6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari


Download 351.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi351.23 Kb.
#1498612
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 Mavzu



6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari 
Reja: 
1.Psixologik tashviqot−ta'lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida. 
2. Psixologik profilaktika va uning psixologik xizmat faoliyatidagi roli va 
mazmuni.
3. Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat,uning turlari.
4.Psixologik-pedagogik konsilium.
5.Psixodiagnostika−psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida.
6.Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari.
Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni amaliy psixolog faoliyatining asosiy 
ko`rinishlaribilan tanishtirish. 
Darsning 
vazifasi:Talabalarga 
psixologik 
tashviqot,psixologik 
profilaktika, psixologik maslahat,psixologik-pedagogik konsilium,diagnostik-
korreksion ishlar haqida ma’lumot berish,bo`lajak mutaxassislarda ushbu 
faoliyatlarning psixologik xizmatdagi roli va mazmuni to`g`risidagi bilimlarni 
rivojlantirish. 
Tayanch tushunchalar: 
Psixologik tashviqot,psixologik profilaktika, psixologik maslahat,psixologik-
pedagogik konsilium,diagnostik-korreksion ishlar. 
 
1.Psixologik tashviqot −ta'lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi 
sifatida. 
Psixolog ta'lim tizimida faoliyat yuritar ekan tashviqot vazifalarini ham 
amalga oshiradi. Bunda u pedagogik kengashlarda, ota-onalar majlislarida, 
o`quvchilar oldida ma'ruza qilish orqali psixologik bilimlarni targ`ibot va 
tashviqot qiladi. Shu bilan birgalikda OAVda, ya'ni ilmiy va ommabop jurnal va 
gazetalarda maqolalar chop ettirish hamda radio va televideniyeda psixologik 
bilimlarni ommalashtirish bilan shug`ullanadi. 
Psixologik ma'rifatning va tashviqotningvazifalari quyidagilardan iborat: 
 
o`quvchilarga eng oddiy psixologik bilimlarni berish va ularning bu 
bilimlarni egallashiga erishish, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo 
munosabatlarga kirishish, o`zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari
qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog`liq bo`lgan bilishga oid 
qiziqishlarini rivojlantirish; 
 
o`quvchilarda o`quv jarayoniga, o`qituvchilar va tarbiyachilar bilan 
muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish; 
 
o`smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila 
psixologiyasi va oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiyena va kasalliklarning oldini 
olish sohasidagi bilimlarni egallashiga erishish
 
har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirishda pedagoglar, 
tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik kompetentligini 
oshirish; 
 
individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, 
shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ`ib qilish. 



Download 351.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling