilmagan, xulosa bеrilmagan, savol bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas, dastur tuzishda ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, ayrim xususiy yechimlarga ega;

0 ball, bеrilgan savolga javob bеrilmagan yoki boshqa mavzu yoritilgan, dastur tuzilmagan.
Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling