6 – mavzu: missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1507455
  1   2   3   4
Bog'liq
MISSIONERLIK VA PROZELITIZM TARIX VA BUGUN,



6 – MAVZU: MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA BUGUN
 TARG’IBOT USULLARI
 
REJA: 
1. Missionerlik va prozelitizm tahdidi. 
2. Zamonaviy missionerlik tashkilotlari. 
3. Missionerlikning faoliyat olib borish sohalari. 
4. O‘zbekiston qonunchiligida missionerlik faoliyatiga belgilangan jazo va choralar 
Tayanch so‘z va iboralar: Missionerlik, prozelit, vijdon erkinligi, sohta chaqiriqlar
g’oyaviy bo’shliq, yoshlar, e’tiqod, soxta diniy ruxoniylar. 
MA’RUZA MATNI 
 
6.1. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM TAHDIDI. 
Missionerlik va prozelitizm din bilan bog‘liq holda shakllangan va mutaassiblikka 
asoslangan hodisalar hisoblanadi.
Missionerlik so‘zi lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa 
topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik bir 
dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq nazariy va amaliy 
faoliyatni bildiradi.
Missionerlik o‘ziga xos va uzoq tarixga ega. Jumladan, bunday harakat dastlab buddaviylik 
doirasida miloddan avvalgi III asrdan boshlab yoyilgan. Bugungi kunda esa missionerlik faoliyati 
bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda 
yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur
Missionerlikning uzviy qismi bo‘lgan prozelitizm – to‘g‘ridan–to‘g‘ri biron bir dinga 
ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishni 
anglatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari 
tashkil etadi. Xususan, protestantlik zamonaviy missionerlikning asosiy homiysi qolmoqda. 
Ularning faoliyati ko‘plab davlatlarda katta muvafaqiyat keltirgan. Hozirgi kunda Janubiy–
Sharqiy Osiyodagi an’anaviy ravishda buddaviylikka e’tiqod qilib kelgan ayrim mamlakatlar 
aholisining katta qismi yoki aksariyati xristianlikka e’tiqod qilishi ana shu zafarli yurishlarning 
natijasidir.
Din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan 
biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo 
turli dinlar yoki konfessiyalarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki birlikni ta’minlay 
olmayotgani, kichkina bir sabab qayta–qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib 
chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib 
ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Livan aholisining 90 foizdan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. 
Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlikka (maroniy, 
pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. 
Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida 
shakllantirilishi mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma–xil omillar ta’sirida uning 
to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti–vaqti bilan 
kelib chiqayotgan fuqarolar urushi esa bu birlikni ta’minlashni yanada mushkullashtirmoqda. 
Turli millat va din vakillari istiqomat qilib kelgan YUgoslaviyaning parchalanib ketgani ham 
etnokonfessional ziddiyatlar qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligining hayotiy–amaliy 
ifodasidir. 
Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik harakatlari ortida diniy zaminda 
millatni ichidan bo‘lib tashlashga qaratilgan g‘arazli siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib 


chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin. Bu, missionerlar o‘z maqsadlariga erishadigan 
bo‘lsalar ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda nizo va janjallarning avj olishi, dushmanlik 
hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo nizolarning kelib chiqishiga zamin yaratilishi, 
xalqning parokandalikka yuz tutishi va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi mumkinligi haqida 
xulosa chiqarish imkonini beradi.
Missionerlarning bugungi kundagi faoliyati hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday 
tahdiddan holi emasligini ko‘rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning 
mohiyatini to‘g‘ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo‘lida maqsadli, tizimli va tadrijiy 
faoliyat olib borish zarur bo‘ladi 

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling