6 – mavzu: missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari


 MISSIONERLARLIKNING FAOLIYAT OLIB BORISH SOHALARI


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1507455
1   2   3   4
Bog'liq
MISSIONERLIK VA PROZELITIZM TARIX VA BUGUN,

6.3. MISSIONERLARLIKNING FAOLIYAT OLIB BORISH SOHALARI.
Sobiq ittifoq tugab, mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi musulmon 
mamlakatlar duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik tashkilotlarining bu yurtlarga 
yopirilib kelishlari va keng miqyosda ish boshlashlari bo‘ldi. Ular jumladan O‘zbekistonda ham 
juda qisqa muddatda, g‘oyat yaxshi tashkil qilingan tarmoqlarini vujudga keltirishdi. 
Nasroniylikning, hatto umumnasroniylarning o‘zlari e’tirof etmaydigan, balki hatto inkor 
qiladigan ko‘plab va turli-tuman mazhablari mustaqilligimizning dastlabki yillari demokratiya 
niqobi ostida hamda davlatimizning bu borada hali tajribasizligidan foydalanib, adliya 
ro‘yxatlaridan o‘tib oldi, rasmiy tashkilot sifatida joylarda o‘nlab ibodatxonalarini qurdi va 
respublikani kelgusida har jihatdan notinch qiladigan kir, g‘arazli faoliyatlarini boshladi. Albatta, 
bu ishlar katta mablag‘siz, siyosiy va informasion tayanchsiz amalga oshmaydi. Amerika boshliq 
butun G‘arb davlatlaridagi missionerlik tashkilotlari, yirik boylar, hatto siyosiy doiralar bu harakat 
uchun juda katta mablag‘ tikdi. Chunki bundan ko‘zlagan natijalari tez orada bu sarf-xarajatlarini 
bir necha o‘n, yuz, hatto ming barobar qoplab ketishiga ular ishonishar edi. 
Missionerlarning maqsadlari asosan uch nuqtada jamlanadi: 
1. Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy jihatdan G‘arb 
davlatlari ta’sir doirasiga olish. 
2. Xalqlarda o‘z diniga nisbatan shubha uyg‘otish, ularni o‘z dinidan chiqarish va dinsiz 
qoldirish. 
3. Qadimdan xristian bo‘lganlarni o‘z dinlarida mustahkamroq turishga chorlash va ular 
safini “yangi xristianlar” bilan to‘ldirish. 
Ular maqsadlari yo‘lida hech qanday vositani ayamaydilar, usul-nayranglari doimo 
takomillashib boradi. Mana ulardan bir nechtasi: 
1. Insoniy yordamlar ko‘rsatish. Bunga, albatta, moddiy yordamlar (tibbiyot, oziq-ovqat) va 
so‘zsiz, “ruhiy” yordamlar kiradi. 
2. Mahalliy xalq tilida o‘sha xalqning urf-odatlarini hisobga olgan holda, sifatli, rangli, 
rasmli xristian da’vat kitobchalarini bepul tarqatish. Ko‘pincha bu kitoblar Qur’on oyatlari bilan 
“bezaladi”. 
3. Xristianlikni targ‘ib qiluvchi gazeta-jurnallar chiqarish. 
4. Xristianlikka qiziqtiruvchi audio-video kassetalar tarqatish.
5. Radio-televidenie orqali jonli ko‘rsatuvlar tayyorlash. Bu ko‘rsatuvlar orqali aholini 
muloqotga chorlash, adreslar almashish. 
6. Turli mavzularda tadbirlar va anjumanlar uyushtirish. 
7. Yakka shaxslarga da’vat xatlar jo‘natish. 
8. Yoshlar jamiyatlari bilan hamkorlik qilish. 
9. Ingliz tili, kompyuter o‘rgatish niqobi ostida missionerlik kutubxonalarini, klublarini 
tashkil etish. 


Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o‘zlari asosan yashirincha ishlashadi 
va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga til o‘rgatish, kompyuter o‘rgatish, har 
xil sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman 
o‘quv markazlari tashkil etib, yoki bo‘lmasa, har xil yo‘nalishlarda xayriya ishlari bilan 
shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida 
yashagan, ammo o‘zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand xalqimiz, 
tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o‘qish jarayonida, “o‘qituvchi”lari asosan 
missionerlardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi. 
Iso alayhissalomning hurmat ila nomlanishi O‘zbekiston hududida yashovchi turli millat va 
din vakillarining totuvlik an’analarida ham o‘z aksini topgan. Ming yillarni qamrab oluvchi 
tariximizda dinlararo birorta nizo yuzaga kelib chiqmaganligining o‘zi tinchlikparvar o‘zbek 
xalqining diniy e’tiqodi, urf-odatlari va an’analaridan dalolatdir. 
Lekin ittifoqlik va o‘zaro hurmat bilan yashash boshqa narsa, musulmonlarni, ayniqsa 
yoshlarni o‘z e’tiqodidan boshqa tomonga burish butkul boshqa narsa, g‘arazli niyat bilan 
diyorimizga kirib keladigan va o‘rtadagi ittifoqlikka rahna soladigan missionerlarga, 
ekstremistlarga qarshi kurash hammamizning vazifamizdir. Maqsadimiz hamyurtlarimizni to‘g‘ri 
yo‘lga da’vat qilish, diyorimizda mavjud bo‘lgan nasroniy dini ahllariga samimiylik bilan 
munosabatda bo‘lish odobini o‘rgatish, shu bilan birga nasroniy dinini ko‘r-ko‘ronalik bilan qabul 
qilmaslik, aldov va pul tuzog‘iga ilinmaslikni tushuntirishdir.
Ongli musulmon kishining subutsizlik qilishi qiyin. Chunki Kur’oni karim bilan Injilni o‘qir 
ekan, har bir insonning Islomga ixlosi va e’tiqodi yanada oshadi. Bu qandaydir zo‘ravonlikka 
emas, balki ilm, mantiq va adolatga asoslangan din ekanligiga iymon keltiradi. Bu jihatdan biz 
musulmonlarning Injil, Tavrot va Zabur bilan tanishuvimiz joizdir...
Ammo bu yerda alohida diqqat qilinishi lozim bo‘lgan shunday muammo borki, buni aslo 
unutib bo‘lmaydi. Chunonchi, ba’zi-bir savodsiz yoki chalasavod kishilar da’vo qilayotgani 
singari Qur’on, Tavrot, Injil va Zabur aynan bir kitob emas. Garchi ular orasida mushtarak fikr, 
talqin, da’vat, o‘git va tarixiy rivoyatlar bo‘lsa ham. Bosh tafovut shundaki, Qur’oni karim 
tavhidga, ya’ni Xudoning biru borligiga asoslanadi. Bas, Qur’oni karimni dilga jo qilmay turib, 
bo‘lak g‘ayridiniy ishlar bilan tanishish kishini chalg‘itib qo‘yishi mumkin. Bir talay odamlar 
orasida milliy mansublikdan ko‘ra nasroniy madaniyatiga moyillik hech kimga sir emas. Ro‘y-
rost aytish kerak, Injilni zahmat chekib o‘zbekchalashtirgan xorijiy vatandoshlarimizning bosh 
maqsadi mana shu (moyillikdan unumli foydalanish) va bundan ming marotaba xushyor 
bo‘lishimiz darkor. Biri-biri bilan o‘zaro murosa qila olmaydigan, murosa qilishi mumkin 
bo‘lmagan moddiyunchilik bilan nasroniylikning maqsadi bir-biriga yaqin: turli yo‘llar bilan 
mahalliy xalqlarning nafsoniyatini yerga urib, ularni xristianlashtirishdan iborat. Ularda e’tiqod 
birligi emas, maqsad birligi bor. Shuning uchun biz har ikkalasining ham niyatidan hazar 
qilmog‘imiz va ehtiyot bo‘lmog‘imiz zarur. 
Konstitutsiyada din erkinligi va din davlatdan ajratilganlik tamoyili ta’minlanadi. Biroq 
1998 yilda qabul qilingan din to‘g‘risidagi qonun ko‘p huquqlarni ro‘yxatdan o‘tgan diniy guruhlar 
bilan cheklaydi va qanday guruhlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligini cheklaydi. Prozelitizm, diniy 
adabiyotni olib qirib tarqatish va xususiy tarzda diniy ta’lim berish kabi hatti-harakat bilan qonun 
taqiqlarini buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oxirgi yillarda aksariyat diniy jamolarda shart-sharoitlar yaxshilanishiga qaramay hisobot 
davrida diniy erkinliklarni hurmat qilish darajasi bir necha sohalarda pasayib ketdi. Ketma-ket 
kelgan ikki yil davomida Hizbut-tahrir (HT) kabi ekstremist guruhda a’zolik tufayli ozodlikdan 
mahrum qilingan shaxslarning soni kamaygan ko‘rinsa-da, hukumat diqqat-e’tiborini Turk 
musulmon guruhi “Nur”ga, qaratib kamida 42 nafar “Nur” guruhi a’zisi deb gumon qilinganlarni 
hibsga olib ulardan ko‘plarini olti yildan 12 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilishga 
hukm qildi. Hukumat ruxsat bilan faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlarda ibodat qiladigan dindorlar 
ishlariga aralashmadi va asosiy yo‘nalishda hisoblangan boshqa guruhlar faoliyatiga ijozat berdi. 
Ozchilik tashkil qilgan ba’zi diniy guruhlar ro‘yxatdan o‘tmaganicha qoldi, chunki ular qonunda 
belgilangan ro‘yxatdan o‘tish qat’iy talablariga javob bera olmadilar. Bu guruhlar, ayniqsa 


prozelitizm bilan shug‘ullanayotgan, deb qaralganlar ustiga reydlar uyushtirildi, ta’qib va 
yetakchilari va a’zolarining hibsga olinishini boshdan kechirdilar ba’zilariga esa jinoiy ayblar 
qo‘yildi.
Missionerlarning maqsadlari siyosiy bo‘lgani uchun ham xatarli va tashvishlanarlidir. 
Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldordir. Ularning kirdikorlari bu nuqtai 
nazardan baholanmog‘i va chora-tadbir ham shunga ko‘ra olinmog‘i lozim. Aks holda, biz kelajak 
avlodga kuchli, ozod va obod vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona, shu tufayli 
qator muammolarga botgan, parokanda, ma’naviy ziddiyatlar avj olgan, binobarin, zaif va qaram 
bir o‘lkani qoldirgan bo‘lamiz. 
Missionerlikning oshkora, quturgan ko‘rinishi tarixdagi Birinchi va Ikkinchi salb urushlari 
(krestoviy poxod) misolida yanada yaqqol ko‘rinadi. Ibn Asiyr o‘z tarix kitoblarida xristian 
bosqinchilari bo‘lmish salbchilarning salb yurishlari vaqtida Quddusga kirishlarini shunday bayon 
qiladi: “Faranjlar (ya’ni, yevropaliklar) Quddusni bosib olgach, Sha’bon oyining yettinchi kuni, 
juma kuni ertalab, shaharga kirib kelishdi. Ular bir hafta davomida musulmonlarni qilichdan 
o‘tkazib, qirg‘inbarot qilishdi...”. 
Birinchi salb yurishi (1096-1099 yillar) davrida xristianlarning ellik ming nafar lashkari 
Quddusni qamal qilishdi. Shahar xalqi holdan toygan, dushman bilan kurashishga ortiq madori 
yo‘q edi. Qamaldan qutulish umidi butunlay uzilgach, mol va jonlarining xavfsizligi ta’minlanishi 
sharti bilan dushmanga taslim bo‘ldilar. Salbchi lashkarboshilar Masjidi Aqsoga kirganlarning 
omon qolajaklarini bildirdi. Lekin ular so‘zlarida turmadilar, jon saqlash maqsadida masjidga 
berkingan qariyalar, ayollar va bolalar ayovsiz bo‘g‘izlandi. Jome’ tizza bo‘yi qonga botdi. 
Shaharning yosh-qari, erkak-ayol musulmon va yahudiylardan iborat yuz mingga yaqin aholisi 
qatl etildi.
Salbchilar amiri Rim papasiga yozgan maktubida bunday degan edi: “Quddusda birorta 
musulmon qolmadi, hammasi qatl etildi. Sulaymon masjididagi musulmonlarning qoni esa 
otlarimiz tizzasiga yetdi...!” 
Bu voqealardan sakson sakkiz yil o‘tib, ya’ni, 1187 yilda buyuk lashkar boshi Salohiddin 
Ayyubiy (1138 – 1193 yillar orasida yashagan) Quddusi sharifni yana qaytarib oldi. Lekin 
salbchilarga o‘zlari qilgandek muomala qilmadi. Salohiddin dushmanlarga qirq kun muhlat ichida 
shaharni tark etishga amr etdi. 
“Rim papasi va boshqa diniy rahnamolar boshchiligida Islom olamiga qarshi qayta-qayta 
salb yurishlari qildilar. Yuz yillar davomida fan-madaniyat va ilm markazi bo‘lib, Ovro‘paga nur 
sochib turgan Andalus davlatini yer yuzidan supurib tashladilar. Ularning vahshiyligidan 
beshikdagi bolalar ham beomon bo‘ldi. Musulmon nomi bo‘lsa bo‘ldi, bitta qo‘ymay qirdilar. 
Musulmonlarning qonini daryo qilib oqizdilar. Ularning qonli yurishlari tufayli O‘rta yer 
dengizining moviy suvi qirmiziga aylandi. Salbchi nasorolar dengizdan o‘tib musulmon yurtlarini 
ishg‘ol qildilar. Qon to‘kdilar. Zulm o‘tkazdilar. Keyinroq kelib esa, barcha musulmon davlatlarni 
masihiy davlatlar o‘z mustamlakasiga aylantirdi. Jahonda buyuk jug‘rofiy kashfiyotchilar sifatida 
nomi mashhur bo‘lgan ovro‘palik shaxslar aslida musulmon yurtlarni bosib olishga tayyorgarlik 
ko‘rish ayg‘oqchilari ekanligi, ular safarga chiqishdan oldin Papaga xristian dini uchun yangi 
joylar va yangi qavmlar topib berishni va’da qilib, uning duosi va iznini olganliklari ma’lum va 
mashhurdir. 

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling