8-LABORATORIYA
Chigitdagi mag’iz va sheluxaning massa ulushini aniqlash.
Mag’iz va sheluxadagi namlikning massa ulushini aniqlash.
Chigitdagi mag’iz va shulxaning massa ulushini aniqlash
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; pichoq yoki skalpel; preparatlash ignasi;chinni kosacha.
Ishning bajarilishi. Ajratish taxtasiga yupqa qatlam hamda bir tekis yoyilgan urug’ni o’rtacha namunasidan 50 dona chigit ajratib olinadi va tarozida tortiladi. Har bir chigit o’tkir pichoq yoki skalpel bilan teng ikkiga bo’linadi. Qobiq (sheluxa)ni igna yordamida urug’idan ajratib olib, oldindan tarozida tortilgan chinni kosachaga solinadi va 0,01 gr aniqlikda tortiladi.
Chigitdagi sheluxaning massa ulushi X (%da) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
X = m1*100/m
bu yerda: m1 – sheluxani massasi, gr;
m – chigitni massasi, gr.
Chigitdagi mag’izning massa ulushi X1 (%da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
X1=100-X
bu yerda: X – chigitdagi sheluxaning massa ulushi, %
Mag’iz va sheluxadagi namlikning massa ulushuni aniqlash
Asboblar: 2-sinf laboratoriya tarozisi; quritish shkafi; pichoq yoki skalpel; qopqog’i sayqallangan stakanlar; preparatlash ignasi.
Ishning bajarilishi.Ajratish taxtasi ustida to’rtburchak shaklida yoyilgan o’rtacha namunaning har xil joyidan 50-60 dona paxta chigiti olinadi va tarozida 0.0001 gr aniqlikda tortiladi. Har bir urug’ pichoq yoki scalpel yordamida kesiladi. Sheluxani mag’izdan preparatlash ignasi yordamida ajratiladi va oldindan quritib, tarozida tortib olingan stakanga joylashtiriladi. Boshqa bir stakanga esa mag’iz solinadi. Stakanlar tarozida tortilib, 100-105°C gacha qizdirilgan quritish shkafiga qo'yiladi. Sheluxa va mag’iz doimiy og’irlikkacha quritiladi. Birinchi tarozida tortish 2 soatdan so’ng, keyingilari har 30 minutda olib boriladi.
Mag’iz va sheluxadagi namlikning massa ulushi X (%da) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
X= (m1 - m2) 100/m
bu yerda; m1 - mag’iz (sheluxa) solingan stakanning quritishgacha og’irligi, gr;
m2 - mag’iz, (sheluxa) solingan stakanning quritilgandan keyingi og’irligi, gr.;
m - mag’iz (sheluxa) namunasini og’irligi, gr.
Do'stlaringiz bilan baham: |