8-ma’ruza son va uning xususiyatlari. Olmosh. Olmoshning ma’no turlari reja


Download 116.5 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi116.5 Kb.
#220894
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Son va uning xususiyatlari. Olmosh. Olmoshning ma’no turlari


8-ma’ruza

SON VA UNING XUSUSIYATLARI. OLMOSH. OLMOSHNING MA’NO TURLARI

Reja:
1. Turkiy tillarda sonlar. Sonlarning ma’no turlari

  1. Turkiy tillarda grammatik miqdorni ifodalash usullari

  2. Turkiy tillarda olmosh va uning ma’no turlari


Asosiy tushunchalar: miqdor, sodda son, qo‘shma son, sanoq son, dona son, chama son, kasr son, aralash son, tartib son, tub son, hisob so‘zlari, rim raqami, arab raqami, kishilik olmoshi, ko‘rsatish olmoshi, o‘zlik olmoshi, so‘roq olmoshi, belgilash-jamlash olmoshi, bo‘lishsizlik olmoshi, gumon olmoshi.
Otga bog‘lanib, uning miqdorini, sanog‘ini, tartibini; otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini bildirgan so‘zlar turkumi sondir.

Sonlar harf bilan yoziladi (besh, yetti) yoki arab raqami (2, 7, 8) yoxud rim raqami (V, VII, XXI) bilan ko‘rsatiladi. Son quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Son boshqa so‘z turkumidan yasalmaydi. Son yasovchi qo‘shimchalar ham mavjud emas. Sonda so‘z yasalish hodisasi yo‘q.

2. Sonning ma’no turlari va modal shakllari maxsus affikslar qo‘shish bilan hosil qilinadi: üčtä, altav.

3.Son turlovchi affikslarni qabul qilmaydi, sifatlovchi olmaydi, o‘zi otning sifatlovchisi bo‘lib keladi.

4. Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda va otlashganda kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi, ot bajargan vazifada keladi: Sakkiz ikkiga teng bo‘linadi.

5. Son hisob so‘zlari – numerativlar bilan ham qo‘llanadi.

Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son; 2) tartib son.




Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling