6 – mavzu: bug‘doy bilan bog‘liq tajriba o‘tkazishning ilmiy asoslari reja


Download 20.82 Kb.
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi20.82 Kb.
#1761982
  1   2   3   4

6 – mavzu: BUG‘DOY BILAN BOG‘LIQ TAJRIBA O‘TKAZISHNING ILMIY ASOSLARI
Reja:

  1. G‘alla don ekinlarida dala tajribalarini o‘tkazish uslublari

  2. Kuzgi bug‘doyda fenologik kuzatishlar o‘tkazish uslublari

  3. Boshoqli don ekinlarida rivojlanish davrlarini aniqlash

Tayanch so‘zlar: Kuzgi bug‘doy, fenologik kuzatuvlar, tup soni, ko‘chat qalinligi, variantlar, qaytariqlar, maxsuldor poyalar soni, xosilli poyalar soni, gullash, shonalash.
1.G‘alla- don ekinlari mamlakatimizning xamma xududlarida ( sug‘oriladigan, lalmi) ekiladi. Shu tufayli, bu ekinlar ustida dala, ishlab chiqarish tajribalari qo‘yish, tuproq, o‘simlik namunalari olish tartiblari, ziroatlarni parvarishlash agrotadbirlari tizimi – ( ekish muddatlari, urug‘ sarfi, ko‘chat qalinligi, suv- oziqa ( NRK) me‘yorlari, sug‘orish tartiblari suv qaysi muddatda berilishi, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi fenologik kuzatuv, fazalarining o‘tish jadalligi, unib chiqishi, tuplashi, naychalash, boshoqlash, gullash, sut pishish, mum pishish, to‘liq pishishi) bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
G‘alla- don ekinlari bo‘yicha qo‘yiladigan dala tajribalari 8- 12 qatorli bo‘lib, shundan hisobiy qatorlar o‘rtadagi 4 qatordir. G‘alla o‘radigan ,,Keys‘‘ ,,Klas‘‘ va boshqa kombaynlar bir marotaba o‘tishida o‘riladigan qatorlar xisobiy qatorlar soni bilan teng bo‘lishi kerak. G‘alla- don ekinlari ( kichik bo‘lakchalar) dagi dala tajribalarida o‘rim va boshqa kuzatuvlar xar bir bo‘lakchadagi doimiy qoziqlar qoqilga ( xisobiy qatorlardan; to‘rt joydan) qismdan da;la uzunligi bo‘yicha teng o‘lchamlar va mutanosiml;ikda ximoya bo‘laklari qoldirilgan xolda o‘tkazilishi lozim. Ko‘p omilli bunday dala tajribalarida ( ko‘chat qalinligi, oziqlantirish me‘yorlari va sug‘orish tartibi) variantlar soni dala kengligi, uzunligi inobatga olingan xolda 12, 16,18 variantdan oshmasligi, uch-to‘rt qaytariqda, bir va undn ko‘p yaruslarda joylashtirilishi, xar bir variant (bo‘lakchaning) xisobiy maydoni 50-100 kv.m.dan kam bo‘lmasligi lozim. Ishlab chiqarish sharoitidagi tajribalar variantlardagi kattaligi 1200 kv. metrdan 1 gektargacha bo‘lishi, umumiy maydoni esa 8-10 gektardan oshmasligi, variantlar kengligi traktorlarga tirkalgan ekish seyalkalarining bir yoki ikki iz yurishidan kam bo'lmasligi zarur.
Mamlakatimizda dala tajribalari uchun asosiy tuproq turlari, ularning mexanik, mikroagregat tarkibi, ya‘ni yengil-qumloq-toshli, o‘rtacha, og‘ir-soz-loysimon xamda er osti suvlari satxi ( 3,0 m.dan chuqur, 2-3 m, 0,5-2,0 m. gacha) joylahuviga qarab, tanlanishi ( dala eni, dala uzunligi) tajriba, ish dasturida ko‘zda tutilgan variantlar, qaytariqlarning yaruslar bo‘yicha joylashuviga, uslubiy qo‘llanmalarga to‘liq rioya qilingan xolda o‘tkazilishi talab etiladi.
Bunda:

  1. Tanlangan xududda eng ko‘p tarqalgan tuproq turlari mavzuga asos qilib olinishi xamda er osti suvlari satxi joylashuvi, albatta, e‘tiborda tutilishi, qolgan tuproq turlari keying ilmiy izlanishlarga mavzu bo‘lishi ko‘zda tutilishi lozim:

  2. Tajriba oi‘kaziladigan dala tanlangandan so‘ng uning ikki joyidan ( qaytariqlar bo‘yicha) er osti suvi satxigacha ( 2-3 m, 0,5-2,0 m ), bunday suvlar 3 m. dan chuqur bo‘lsa 2-3 metrgacha yoki er osti suvi satxi joylashgan qismgacha qovlanib ( 1x2 m. kenglikda ), tuproq genetic qatlamlar bo‘yicha yozma ta‘riflanadi.

  3. Genetik qatlamlar (gorizontlari) bo‘yicha tupro namunalari (er osti suvlari 2-3

m; 0,5-2,0 m. dan suv namunalari) olinib, laboratoriya sharoitida taxlil qilinadi. Unda tuproqning mexanik, makro-mikroagregat tarkiblari, dala tuproqning umumiy ta‘rifi uchun genetic qatlamlar bo‘yicha gumus (chirindi), NPKning umumiy xamda xarakatchan shakllari amal-o‘suv davri boshida va oshirida varianlar bo‘yicha aniqlanadi. Shuningdek, er osti suvlaridan namunalar olinib, suv so‘rimi to‘liq taxlil qilinadi. Undagi SO4, CL, HCO3, MG, Ca+K turlarining quruq qoldig‘i miqdorlari aniqlanadi. Bu ko‘rsatgichlar tuproq namunalarida xam o‘rganilishi lozim.

  1. Dala tuprog‘ining agrofizik ko‘ratgichlari, albatta, o‘rganilishi shart. Bunda dala tuprog‘ining cheklangan dala nam sig‘imi (CHDN), suv o‘tgazuvchanligi, xajm vazni og‘irliklari amal-o‘suv danri boshida umumiy fonda, qaytariqlar bo‘yicha; amal-o‘suv davri oxirida (kuzda) suv o‘tkazuvchanlik, xajm og‘irligi variantlar bo‘yicha o‘tkazilishi ( tuproq xajm og‘irligi xar 0-10 sm. dan (0-70 sm. yoki 1,0 metrgacha o‘rganilishi) zarur.

  2. Sug‘orish ishlarini o‘tkazishda suv sarfi xisoblanishi kerak. Bunda “ Chippoletti ” (0,25-0,50 sm.), “ Tompson ” suv o‘lchagich asboblaridan foydalaniladi va Sug‘orish oldi va sug‘orishdan keyin o‘tish fazalari bo‘yicha bug‘doy, arpa va boshqa g‘alla-don ekinlari ekilgan dalalarda tuplashgacha, naychalar va boshoqlashgacha, pishish davrida (sut, mum) tuproqning 0-50; 0-70; 0,50 sm.li xisobiy qatlamlaridan namunalar olinishi kerak.

  3. Er osti suvlari satxi (2-3 m, 0,5-2,0 m.) joylashuviga qarab, dala tajribalarining xar qaytariqdan 2-4 variant (bo‘lakcha)larida kuzatuv quduqlarida o‘rnatiladi. Ulardan suv satxi variantlar bo‘yicha sug‘orishgacha, sug‘orishdan so‘ng xar o‘n kunda (1, 10, 20, 30 kunlarda) o‘lchanib o‘rganilishi, er osti suvlaridan namunalar olinib (quruq qoldiq, xlor ioni) laboratoriya sharoitida taxlil qilinishi lozim.

  4. Dala tajribalari davomiyligidan qat‘iy nazar ziroatlar ildiz tizimining rivojlanishi, amal-o‘suv davri oxirida qavlanib, joylashuvi yozma ta‘riflaanadi, chizma shaklida qog‘ozlarga tushirildi yoki rasmga olinadi.

Olingan xosil natijalari xaqidagi ma‘lumotlarga matematik ishlov berilishi, bu tadbir variantlar, qaytariqlar bo‘yicha B.A.Dospexov yoki V.N.Peregudovlar tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyotga amal qilingan xolda o‘tkazilishi kerak.
Mavzu tanlanishida, albatta, o‘rganiladigan g‘alla-don (bug‘doy arpa) va boshqa ziroatlar navlari Davlat reestriga kiritilganligi, yoki istiqbolli ekanligiga e‘tibor berilishi lozim. Yillar davomida olingan ma‘lumotlar, o‘tkazilgan kuzatuvlar, qiyosiy taxlillar asosida tayorlangan agrotavsiyalar shundagina chop etilishi va mutaxasislarga etkazilishi mumkin.

Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling