6-Laboratoriya ishi. Tirsakli vallarni ta’mir o‘lchamlariga tiklash


Download 164.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi164.77 Kb.
#1756909
Bog'liq
6 (1) (1)



6-Laboratoriya ishi. 
Tirsakli vallarni ta’mir o‘lchamlariga tiklash 
Ishdan maqsad. 
Tirsakli vallarning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarga tiklash 
texnologik jarayonni loyhalash va uni muayan ishlab chiqarish sharoitida amalga 
oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 
Ishning mazmuni. 
Ushbu laboratoriya ishi ikki qismdan tashkil topib uning birinchi qismida tirsakli 
valning tiklash texnologik jarayoni ishlab chiqiladi va ikkinchi qismida esa ushbu 
jarayon ARZ-14 korxona sharoitida amalga oshiriladi. 
Ishning bajarish tartibi. 
1. Tirsakli vallarning ta’mir o‘lchamlariga tiklash uslubining texnologik xususiyatlari 
bilan tanishing va uning texnologik jarayoning tarkibini aniqlang. 
2. Tiklanilayotgan tirsakli vallning o‘zak va shatun bo‘yinlarining ta’mir o‘lcham 
kategoriyalarini aniqlang (1- laboratoriya ishning natijasi). 
3. Umumiy va operatsion oro ishlov quyimlarni xisoblang. 
4. Trisakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlariga tiklash texnologik 
jarayonni loyihalang. Buning uchun: 
- ishchi chizma va nuxson xaritasidan tiklanilayotgan trisakli val uchun 
texnologik talablarni aniqlang; 
- texnologik jihoz, moslama va kesuvchi, xamda o‘lchash instrumentlarni 
tanlang;
- texnologik jarayon operatsiyalaridagi o‘tishlar soni, ularning mazmuni
va bajarish tartibini aniqlang; 
- siliqlash rejimini belgilang. 
a) siliqlash toshning aylanma tezligini aniqlang 
60
*
1000
КР
КР
КР
n
d
V

=
bu erda: d – toshning diametri, mm 
n
KR 
– toshning aylanma chastotasi, min
-1
b) dastgox ko‘rsatkichi bo‘yicha toshning aylanma tezligiga aniqlik kiriting va 
uning qiymatini belgilang – V
KR.F
m/min 
v) detalning aylanish tezligini xisoblang. 
60
*
1000
g
g
g
n
d
V

=
bu erda: d
g
– tirsakli val bo‘yin diametri, mm 
n

– detalning aylanish chastotasi min
-1
g) dastgox ko‘rsatkichi bo‘yicha detlning aylanish tezligiga aniqlik kiriting va 
uning qiymatini belgilang – V
g
m/min 
d) meyorlangan ko‘ndalang uzatmani - S, mm/ob aniqlang 
e) bo‘ylama daqiqa uzatmani xisoblang 
g
m
n
S
S
*
=
j) bo‘yinlarni siliqlash mashina vaqtini xisoblang 


t
S
n
k
a
h
t
g
M
*
*
*
*
=
-tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini siliqlash operatsion xaritasiga 
undagi o‘tishlarining mazmuni, dastgoh, moslama, instrumentlar, ishlov yuza o‘lcham 
va siliqlash rejimi ko‘rsatkichlari va ularning son qiymatlarini yozib chiqing.
5. ARZ-14 korxonasi sharoitida ishlab chiqilgan texnologik jarayon asosida 
tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini o‘rnatilgan ta’mir o‘lcham kategoriyalari 
bo‘yicha siliqlang. Buning uchun:
- siliqlash dastgohini tuzilishi, uning ishlatish va boshqarish, hamda ushbu 
dastgohda ishlash uchun kerakli bo‘lgan xafsizlik qoidalarni chuqur o‘rganib chiqing 
- tirsakli valning tayanch yuzalari bo‘yicha dastgox moslamasiga o‘rnatib uni 
qotiring
- dastgohni yoqing va tirsakli valning o‘zak xamda shatun bo‘yinlariga ketma 
ket belgilangan tartibda ta’mir o‘lchamlar bo‘yicha siliqlash ishlovini bering
- dastgohni o‘chiring va moslamadan tirsakli valni bo‘shatib oling 
- tirsakli valning ishlov berilgan o‘zak va shatun bo‘yinlarini o‘lchang (2-lab 
ishiga qarang), shakl xatoliklarini xisoblang va ushbu o‘lchov, hamda xisob natijalarini 
chizmada ko‘rsatilgan talablar bilan solishtirib ishlov sifati bo‘yicha xulosa bering. 
Hisobot shakli 
6-Laboratoriya ishi. 
Tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlariga tiklash. 
1. Texnologik jarayonning tarkibi, o‘tishlarning mazmuni va ularning bajarilish ketma 
ketligi. 
2. Ta’mir o‘lcham kategoriyasi. 
3. O‘zak va shatun bo‘yinlariga berilayotgan ishlov quyimlari. 
4. Texnologik jihoz va uskunalar. 
5. Tirsakli valni o‘zak va shatun bo‘yinlarini siliqlash operatsion xaritalari. 
6. Siliqlangan o‘zak va shatun bo‘yin sirtlarining tasnifi. 
7. Xulosa. 

Download 164.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling