7-mavzu. Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash Reja


Download 19.96 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1226254
  1   2   3
Bog'liq
7 mavzu Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash


7-mavzu. Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash


Reja:

    1. 1. Uskunalarni rejalashtirish.(komponovka).

    2. Uskunalarni rejalashtirish usullari.

    3. Uskunalarni rejalashtirish tamoillari.

2. Sex rejalari va qirqimlarni grafik rasmiylashtirish.
2.1.Chizmalarni bajarish.
2.2.Qirqimlar.
2.3.Chizmalarda quyiladigan o‘lchamlar.
Adabiyotlar: 2, 7, 10, 12.
Tayanch so‘z va iboralar komponovka, namunali liniyalar, qirqim.


1.Uskunalarni rejalashtirish (kompanovka)
Texnologik uskunalar tanlangandan va xisoblangandan keyin ishlab chiqarish sexlarining kompanovkasini tuziladi. Sex kompanovkasida ishlab chiqarish liniyalar va boshqa obyektlar, inshoatlar orasida o‘zaro bog‘lanishlarni ta’minlanganligi ko‘rsatiladi. Korxonalarni qurishda namunali ishlab chiqarish liniyalar keng qo‘llaniladi. Bu liniyalarda barcha mashina va aparatlarning quvvati texnologik jarayonining hamma bosqichlarida berilgan quvvatni ta’minlash uchun bir biriga moslashtirilgan. Xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar transport jixozlari yordamida yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri bitta texnologik operatsiyadan ikkinchisiga jo‘natishiladi.
Tipovoy liniyalar qo‘llanilishi mexnatni ximoya qilish va xisoblash, avtomatik boshqarish va nazorat qilish, distatsion boshqarish kabi masalalarni yechilishini osonlashtiradi.


1.1.Uskunalarni rejalashtirish usullari
Uskunalarni modellash yoki maketlash usullar bilan rejalashtirish mumkin. Lekin bu usullar bir necha umumiy qoidalarga asoslangan.


1.2. Uskunalarni rejalashtirishda asosiy tamoillari
1.Uskunalarni rejalashtirishda aloxida mashina va apparatlar umumiy ishlab chiqarish liniyaga birlashtiriladi. Ko‘pgina xolatda mahsulot bitta mashinadan keyingi mashinaga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladi. Buning uchun ular jipislashib bita liniyaga quyiladi.
Masalan, mevalarni bankalarga quyish uchun joylashtirish stoli va lentali transporter, kiyma uchun tuldirgich va yopish mashinasi bir biri bilan tug‘ridan-tg‘o‘ri bog‘langan bo‘ladi.
2.Uskunalar ko‘pincha gorizontal joylashtiriladi. Ketma-ket o‘rnatilgan apparatlarning yuklash va tushirish balandligi ko‘p farq kilmasa ularni fundament balandligi yordamida tekistlash mumkin. Ushbu farq ancha katta bo‘lganda apparatlarni transport uskunalar yordamida bir biriga bog‘lash mumkin.
3.Ba’zida apparatlarni o‘zaro bog‘lash uchun ustma-ust vertikal joylanadi. Masalan, pyure tayyorlash liniyasida kirg‘ich mashinasi vertikal shparitel tagida o‘rnatiladi.
4.Suyuq va pyuresimon mahsulotlar nasos yordamida uzatiladi. Nasos yordamida o‘zum mezgasi pressga, tomat pulpasi maydalagichdan kirg‘ich mashinaga, qiyomlar qozonlardan tuldirgichlarga uzatiladi.
5. Ishlab chiqarish liniyalar uzluksizsiz bo‘lishi uchun apparatlarning ketma-ketligi texnologik jarayonining borishiga moslashgan bo‘lishi kerak.
6.Texnologik liniyalar to‘g‘ri chizikli bo‘lishi shart emas. Eng muximi qayta ishlanadigan xom ashyo chiqqan joyga kaytib kelmasligi. Masalan, makkajuxori konservasini ishlab chiqarish mexanizatsiyalangan liniyasi uzun bo‘lganligi sababli kuydagicha joylanadi:‌‌‌

——————→┐
┌←——————┘


T └———————→
7. Ba’zida aloxida ishlab chiqarish liniyalar bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi kerak, masalan, bitta mahsulotni ishlab chiqarish uchun liniya bir necha oqimga bo‘linganda (gazakbop konservalarni ishlab chiqarish liniyasi). Sabzavotli gazak konservalarni ishlab chiqarish liniyasi kuyidagi liniyalardan tuzulgan:
A) asosiy xom ashyoni (baklajon, kabachki) qovurishga tayyorlash;
B) asosiy xom ashyoni (kalampir) blanshirlashga tayyorlash;
V) sabzavotli qiymani tayyorlash;
G) sabzavotli ikrani ishlab chiqarish.
Asosiy xom ashyo va qiymani tayyorlash liniyalari bitta kundalang chizikda birlashgan bo‘lishi kerak.
8. Bankalarni yopish mashinalari sterilizatsiya bo‘limiga yaqin joylanadi.
9.Sabzavotli gazak konservalarga tomat sousi qushiladi. Shu sababli qadoqlash bo‘limi sousni pishirish bo‘limi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Sousni pishirish bo‘limi esa shakar, tuz va boshqa qo‘shimcha materiallarni saqlash sex omborlari yonida joylanadi.
10.Paralel joylashgan liniyalar xar xil uzunlikda bo‘lishi mumkin. Bunday liniyalarni ratsional joylashtirish uchun birinchi navbatda sterilizatorlarni joylashtirib, ularga banka yopish mashinalarni moslashtirib bog‘lash qulaydir. Liniyalarning uzunligi ko‘p farq qilmasa ularni trasporterlar orqali tekislash mumkin.
Meva-sabzavot konservalarni ishlab chiqarish liniyaning bosh qismi xom ashyo maydonchasida joylashtirish mumkin. Uzun liniyalarni kattarok masofaga chiqarish mumkin. Xom ashyo maydonchasida yuvish mashinalar, inspeksion transporterlar va boshqa uskunalarni joylash mumkin. Kesish, maydalash kabi jarayonlar, xom ashyo ifloslanmasligi uchun faqat sex ichida o‘tkaziladi
11. Mahsulotni nasos orqali trubalardan yuborish imkoniyati bo‘lganda kaltarok liniyaning bo‘yidan yordamchi (omborlar, idishlarni, yuvish, sous pishirish.) xonalar joylashtiriladi.
Masalan, tomat sexlarida tomat pastasi bilan birga ko‘pincha tomat sharbati ishlab chiqariladi. Pasta liniyasi uzunligi, sharbat liniyasidan ancha uzun bo‘ladi.
12. Shisha idishlarni yuvish bo‘limi, idishlar omboriga yaqinrok joylanadi. Shu bilan birga, bu bo‘lim joylash transportyori va tuldirgich bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Idishlarni tashish uchun vilochniy yoki osma transportyorlar qo‘llaniladi. Ular sexga kundalang joylashtiriladi va sexdagi xarakatlarga xalaqit bermay bir necha paralel liniyalarni ta’minlaydi.
13. Sex omborlari zavod omborlarga yaqin joylashtiriladi. Ular qo‘shimcha materiallar talab qilinadigan joyga yaqin bo‘lishi kerak.
14. Sexlar rejalashtirilganda shakar, tuz, qalampirni qo‘yish, gaz, tutunni ajratish bilan o‘tadigan jarayonlar uchun ajratilgan xonalar bo‘lishi kerak.
Ishchi zonada havo tarkibidagi zaxarli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari (m.g/m3): akrolein-0,7;ammiak-20; benzin (S ga nisbatan)-30; oltingugurt angidrid-10; etil spirt-1000; metanol-5; trixlor-etan-10; uglerod oksidi-20; sirka kislota-5; formaldegid-0,5; ishkor uchun-0,5; tashqil etadi.
Konserva zavodlarda dukkaklarni tozalash, suyaklarni shurva uchun maydalash xonalarni asosiy ishlab chiqarish sexlardan ajratish lozim. Sulfitlash bo‘limlari ochik maydonchalarda yoki yaxshi ventilyatsiya bo‘ladigan xonalarda qilinadi.
15. Sous pishiradigan bo‘limlar, shisha idishlarni yuvish xonalari sex ichida 1,8m balanlikdagi devor bilan ajratiladi.
16. Ishlab chiqarish sexlarda uskunalarni joylashganda, sex buydan va kundalang yuradigan joylar qolishi shart. Bundan tashqari xar bir uskuna yonida boshqarish va remont qilish uchun joy qoldiriladi.
17. Ishlab chiqarish liniyalarning uqlari orasidagi masofa 3-4 m o‘tish yo‘llari 1,8m (yuk telejkalari bulmagan xolda) va 2,5 m (telejkalar ishlatilganda) tashqil etadi. Devor va liniya orasidagi masofa 1,4m dan kam bo‘lmasligi kerak.
18. Liniyadagi uskunalar bir biriga zich joylashadi. Kerak bo‘lganda mashinalar orasidagi masofa. 2 m, paralel o‘rnatilgan avtoklavlar katorlari orasida –3,5 m, tashqil etadi. Qiyomni pishirish qozondar devor tagidan o‘rnatiladi, va ular orasidagi masofa 0,5 m tashqil etadi.
19. Xom ashyoni qo‘ldan ishlash stollar va konveyyer balandliklari 0,8 m tashqil etadi.
20. Bug‘latkich apparatlar va boshqa uskunalar uchun maydonchalari 2 m balandlikda o‘rnatiladi. Uskunalarning tagidagi o‘tish yo‘llari ham shu balanlikda bo‘ladi.
21. Liniyalarni kesish uchun elevatorlardan foydalanish mumkin. «Gusinaya sheya» elevatorlarning tuzilishi ular tagidan o‘tishga imkoniyat beradi.
22. Pol satxidan pastrok joylashadigan uskunalar 0,8 m poldan chiqib turishi kerak. Ko‘pincha vertikal avtoklavlar bunday joylanadi. Avtoklav trubalarini montaj qilishni osonlashtirish uchun shtutserlari pol satxidadan 0,5 m balandlikda bo‘ladigan xolatda o‘rnatiladi. Korzinalarni avtoklavga elektrotal yordamida joylashtiriladi. Elektrotal monorels orqali xarakatlanadi. Monorels poldan 4,2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Elektrotal va monorels o‘rniga bazida telfer ishlatiladi.
Sex ichida uskunalar tekis, kompakt o‘rnatilib, bo‘sh, erkin maydonlari qolmasligi kerak.
23.Balandligi yuqori bo‘lgan apparatlarni o‘rnatish uchun butun binoning devorlari ko‘tarilmay, faqat kerakli joylarda shiplari ko‘tariladi.
24. Katta apparatlar sexning markazida, yoruglikni to‘sqinlik qilmasligi uchun joylashtiriladi.



Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling