6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari


Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi


Download 100.29 Kb.
bet5/16
Sana16.06.2023
Hajmi100.29 Kb.
#1513233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)

Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Yer;

  2. Yerni obodonlashtirish;

  3. Bino va inshootlar;

  4. Mashina va uskunalar;

  5. Mebel va jihozlar;

  6. Kompyuter uskunalari;

  7. Transport vositalari;

  8. Ishchi hayvonlar;

  9. Mahsuldor hayvonlar;

  10. Ko’p yillik o’simliklar va boshqalar.

Asosiy vositalar va yerning sotib olinishini hisobga olish.
Binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalarning sotib olish qiymatiga tashib keltirish, montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha zarur xarajatlar kiradi. Yer, bino va uskunalarning xaridi, yer uchastkasini obodonlashtirish bo’yicha ishlar misolida asosiy vositalarning qiymatini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ko’rib chiqamiz.


2. Asosiy vositalarning kirimini hisobga olish
Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar yoki kapital qo’yilmalar shaklida, yoki daromad olish bilan bog’liq xarajatlar shaklida hisobga olinadi. Hisobot davri tugaganidan keyin ham kapital qo’yilmalarining manfaat keltirilishi kutiladi. Shuning uchun bunday xarajatlar kapitallashtiriladi, ular aktivlarni sotib olish deb turkumlanadi va aktivlarning mos keladigan schyotining debeti bo’yicha hisobga olinadi. Aktivning kapitallashtirilgan qiymati joriy va kelgusi davrlar uchun xarajatlar deb, amortizatsiya orqali tan olinadi.
Hadyaga olingan asosiy vositalar.
Shunday hollar bo’ladiki, qachonki davlat organlari yoki boshqa notijorat tashilotlari biron bir kompaniyaga u yoki bu hududda ishlab chiqarishni joylashtirishni rag’batlantirish maqsadida asosiy vositalarni hadya sifatida beradilar. Shunday yo’l bilan mahalliy hukumat organlari mahalliy soliq bazasini yaxshilashga va aholining bandlik darajasini ko’tarishga harakat qiladilar. Ba’zi hollarda kompaniyalarga asosiy fondlar ma’lum bir shartlar bilan beriladi.
Hadya qilingan asosiy vositalar baholash prinsiplariga qat’iy rioya qilinib hisobda faqat haqiqiy qiymat bo’yicha, ifodalaniladi.
Aktivlar va xususiy kapital schyoti, hadya qilishda aktivning joriy bozor qiymatini haqiqiy baholash natijasida ko’payib boradi, agarda topshirilayotganda qandaydir shartlar qo’yilmagan bo’lsa. Xususiy kapital schyotining ko’payishi hadya qilingan aktiv va firma kapitalining ko’payishini bildiradi. Firma bu resurslarini o’zi ishlab topmagan. Biroq kelgusida bu aktivlardan foydalanish natijasida daromadning ko’payishi mumkin. Hadya qilingan aktivning bozor qiymatiga asoslangan amortizatsiya summasi daromad summasi bilan muvofiqlashtiriladi. Agarda hadya qiluvchi hadya qilgan aktividan foydalanishda cheklanishlar belgilasa, bu cheklanishlar bilan bog’liq bo’lgan, taxmin qilingan xarajatlarni hisoblash va baholangan qiymatini aks ettirishda uning bozor qiymatidan bu xarajatlarni ayirish lozim. Hadyaga olingan eskiradigan aktivlar hisob registrlarida aks ettirilgan baholar asosida oddiy usulda amortizatsiyalanishi kerak.
Ba’zi hollarda kompaniyalar o’zlarining foydalanishlari uchun aktivlarni quradilar. Qurish bo’yicha loyihalar bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar ushbu aktiv tannarxining bir qismi sifatida kapitallashtiriladi. Bu xarajatlar o’z ichiga moddiy xarajatlarni mehnat haqi xarajatlarini, hamda ustama xarajatlarni oladi. O’z navbatida ustama xarajatlar o’z ichiga ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan umumiy xarajatlarni, jumladan kommunal xizmatlari, uskunaga qarab turish, nazorat qilish bo’yicha xarajatlarini oladi.
Ba’zi bir umumiy ustama xarajatlar, hamda qurilish vaqtida foizlar bo’yicha sarflangan xarajatlar ushbu aktivlarning tannarxiga kiritiladi. qurilish ob’ektiga taqsimlanishi kerak bo’lgan umumiy ustama xarajatlarning summasini aniqlash, bir xilda emas va noaniqlikka olib keladi. Asosiy masala – o’zining kuchlari bilan qurilgan aktivlarning tannarxiga ustama xarajatlarni qanday taqsimlash kerak.
O’zining kuchlari bilan yaratilgan aktivning haqiqiy qiymati haqqoniy bozor qiymati bilan mos kelishi shart emas.
Qurilish bo’yicha to’plangan xarajatlar odatda «Tugallanmagan qurilish» schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Qurilishning tugashigacha bino «Bino va inshootlar» schyotida hisobga olinmaydi, chunki u hali ishchi holatda emas. qurilishning tugashi va foydalanishga topshirishda, tuzilgan dalolatnmoga asosan aktiv «Bino va inshootlar» schyotiga o’tkaziladi va amortizatsiyalashga tegishli hisoblanadi.
Yer amortizatsiyalanmaydi, chunki uning qiymati kamaymaydi va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida u yemirilmaydi. Ba’zi hollarda yer bahosining pasayishini aks ettirish uchun u qayta baholanadi. Yer schyotiga xarajatlar foydalanishida bo’lgan uchastkalar bo’yicha kapitallashtiriladi. Yerni tayyorlash bo’yicha xarajatlar, jumladan graduirovka, kanalizatsiya, geodeziya ishlari bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar yer schyotiga kapitallashtiriladi. Binolar schyotiga olib boriladigan yer ishlari xarajatlaridan farqli o’laroq bu ishlar yerdan kelajakda foydalanish uchun va yerning bahosini oshirish uchun zarurdir.
Rekonstruksiya yoki bino qurish uchun yer sotib olinayotganda mavjud bo’lgan konstruktsiyalar va boshqa to’siqlarni olib tashlash bilan bog’liq xarajatlar yer schyotiga kapitallashtiriladi. Olib tashlash bilan bog’liq bo’lgan bu xarajatlar yerdan foydalanishning ko’pgina turlari uchun zarur. Konstruktsiyalarni bo’zishdan olingan materiallarni sotishdan olingan daromad bu xarajatlarni qisqartiradi.
Davlat mulkini, jumladan ko’chalar, yo’laklar, kanalizatsiya, ko’cha chiroqlarini asrash uchun mahalliy hukumat organlari tomonidan amalga oshiriladigan maxsus yig’imlar ham yer schyotiga kapitallashtiriladi.
Obodonlashtirishning ma’lum bir turlari va boshqa takomillashtirish turlari, agar ular doimiy bo’lsa, misol uchun sun’iy ko’llar, o’rmon o’simliklarining qurilishi yerning qiymatiga qo’shiladi. Bu turdagi takomillashtirishning hisobi, keyingi qismda ko’rib chiqiladigan yerning obodonlashtirishidan farq qiladi.
Mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar, sug’urtalash va yer bo’yicha boshqa xarajatlar faqat joriy foydalanish vaqtidagina amalga oshirilmaydi. Bu xarajatlarning hisobi bir xil emas. Ayrim buxgalterlar bu xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishining to’g’riligi haqida ko’p tortishadilar. Bir tomondan, bu xarajatlar yerni soliq reestrida aks ettirish va kompaniyani yuridik majburiyatlardan himoya qilish uchun zarurligiga qaramasdan, ular yerning bahosini oshirmaydilar. Ko’p hollarda bu xarajatlar muvofiqlik va konservatizm nuqtai nazaridan xarajatlarga olib boriladi.
Investitsiyalar qilish yoki ijara maqsadida foydalanilmaydigan yerlar ushlab turilganda mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar va sug’urta to’lovlari faqatgina yerni sotishga yoki ijaraga berishga tayyorlash davri davomida kapitallashtiriladi.
Yerni sotib olishda, ko’pincha uning qiymatidan tashqari to’lanadigan qo’shimcha xarajatlar paydo bo’ladi. Bu xarajatlarni, yerning qiymati kabi «Yer» schyotining debetida aks ettirish kerak bo’ladi. Bularga kuchmas mulk bo’yicha agentlarga komission to’lovlar; advokatlarning xizmatlarini to’lash; sotib oluvchi tomonidan to’langan soliqlar; drenaj, tozalash va tekislash xarajatlarining qiymati kiradi.
Kapital qo’yilmalar deb sub’ekt tomonidan yangi asosiy vositalarni qurish, sotib olish, rekonstruksiya qilish, foydalanilmayotgan asosiy vositalar ob’ektla­rining quvvatlarini kengaytirish va texnikaviy jihozlash uchun mablag’larning sarflanishiga aytiladi.
Qurilish ishlari maxsus pudratchi tomonidan yoki kapital qurilish bo’limi orqali xo’jalik usuli, ya’ni korxonaning o’z kuchi bilan olib boriladi. Shuning uchun qurilish-yig’ish ishlarini amalga oshirish usuliga qarab pudrat va xo’jalik usullariga bo’linadi.
Pudrat usulida qurilish-montaj ishlarini baja­ruvchi tashkilot pudratchi deb atalib, qurilishni mablag’ bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi deb nomlanadi.
Moliyalash (mablag’ ajratish) manbaiga qarab, kapital qo’yilmalar sub’ektning o’z mablag’i hisobiga amalga oshirilgan kapital qo’yilmalari, davlat subsidiyasi hisobiga, kredit va krazlar hisobiga amalga oshirilgan kapital qo’yilmalar va boshqa kapital qo’yilmalarga bo’linadi.
Davlat subsidiyasi asosida kapital qo’yilmalarini moliyalashda shu maqsadlar uchun ro’xsat etilgan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari, byudjetdan ajratil­gan mablag’lar va bank kreditlaridan foydalanish mumkin. Limitdan ortiqcha bo’lgan kapital sarflarni shu maqsadlarga ajratilgan moliyalash uchun markaz­lashtirilmagan moliyalash manbalaridan foydalani­ladi. Boshqa kapital qo’yilmalar jamoa, shirkat va boshqa tashkilotlarning o’z mablag’lari hamda hissador­lik tartibida olingan mablag’lar, va boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Kapital qo’yilmalarini hisobga olish tartibiga doir qoidaga ko’ra buxgalteriya schyotlarining rejasida 0700-«O’rnatiladigan asbob-uskunalar» va 0800-«Kapital qo’yilmalar» deb nomlangan ikkita maxsus schyotlar guruhi ajra­tilgan. 0700 -«O’rnatiladigan asbob-uskunalar» schyotlari in­ventarli, aktiv schyotlar bo’lib uning debetida montaj qilish uchun mo’ljallangan mavjud asbob-uskunalarga haqiqatda sarflangan xarajatlarning qoldig’i (salьdosi) va yangitdan olib kelingan asbob-uskunalarga haqiqatda sarflangan xarajatlar aks ettiriladi. Bu schyotning kreditida montaj qilina boshlangan asbob-uskunalarning haqiqiy tan­narxini hisobdan chiqarish aks ettiriladi. Bunday yozuvlar uchun asbob-uskunalarning sub’ektga keltiril­ganligi va ularni yig’ish va o’rnatishga topshirilishi to’g’risidagi yuk xatlar va boshqa dalolatnomalar asos bo’lib hisoblanadi.
Asosiy vositalarning harakati ustidan quyidagi hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri to’lg’azish natijasida­gina ulardan samarali foydalanish mumkin.
Asosiy vositalarning harakati ustidan quyidagi hujjatlar yordamida nazorat o’rnatish mumkin.


  1. Download 100.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling