6-ma'ruza mavzu: Gaz strukturasi. Ideal va Real gazlar. Termodinamik funktsiyalar Reja: Ideal gaz tushunchasi 2


Download 259 Kb.
bet1/3
Sana16.03.2023
Hajmi259 Kb.
#1278456
  1   2   3
Bog'liq
6 - MA\'RUZA - Mashinasozlik


6-MA'RUZA
MAVZU: Gaz strukturasi. Ideal va Real gazlar.
Termodinamik funktsiyalar


Reja:
1. Ideal gaz tushunchasi
2. Real gaz tushunchasi
3. Real gaz molekulalarining o'zaro ta'sir kuchlari
4. Termodinamik funktsiyalar


Tayanch iboralar: Real gaz xajmi, o'zgarmas harorat, ideal gaz xolat tenglamasi, real gaz, ichki energiya, kritik temperatura, termodinamik tizim, silindr, const, energiya.

Ma'lumki tabiatdagi barcha elementlar 2 xil turga bo'linadi.


1. Makroskopik elementlar - Inson ko'ziga ko'rinuvchi barcha elementlar.
2. Mikroskopik elementlar - Inson ko'ziga ko'rinmaydi, lekin aslida tabiatda mavjud elementlar.
Ideal gaz - molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi. Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha ideal gazga ga yaqinlashib boradi. Temperaturaning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari, molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham real gazlarni ideal gazlar deb qarash mumkin. Ideal gazning ichki energiyasi shu gazni tashkil etuvchi barcha molekulalarning xaotik (tartibsiz) ilgarinlama va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalardagi atomlarning xaotik tebranma harakati kinetik va potensial energiyalarining yigʻindisiga teng.
Ma’lumki gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi molekulalar orasidagi ta’sir kuchlarini hisobga olmaydi va molekulalarning o`lchamlari molekulalar orasidagi o`rtacha masofaga nisbatan nazarga olmasa bo`ladigan darajada kichik deb hisoblanadi. Bu model ideal gazga mos keladi. Real gazlarni harakteri bosim uncha yuqori bo`lmagan harorat esa yetarlicha yuqori bo`lgan hollardagina PV0=RT tenglama bilan qancha yaxshi tavsiflanadi. Bosim ortishi va harorat pasayishi bilan bu tenglamada ancha chetlashishlar kuzatiladi. Chunki bunday hollarda molekulalar xajmi (molekula radiusi 10-10 m) va ular orasidagi o`zaro ta’sirni ham hisobga olish zarur.
IDEAL GAZLAR
Bir jinsli, bir molekulali, bir xil turdagi, molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlash- maydigan gazlar ideal gazlar deb ataladi. Ideal gazlar xech qachon tabiatda uchramaydi. Ideal gazlar faqat laboratoriya sharoitlarida yaratiladi. Mendeleev jadvalida shu vaqtgacha yaratilgan ideal gazlardan 6 tasi mavjud.


Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling