6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari
Download 351.23 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o`quv maqsadi
- Tayanch tushunchalar: Psixologik tashviqot,psixologik profilaktika, psixologik maslahat,psixologik- pedagogik konsilium,diagnostik-korreksion ishlar.
6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari Reja: 1.Psixologik tashviqot−ta'lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida. 2. Psixologik profilaktika va uning psixologik xizmat faoliyatidagi roli va mazmuni. 3. Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat,uning turlari. 4.Psixologik-pedagogik konsilium. 5.Psixodiagnostika−psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida. 6.Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari. Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko`rinishlaribilan tanishtirish. Darsning vazifasi:Talabalarga psixologik tashviqot,psixologik profilaktika, psixologik maslahat,psixologik-pedagogik konsilium,diagnostik- korreksion ishlar haqida ma’lumot berish,bo`lajak mutaxassislarda ushbu faoliyatlarning psixologik xizmatdagi roli va mazmuni to`g`risidagi bilimlarni rivojlantirish. Tayanch tushunchalar: Psixologik tashviqot,psixologik profilaktika, psixologik maslahat,psixologik- pedagogik konsilium,diagnostik-korreksion ishlar. 1.Psixologik tashviqot −ta'lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida. Psixolog ta'lim tizimida faoliyat yuritar ekan tashviqot vazifalarini ham amalga oshiradi. Bunda u pedagogik kengashlarda, ota-onalar majlislarida, o`quvchilar oldida ma'ruza qilish orqali psixologik bilimlarni targ`ibot va tashviqot qiladi. Shu bilan birgalikda OAVda, ya'ni ilmiy va ommabop jurnal va gazetalarda maqolalar chop ettirish hamda radio va televideniyeda psixologik bilimlarni ommalashtirish bilan shug`ullanadi. Psixologik ma'rifatning va tashviqotningvazifalari quyidagilardan iborat: o`quvchilarga eng oddiy psixologik bilimlarni berish va ularning bu bilimlarni egallashiga erishish, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlarga kirishish, o`zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog`liq bo`lgan bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish; o`quvchilarda o`quv jarayoniga, o`qituvchilar va tarbiyachilar bilan muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish; o`smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiyena va kasalliklarning oldini olish sohasidagi bilimlarni egallashiga erishish; har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirishda pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik kompetentligini oshirish; individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ`ib qilish. Download 351.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling