7-mavzu: Mantiqiy amallar


Download 23.9 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1483532
Bog'liq
7-mavzu


7-mavzu: Mantiqiy amallar.
Mantiqiy turdagi o‘zgaruvchi xotiradan 1 bayt joy egallaydi va 0 (false, yolg‘on) yoki (true, rost) qiymat qabul qiladi. Mantiqiy tur o‘zgaruvchilar qiymatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydigan mulohazalarni rost (true) yoki yolg‘on (false) ekanligi tavsifida qo‘llaniladi va ular qabul qiladigan qiymatlar matematik mantiq qonuniyatlariga asoslanadi. Mantiqiy o‘zgaruvchini quyidagicha faollashtiramiz.
= qiymat
Bu yerda qiymat True yoki False bo‘lishi mumkin.
Taqqoslash amallari python dasturlash tilida quyidagi jadvalda
berilgan ko‘rinishida bajariladi.


Python dasturlash tilida uchta mantiqiy bog‘lash mulohazalari
mavjud, mantiqiy mulohazalar ustida amallar quyidagicha:
- inkor;
- konyunksiya;
- dizyunksiya;
1) inkor – A mulohazani inkori deganda A rost bo‘lganda yolg‘on yoki yolg‘on bo‘lganda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.
Python tilida inkor – not A bilan beriladi. Masalan, A mulohaza inkori not A ko‘rinishida yoziladi;
2) konyunksiya- ikkita A va B mulohazalar konyunksiyasi yoki mantiqiy ko‘paytmasi «A and B» ko‘rinishga ega. Bu mulohaza faqat A va B mulohazalar rost bo‘lgandagina rost bo‘ladi, aks holda yolg‘on bo‘ladi (odatda «and» amali «va» deb o‘qiladi).
3) dizyunksiya – ikkita A va B mulohazalar dizyunksiyasi yoki mantiqiy yig‘indisi «A or B» ko‘rinishda yoziladi. Bu mulohaza rost bo‘lishi uchun A yoki B mulohazalardan biri rost bo‘lishi yetarli. Odatda «or» amali «yoki» deb o‘qiladi.
Mantiqiy amallarni bajarilish jadvali quyidagicha.

Taqqoslash va mantiqiy amallarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz.
Misol. Taqqoslash amallaridan foydalanish

Python dasturlash tilida mantiqiy amallardan foydalanishda albatta quyidagilarga e’tibor bering:
- O‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymatlarni berishda = belgisi oldidan va orqasidan bitta bo‘sh joy(probel) quying;
- O‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymatlarni berishda True va False kabi yozilish kerak ya’ni birinchi harfi katta harflarda.

Misol. Mantiqiy amallardan foydalanish



Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
>>> a = True
>>> b = False
>>> a,b
(True, False)
>>> z=a and b
>>> z
False
>>> z=a or b
>>> z
True
>>> not z
False

Nazorat savollari.
1.Arifmetik amallarni Python tilida yozilishi?
2.Ta’minlash operatori va uning vazifasi?
3.Amal bilan beriladigan ta’minlash operatorini turllari va ularni
Python tilida yozilishi?
4.Taqqoslash amallari va ularni Python tilida yozilishi?
5.Mantiqiy amal?
6.Inkor amali va uning Python tilida yozilishi;
7.Konyunksiya amali va uning Python tilida yozilishi?
8.Dizyunksiya amali va uning Python tilida yozilishi?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
1.a=rost(1) va b=yolg‘on(0) bo‘lganda quyidagi mantiqiy ifodalarning qiymatini aniqlang.

1. (a&&b)||!a;
2. (a||b)&&b;
3. (a||b)&&!b;
4. !(a||b)&&b;
5. (!a||b)&&b;
6. (!a||!b)&&b;
7. (!a||!b)&&!b;
8. !((a||b)&&b);
9. (a&&b)||!b;
10. (!a&&!b)||!b;

11.(a||b)&&(a&&b);
12.(!a||b)&&(a&&!b);
13.(a||b)&&(!a&&!b);
14.(!a||!b)&&(a&&b);
15.!(a||b)&&!(a&&b);
16.!(!a||!b)&&!(a&&b);
17.!(!(a||b)&&!(a&&b));
18.!(a&&b)||!(a&&b);
19.!(!a||!b)&&!(a||b);
20.!(!(a&&b)&&!(a||b));

2. Uchta A, B, C butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A, B, C sonlardan ikkitasi musbat son”.
3. Musbat butun son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan son ikki xonali juft son”.
4. Musbat butun son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan son uch xonali toq son”.
5. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan uchta butun sonlarning hech bo‘lmaganda 2 tasi bir biriga teng”.
6. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan uchta butun sonlarning hech bo‘lmaganda bir jufti o‘zaro qarama-qarshi”.
7. Uch xonali son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Ushbu sonning barcha raqamlari xar xil”.
Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling