6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari


Download 100.29 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2023
Hajmi100.29 Kb.
#1513233
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)


6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi
1. Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari
2. Asosiy vositalarning kirimini hisobga olish
3. Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
4. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobi
5. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va ularni natijalari hisobi
6. Asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga olish


Tayanch so‘z va iboralar: Asosiy vosita, uzoq muddatli aktivlar, asosiy vositalarni tasniflash, asosiy vositalarni baholash, boshlang’ich qiymat, eskirish qiymat, qoldiq qiymat, asosiy vositalar kirimini hujjatlashtirish, asosiy vositalarni qayta baholash, amortizatsiya hisoblash, asosiy vositalarni ta’mirlash, asosiy vositalarni chiqimini hujjatlashtirish, asosiy vositalarni chiqimini hujjatlashtirish.


1. Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari
Jamiyatga zarur bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat vositalari va mehnat buyumla­ridan foydalaniladi. Mehnat vositalari deb, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan mehnat qurollari hamda shu ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan, lekin uning uchun ma’lum sharoitlar yaratib, uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, inshootlar, o’zatuvchi mos­lamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vo­sitalari, uy-joy binolari, xo’jalik inventarlari va hokazolar kiradi va uzoq muddatli aktivlar hisoblanadi.
Asosiy vositalar tushunchasi.
Uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’lib:
a) bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’ladi;
b) ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladi yoki ijaraga beriladi;
v) sotish uchun mo’ljallanmaydi.
Uzoq muddatli aktivlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
Moddiy aktivlar (asosiy vositalar); jismoniy tabiiy ko’rinishga ega bo’lgan, uzoq muddatda foydalaniladigan, aktivlar; yerlar, binolar, inshootlar, uskunalar, tabiiy resurslar va shunga o’xshashlar.
Moddiy aktivlar ham o’z navbatida uchta guruhga bo’linadi:

  • amortizatsiya qilinishga tegishli bo’lgan moddiy aktivlar, masalan, binolar, inshootlar, uskunalar, mebellar, qurilmalar;

  • emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan foydali qazilmalar, o’rmon boyliklari va shunga o’xshashlar;

  • amortizatsiya yoki yemirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan yer.

Mehnat vositalarining asosiy xususiyatlari­dan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish ja­rayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi. Lekin ular mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda asta-sekin eskirib boradi va es­kirgan qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish yoki xizmatning tannar­xiga qisman o’tkazilib boriladi. Sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar sub’ektga oli­nadi va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tkaziladi, eski­rishi, sotilishi va tekinga berilishi natijasida sub’ektning hisobidan chiqariladi, vaholanki doimo harakatda bo’ladi.
Sub’ektlar asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, boshqa sub’ektga sotish, tekinga (ehson sifatida) berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha tekinga foyda­lanishga berish va hisobdan chiqarish xuquqlariga ega­dirlar.
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • joylashgan joylari bo’yicha mavjud asosiy vositalar butligi ustidan nazorat qilish;

  • ularning kirimi, chiqimi va joyini o’zgartirishni hujjatlar bilan to’g’ri rasmiylashtirish va hisobda o’z vaqtida aks ettirish;

  • asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag’lardan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish;

  • korxona xarajatlariga kiritish uchun foydalanish va eskirish bilan bog’liq bo’lgan asosiy vositalar qiymati ulushini hisoblash;

  • ish mashinalari, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish maydonlari, transport vositalari va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish;

  • asosiy vosita ob’ektlarini hisobdan chiqarish va tugatishdan olingan natijalarni to’g’ri aniqlash.

Ushbu huquqlardan faqatgina dastlabki hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri to’lg’azish natijasidagina samarali foydalanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mavjud asosiy vositalarni to’g’ri hisobga olish va ularni mulk sifatida saqlash, ta’mir qilish, aso­siy vositalarning kelishini, chiqib ketishini va sub’ektning ichidagi harakatini tegishli hujjatlarga asosan hisob registrlarida to’g’ri aks ettirib borishdan iborat.
Shuningdek buxgalteriya hisobi asosiy vositalar­ning mahsulot tannarxiga o’tkazayotgan eskirish summasini to’g’ri aniqlash uchun ham xizmat qiladi va ushbu hisoblangan eskirish summasini kal’kulyatsiya ob’ektiga qaysi tartibda olib borishni ko’rsatib beradi.
Asosiy vositalarni buxgalteriyada hisobga olishning eng asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, u mavjud asosiy vositalardan to’g’ri va unumli foyda­lanib, imkoni boricha ko’p va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni va ishlab chiqarishga sarflangan har bir so’mning rentabellik darajasini oshirishni ta’min­lashi kerak. Chunki mavjud qarorlarga ko’ra, barcha sub’ektlar mulklar uchun byudjetga soliq to’lashlari kerak. Bu to’lovlarning summasi mulklarning miqdoriga qarab mutanosib ravishda o’zgaradi, asosiy kapitalning qiymati oshgan sari to’lovlarning summasi ham oshib boradi, bu esa sub’ekt foydasining kamayib ketishiga ta’sir qiladi. Bun­day iqtisodiy siyosat sub’ektlarni ortiqcha asosiy mablag’lardan voz kechishga, eng zarur bo’lgan asosiy vositalarni olib qolib, ulardan unumli foydalanishga majbur qiladi.
Buxgalteriya hisobi yordamida sub’ektda bekor turgan va ortiqcha asosiy vositalar aniqlanadi, ularni boshqa tashkilotlarga ijaraga topshirish yoki sotish chorala­rini ko’rishga yordam beradi va mavjud asosiy vosita­lardan qanday foydalanayotganligi va ulardan yana ham unum­liroq foydalanish yo’llarini izlab topishga yordam beradi.


Download 100.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling