6. Nima sababdan planariya o‘z o‘ljasini qorni bilan yopib oladi


Download 28.95 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi28.95 Kb.
#1217987


KEYS
1.Qisqaruvchi vakuola soxta oyoqlilar hujayrasi ichidagi bosimni me’yorlashtirib turadi. U holda nima sababdan parazit ichburug‘ amyobasi va dengizlarda hayot kechiradigan soxtaoyoqlilar hujayrasida qisqaruvchi vakuola mavjud emas?
2. Xivchinlilar – bitta yoki bir hechta xivchin yordamida harakatlanadigan mikroskopik hayvonlar. U holda nega yashil evglena tanasini burab, volvoks esa koptok singari dumalab harakatlanadi?
3. Siz o‘tgan darslardan birida mikropreparatda amyobaning tufelka infuzoriyasini qamrab olib oziqlanishini mikroskop ostida olingan videofilm orqali tomosha qilgan edingiz. Tufelka esa amyobaga nisbatan ancha harakatchan hayvon hisoblanadi. U holda nima sababdan tufelka amyoba qamrovidan qutulib ketolmagan?
4. Nima sababdan korall poliplar koloniyasi iliq suvli dengizlar sohili yaqinida keng tarqalgan?
5. Kiprikli chuvalchanglar tanasining yiriklashuvi hazm qilish va ayirish organlarining murakkablashuviga olib kelgan. Buning sababini asoslab bering.
6.Nima sababdan planariya o‘z o‘ljasini qorni bilan yopib oladi
7. Jigar qurti zararlagan jigar yoki qoramol tasmalisi tuxumlari bilan ifloslangan ko‘kat iste’mol qilinganda, bu parazitlar iste’molchiga yuqishi mumkinmi?
8. Nima sababdan askarida asosan poliz mahsulotlari orqali yuqadi?
9. Bolalar gijjasi yosh bolalar organizmida kun kechiradi. Bu parazit katta yoshdagi odamlarga ham yuqishi mumkinmi?
10. Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishining qaysi xususiyatlari uning harakatlarini birmuncha murakkablashuviga imkon beradi?
11. Yomg‘ir сhuvalchangi tuzilishining qaysi xususiyatlari uning tuproq ichida hayot kechirishiga imkon beradi?
12. Chuchuk suv shillig‘ining ko‘zlari paypaslagichlari asosida, yalang‘och shilliqniki esa paypaslagichlari uchki qismida joylashganligi ular hayotining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin?
13. O‘troq yashash ta’sirida baqachanoq tana tuzilishida qanday moslashuvlar yuz bergan?
14. Qisqichbaqasimonlar faol hayot kechiradigan hayvonlar. Nima sababdan ularning jabralari jag‘oyoqlari va yurish oyoqlari asosida joylashadi?
15. Daryo qisqichbaqasining ochiq (tutashmagan) qon aylanish sistemasi yomg‘ir chuvalchangining yopiq (tutash) qon aylanish sistemasidan qanday farq qiladi?
16. Aytishlaricha, juda mustahkam ip olish maqsadida olib borilgan o‘rgimchaklarni qo‘lda boqish ishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nima uchun shunday bo‘lgan?
17. Yoz oylarida dalada dam olganingizda yosh o‘rgimchaklarning buta yoki o‘t shoxlarida, ba’zan odam boshida o‘z ipiga osilib olib, shamolda tebranib turishini kuzatgan bo‘lishingiz mumkin. Nima sababdan ular bunday qiladi
18. Ko‘pchilik hasharotlar chiroyli rangda bo‘ladi. Bir qancha hasharotlar ovoz chiqaradi. Ayting-chi, hasharotlarga chiroy va ovoz chiqarish nima uchun kerak?
19. Nima sababdan hasharotlar orasida tunlam kapalakning erkagi eng yirik mo‘ylovga ega?
20. Nima sababdan asalari va pashshalarning qorin bo‘limi tinch holatda ham ko‘tarilib va tushib turadi?
Download 28.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling