7-mavzu. Atrof-muhtni muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Download 69.5 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1520520
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu


7-mavzu. Atrof-muhtni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.

Ekologik qonun, yuridik javobgarlik, ekologik huquq, ekologik huquqbuzarlik, ekologik–iqtisodiy javobgarlik, huquqiy muhofaza, ekologik qonunchilik.


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Ularni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammolarning hal qilinishiga bog’liqdir.


Ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, tabiat bilan jamiyat bir-biri bilan o’zaro uzviy chambarchas bog’liqlikda bo’ladi. Bu uzviylik, o’zaro ta’sir tabiatning umumiy qonunlariga mos kelishi, o’zaro keng muvozanatda bo’lishlikni talab etadi. Aks holda bu muvozanatning buzilishi salbiy holatlarni keltirib chiqarib, tirik mavjudotning yashashiga havf soladi. SHu sababdan tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, undan oqilona foydalanish, uni muhofaza etish lozimdir. Tabiat ob’ektlaridan foydalanish, shunday vositalarni topish, ularni qonunlarda o’rnatish, amaliyotga qo’llash lozimki, bu bir tomondan, xo’jalik faoliyati taraqqiyotini ta’min etish, ikkinchi tomondan, tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilsin. Muammoni shunday tartibda hal etish kerakki, bunda birinchidan: tabiiy resurlardan foydalanishda ekologiyaning ham, iqtisodning ham manfaatlari hisobga olinsin, ikkinchidan: ularning uzviyligini ta’minlash mumkin bo’lmasa, ustuvorlik ekologiyaga berilishi kerak.
Tabiatni muhofaza etish turli xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shulardan eng muhimi– tabiatni huquqiy muhofaza etishdir, ya’ni tabiatni qonunlar yordamida ifloslanishdan, xo’jasizlarcha foydalanishdan, zaharlanishdan himoya qilishdir. Demak tabiatni muhofaza qilishda huquq alohida ahamiyatga ega bo’lib, u yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofaza etish tartib-qoidalarini belgilab beradi. Harakatdagi tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan qonunlardagi ekologik talablarga rioya etilishi, ularni amaliyotda to’g’ri tatbiq qilinishini ta’minlashda ekologiya qonunchiligini mukammal bilish zarur bo’ladi. Chunki ekologik noxushliklar ko’pincha ushbu qonunlarni bilmaslik hamda ularga rioya etmaslik oqibatlarida kelib chiqadi. SHu sababdan, sog’lom tabiat, atrof- muhitni saqlash ko’p jihatdan mansabdor shaxslar, fuqarolar va oiliy o’quv yurtlarida taxsil olayotgan talabalarning ekologiya qonunchiligi to’g’risida qay darajada xabardorligi va unga amalda rioya etishligiga bog’liq bo’ladi.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling