7-Mavzu. Nikohning tugatilishi


Download 24.67 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi24.67 Kb.
#136135
Bog'liq
b300021a1e464353926ad260b7c00e12


7-Mavzu. Nikohning tugatilishi.(seminar)
1. Nikoh yoshi ko’pi bilan qanchaga kamaytirilishi mumkin

A) 2 yilgacha

V) 6 oygacha

S) 1yilgacha

D) 3 yilgacha

E) To’g’ri javob yo’q


2.Nikohning tugatuvchi yuridik faktlarni belgilang
A) Ajralish

V) Er-xotindan birining vafoti

S) Er-xotindan birining sud tartibida vafot etgan deb e’lon qilinishi

D) Er-xotindan birining vafoti, er-xotindan birining sd tartibida vafot etgan deb e’lon qilinishi, ajralish

E) Er-xotindan birining muomala layoqatini sud tartibida cheklash


3. Ajratish kim tomonidan amalga oshiriladi

A) Faqat sud tomonidan

V) FHDYo va sud tomonidan

S) Faqat FHDYo organi tomonidan

D) O’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan

E) To’g’ri javob yo’q


4. Nikohni haqiqiy emas deb topishga asos bo’la olmaydigan xolni belgilang

A) Nikoh ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan tuzilgan bo’lsa

V) Nikoh nikoh yoshiga to’lmagan shaxs bilan tuzilgan bo’lsa

S) Nikoh tuzishga monelik qiladiggan xolatlar mavjud bo’lgganda tuzilgan bo’lsa

D) Majburlab tuzilgan nikoh

E) Soxta nikoh tuzilgan bo’lsa


5. Nevara bobo va buvisiga nisbatan

A) Yon shajara bo’yicha qarindosh

V) Birinchi darajali

S) Ikkinchi darajali qarindosh

D) Uchinchi darajali qarindosh

E) To’g’ri javob yo’q


6. Nikoh tugaganidan so’ng necha kun ichida tug’ilgan bola nikohda tug’ilgan deb xisoblanadi

A) To’g’ri javob yo’q

V) 270 kun

S) 365 kun

D) 400 kun

E) 300 kun


7. Otalik (onalik) to’g’risida e’tiroz bildirish uchun da’vo muddati

A) 18 yil

V) uch yil

S) 6 oy


D) bir yil

E) To’g’ri javob yo’q

8. Oila huquqi fanining o’ziga xos xususiy tamoyili sifatida belgilanmagan tamoyilni ko’rsating

A) Mulk dahlsizligi

V) Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqligi’

S) Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning tengsh huquqligi

D) Oilaning, onalik, otalik va bolalaikning davlat muhofazasida bo’lishi

E) Nikoh tuzishning ihtiyoriyligi


9. Oilaviy munosabatlarning sub’ektlari-

A) Oilaviy huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan shahslar

V) Er-xotin, ota-ona farzandlar, farzandlikka oluvchilar

S) Jismoniy va yuridik shaxslar

D) Vasiylik va xomiylik organlari

E) Davlat


10. Ko’rsatilgan huquqlarni himoyalash asosiy shakllaridan, vasiylik va xomiylik organlari qaysi bir ximoyalash usulini qo’lla olmaydi

A) O’z vakolatalari doirasida ayrim xarakatlarni amalga oshirish uchun ruxsat berish

V) O’z vakolatlari doirasida mustaqil qaror qabul qilish

S) Bola huquqlari buzilganda jinoyat ishini qo’zg’atish

D) Da’vo qilish tartibida aniq talablar bilan sudga murojat qilish

E) Sud muhokamasida ishtiroq etish


11. Oilaviy munosabatlaridan kelib chiqadigan talabalarga nisbatan da’vo muddatini qo’llshda sud

A) To’g’ri javob yo’q

V) Ma’muriy javobgarlik to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Kodeksini qo’llaydi

S) Jinoyat Kodeksini qo’llaydi

D) Mehnat Kodeksini qo’llaydi

E) Fuqarolik Kodeksi normalarini qo’llaydi


12. Nikohni davlat tomonidan qayd etilishi

A) Nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida va xomiy ishtiroqida

V) Faqat nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida amalga oshiriladi

S) Nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida va vakil ishtiroqida

D) Nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida va vasiylik va xomiylik organlari ishtiroqida

E) Nikohlanuvchi shaxslarning birining bevosita ishtiroqida


13. Quyida ko’rsatilgan xolatlaridan qaysi bir nikohlanuvchi shaxslar tomonidan nikohni qayd etishda beriladigan arizaning mazmuniga kiritilmaydi

A) Yashash joyi

V) Nikohlanuvchilarning tug’ilgan vaqti

S) Nikohlanuvchilarning yoshi

D) Kasallik haqida ma’lumot

E) Nikohlanuvchilarning nikoh qayd etilganidan so’ng familiyasi


14. FHDYo organlari nikohni qayd etish uchun belgilangan bir oylik muddatni qanchaga uzaytira oladilar

A) Ko’pi bilan 3 oyga

V) Ko’pi bilan 1 oyga

S) Ko’pi bilan 7 kunga

D) Ko’pi bilan 2 oyga

E) O’zaytira olmaydilar


15. Nikoh tuzish vaqtida er va xotin

A) O’z familiyasini saqlab qoladilar yoki umumiy er yoki xotinning familiyasidan bir umumiy familiya tanlab oladilar

V) Oila va farzandlar uchun bir umumiy familiya tanlab oladilar

S) Har bir nikohlanuvchi o’z familiyasini saqlab qoladi

D) O’z familiyasini saqlab qoladilar yoki umumiy er yoki xotinning familiyasidan bir umumiy familiya tanlab oladilar, er-xotin o’z familiyalarni qo’shib qo’sh familiya tanlab oladilar

E) To’g’ri javob yo’q


16. Er-xotin bolalar tarbiyasi masalalarni qanday hal qiladilar

A) Vasiyilik va xomiylik organlari bilan birgalikda

V) Mustaqil

S) Birgalikda

D) Yaqin qarindoshlar bobo (buvi) maslaxati bilan birgalikda

E) To’g’ri javob yo’q


17. Er-xotin mashg’ulot turi, kasb, va turar joyni tanlashi

A) To’g’ri javob yo’q

V) Birgalikda amalga oshiriladi

S) Farzandlarini manfaatlarini inobatga olgan xolda amalga oshiriladi

D) Vasiylik va xomiylik organlari tavsiyasi bilan amalga oshiriladi

E) Erkin amalga oshiriladi


18. qo’yida ko’rsatilgan mol-mulkning qaysi turi umumiy mulkka kirmaydi

A) Tadbirkorlik faoliyatidan orttirgan daromadlari

V) Moddiy yordam summasi

S) Pensiyalar

D) Nafaqalar

E) Intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari


19.Umumiy ko’chmas mol-mulkni tasarruf etish bo’yicha bitim tuzish uchun

A) Xotin (er)ning notarial tasdiqlanagan roziligi kerak

V) Og’zaki roziligi kerak

S) Notarial tasdiqlangan va davlat ro’yxatidan o’tkazilgan roziligi kerak

D) Yozma shaklda berilgan er(xotin)ning roziligi kerak

E) Notarial tasdiqlangshan er-xotinning ishonchnomasi kerak

20. Er yoki xotinning roziligi olinmagan bo’lsa er xotin bitimni haqiqiy emas deb topish talabi bilan

A) Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab olti oy davomida murojat qiladi

V) Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab ikki yil davomida murojat qiladi

S) Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab uch yil davomida murojat qiladi

D) Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab bir yil davomida murojat qiladi

E) Bitim qonuniy kuchga kirganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab bir yil davomida murojat qiladi

21.Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi

A) Prokuratura tomonidan hal qilinadi

V) FHDYo organlari tartibida

S) Vasiylik va xomiylik organlari tomonidan hal qilinadi

D) Sud tartibida

E) To’g’ri javob yo’q


22. SHaxsiy mol-mulkka kirmaydigan mol-mulkni ko’rsating

A) Er-xotinning zebu-ziynatlari

V) Kiyim-bosh

S) Poyabzal

D) Ro’zg’or buyumlar

E) To’g’ri javob yo’q


23. Nizo bo’lgan xollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish

A) O’z-o’zini boshqarish organlari tartibida maxalla ko’mitasi oqsoqoli tomonidan amalga oshiriladi

V) Vasiylik va xomiylik organlari tartibida

S) Nikoh shartnomasi asosida

D) FHDYo organi tartibida

E) Sud tartibida amalga oshiriladi


24.Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo’lish to’g’risidagi talablariga nisbatan

A) Bir yillik da’vo muddati qo’llaniladi

V) Uch yillik da’vo muddati qo’llaniladi

S) Olti oylik muddati qo’llaniladi

D) Ikki yillik da’vo muddati qo’llaniladi

E) To’g’ri javob yo’q


25. Er-xotinning yoki nikohlanuvchi shaxslarning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuv

A) Er-xotinning mol-mulki to’g’risida kelishuv

V) Oilaviy shartnoma

S) Pudrat shartnomasi

D) Nikoh shartnomasi

E) To’g’ri javob yo’q


26. Nikoh shartnomasining shakli

A) Yozma notarial tasdiqlangan

V) Yozma notarial tasdiqlangan va davlat ro’yxatidan o’tgan

S) Oddiy yozma

D) Og’zaki

E) To’g’ri javob yo’q

27. Nikoh shartnomasi tarkibiga kiritish mumkin bo’lmagan xolni belgilang

A) Umumiy ro’zg’or va oila xarajatlarini ko’tarish

V) Ta’minot berish huquq va majburiyatlari

S) Er- xotinning bolalarga nisbatan bo’lgan huquq va majburiyatlari

D) Tadbirkorlik faoliyati bilani shug’ullanish

E) Mulkiy shartnomalar tuzish bo’yicha huquq va majburiyatlari


28. Nikoh shartnomasi qachon o’zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin

A) Er-xotin vafot etsa

V) Tuzilganidan so’ng bir yil davomida kelishilgan xolda

S) Tuzilganidan so’ng uch yil davomida kelishilgan xolda

D) Istalgan vaqtda o’zaro kelishilgan xolda

E) To’g’ri javob yo’q


29. Nikohdan sud tartibida ajratish amalga oshirilayotgan bo’lsa er-xotinga yarashish uchun qanday muhlat tayinlanishi mumkin

A) Uch oygacha

V) Olti oygacha

S) Bir yilgacha

D) O’n oygacha

E) Muhlat berilmaydi


30. Voyaga yetmagan bolalarning hususiy mulkini kim boshqaradi va tasarruf etadi

A) Ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va xomiylar

V) Faqat ota-ona

S) Vasiylik va xomiylik organlari



D) Sud

E) Farzandlikka oluvchilar


Uyga vazifa:

Mavzular yuzasidan berilgan testni bajarish va o’tilgan mavzularni takrorlash.
Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling