«651-18 guruh Kasbit Ta’lim» fakulteti 2020/2021 o’quv yili


Download 0.56 Mb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#221109
  1   2   3   4
Bog'liq
Yakuniy Nazorat 651-18 guruh Nurhonov.N.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

«651-18 guruh Kasbit Ta’lim» fakulteti

2020/2021 o’quv yili



Ta’lim nazaryasi fanidan

Yakuniy Nazorat

Mavzu:13-varyant

Bajardi: Nurhonov Nurjahon Nurali o’g’li

Toshkent – 2021 y.



13 Varyant

Javoblar:



1. Darsga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tish.

Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog`liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta`minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta`minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.

O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).

Shu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg`ulotning algoritmlari, samaradorligi bog`liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.

Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi.

Bashoratlash bo’lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma`qulini tanlab olish.

Loyihalashtirish (reialashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o’zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so’rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg`ulot keyingi bosqichiga qanday o’tish, oldindan ko’zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo’yicha qayta o’zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta`sir ko’rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
Ta’limning yordamchi shakllari. O’qitishning yordamchi shakllari: to’garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg`ulot, o’quv ekskursiyalari, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.

Maktabdan tashqari mashg`ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi— darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O’quvchilarning mustaqil uy ishlari ma`lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o’quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko’nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hamda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy. tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma`lumotlar kabi o’quv qo’llanmalarini to’plash va tayyorlash va boshqalar.

Darslarda pedagogning o’quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam eptibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilarni rag`batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotida keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko’pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda, o’quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko’rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo’lini esa ko’rsatmaydilar. Natijada mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo’lib qoldi.

Fan to’garaklari yo’nalishi, mazmuni, ish metodi, o’qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. To’garaklar o’qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog`liqlikni rivojlantiradi. Fan to’garaklarida o’quvchilarning ishlari o’quv jarayonini faollashtiradi, o’qish sifatini oshirishga yordam beradi.

Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichiq guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va marshrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to’la rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko’rsatiladi. Ekskursiyani o’tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o’quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog`liq bo’ladi.



Maktab o’quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo’yicha kurslarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba`zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o’rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro’yxatini aniqlashda faqat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo’yicha mashg`ulotlar majburiy va umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog`liqlikda o’tkazilishi kerak.

Maslahat (konsultatsiva — o’quv suhbati)ga talablar ko’pincha o’quvchilarning ma`lum o’quv materiali yoki topshirig`i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko’proq o’quvchi savol beradi. To’g`ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g`ri tushunishga mustaqil ravishda, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialning mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradi. Konsultatsiya o’qituvchiga o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To’g`ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarda o’zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko’z bilan qarashni tarbiyalaydi. O’qimishlilik darajasini to’g`ri aniqlashga yordam beradi.

2. Loyihalar predmet va uning yo„nalishiga ko„ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning qo„yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko„ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo„ladi. Tashhis, oldindan ko„ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qo\ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog„liq. Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalarni qo„llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U asosan alohida o„quvchi va o„quvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur. Loyihalash ta‟limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda o„quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o„quv qo„llanmalar muhim manba bo„lib xizmat qiladi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan natijaning kafolatlanishini tashhislashga imkon beradi. Bizning nazarimizda mazkur o„rinda «tashhis» tushunchasining mohiyatini yoritib o„tish maqsadga muvofiqdir. Tashhis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo„llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uni har tomonlama izchil o„rganilishi anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e‟tirof etib kelingan.

1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda o„quvchilar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta‟lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta‟lim mazmuni va o„quvchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini o„quvchilarning ijtimoiy tajriba asoslarini o„zlashtirib olishga yo„naltirilgan o„quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o„quv fani bo„yicha ta‟lim mazmuni umumiy ta‟lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o„rta ta‟lim mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) sub‟ekt faoliyatining turlaridan 39 biriga muvofiq kelishi kerak. Sub‟ekt faoliyatining turlari, o„z navbatida, aniq modellar yig„indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. O„quvchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo„lib, o„quvchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularni o„quvchilar tomonidan o„zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik operatsiyalar), o„quv faoliyatini boshqarish usullari (o„qituvchi faoliyati)ni asoslash. 2. Refleksivlik tamoyili sub‟ektning o„ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi, o„zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o„rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o„qituvchiga doimo ta‟lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, o„quvchilarning bilishga bo„lgan ehtiyojlari, ularni to„ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta‟lim jarayonining loyihasini ta‟lim jarayoni ishtirokchisi – sub‟ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to„ldirib borishni talab etadi. 3. Natijaviylik tamoyili – pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylikijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o„zlashtirish, boshqarish uslublarini tanlash, o„quv faoliyatining muvofiqligi, ta‟lim-tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub‟ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim. 4. Ko„pomillilik tamoyili. Har bir ta‟lim jarayoni bir qator ob‟ektiv va sub‟ektiv omillar ta‟sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o„qituvchi va o„quvchilarning ijtimoiy–iqtisodiy hayot sharoitlari, ta‟lim muassasalari atrofidagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o„quv muassasasining o„quvmoddiy bazasi, o„qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta‟lim muassasasi yoki 40 ma‟lum sinfdagi ma‟naviy–psixologik muhit, o„quvchilarning o„quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta‟lim jarayonini loyihalashda o„qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur. 5. O„quvchi shaxsini ta‟lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab ostonasiga qadam qo„yganidan boshlab uning faoliyat ko„lami (o„z-o„ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko„nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo„lib boradi. Shuning uchun ta‟lim jarayonining samarali bo„lishi, uni loyihalashda ta‟lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni o„quvchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta‟minlanishi zarur. Ayni vaqtda umumiy ta‟lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiq psixolog va sotsiologlarning ishtiroklari (psixopedagogik tashhis xulosasi) asosida amalga oshiriladi. 6. Ta‟lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta‟lim jarayonini samarali, o„quvchilarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o„tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta‟limni ijtimoiylashtirish, o„quvchilar tomonidan ijtimoiy tajribani individual qonuniyatlar asosida o„zlashtirilishi bilan izohlanadi. O„qituvchi faoliyatini tashkil etishda e‟tibor birinchi navbatda faoliyat usullari va jarayonlarining o„zaro muvofiq bo„lishiga qaratiladi. Bu holat me‟yoriy talab sifatida qabul qilinadi. Shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim o„quvchiga o„quv materialining mazmunini, vazifa yoki topshiriqlarni, faoliyat usullari hamda uslublarini tanlash imtiyozini beradi. Tanlash imkoniyati o„quvchini qaror qabul qilish, mustaqil izlanish va javobgarlikni his qilishga undaydi. Shu bois o„quv faoliyatining muqobil modellarini ishlab chiqish va ularni o„quvchiga taklif etish maqsadga muvofiq.
3.lms tizimlar tahlili

Ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim muassasasi o‘z ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqqan holda, o‘zining virtual axborot ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan, chunki Web muhitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan xodimlarning hamkorlikda ishlashlari, shuningdek, ta’limga yo‘naltirilgan fondlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan.

Bu o‘quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasining tahlili keltiriladi. O‘quv modulida keltirilgan dasturiy majmualar tahlili ko‘p yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasidir.

Asosiy ta’riflar


Masofaviy o‘qitish — eng yaxshi an’anaviy va innovasion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim shaklidir.

Masofaviy o‘qish — bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.

Masofaviy ta’lim — masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuasidir.

Masofaviy o‘qitish tizimi — masofaviy o‘qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.

Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar tahlili
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.

Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazo.

Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi.

So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog‘i orqali elektron shakldagi ta’lim turi Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools); Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems); Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems).






Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling