8-mavzu. Elektron o‘lchash asboblari Reja: Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari


Download 45.93 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi45.93 Kb.
#1278969
  1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу


8-mavzu. Elektron o‘lchash asboblari


Reja:


1. Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari
2. Elektron ommetrlar
3. Elektron voltmetrlar
4. Elektron nurli ossillograflar
5. Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar


1. Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari

O‘lchash texnikasini mukammallashtirish istiqboli – asboblarni hozirgi zamon elektronikasi va mikroprotsessorlar asosida yaratilishidir. Elektron o‘zgartkichlar asosida tuzilgan o‘lchash asboblari elektron o‘lchash asboblari (EO‘A) deb ataladi. Chiqish o‘zgartkichi sifatida ko‘pincha magnitoelektrik asboblar, ossillograflarda elektron nurli trubkalar ishlatiladi. EO‘A elektromexanik asboblar singari analog asboblar turkumiga kiradi. Ular tezkorligi, o‘lchash diapazonining kengligi, aniqligining yuqoriligi bilan elektromexanik asboblardan ustun turadi.


EO‘A elektrik kattaliklar (voltmetrlar, chastota o‘lchagichlar va boshqalar) ni o‘lchovchi; elektr zanjir parametrlari (qarshilik, sig‘im, induktivlik va boshqalar) ni o‘lchovchi; shuningdek, har xil elektr signallar manbalarini o‘lchovchi (o‘lchash generatori) guruhlarga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan kattalik turiga qarab EO‘A asbobning nom belgisidagi harflariga ko‘ra klasslarga bo‘linadi: B – kuchlanishni o‘lchovchi EO‘A; G – o‘lchash generatorlari va kuchaytirgichlari; E – elektr zanjirining taqsimlangan parametrlarini o‘lchovchi EO‘A; S – signallar shaklini kuzatuvchi va tadqiq etuvchi EO‘A; Ch – chastota o‘lchagichlar va hokazo.


2. Elektron ommetrlar


Qarshiliklarni bevosita o‘lchashda qo‘llaniladigan elektron asboblar elektron ommetrlar deyiladi.
Elektron ommetrlarning ishlashi mo‘tadil (stabillashtirilgan) kuchlanish manbaining namunaviy va o‘lchanayotgan qarshiliklarda hosil qilingan kuchlanish pasayishlarini taqqoslashga asoslangan ( 2 - rasm). Kuchlanish manbaiga Rn va Rx qarshiliklardan iborat bo‘lgan kuchlanish bo‘lgich ulangan.



8.2 – rasm

Qarshilikdagi kuchlanish pasayishi voltmetr bilan o‘lchanadi. Rx dagi kuchlanish pasayishi Rn ga to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi uchun voltmetrning shkalasi Om larda darajalanadi. Elektron ommetrning xatoligi namuna qarshiligining metrologik xarakteristikalariga, manba kuchlanishining mo‘tadilligiga va elektron voltmetr xatoligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektron ommetrlar 10–4 dan 1012 Om gacha bo‘lgan qarshiliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Keltirilgan xatoligi 1,5 foizdan oshmaydi. Ishlab chiqarishda elektron ommetrlar, asosan, elektr qurilmalar izolyatsiya qarshiliklarini o‘lchashda va liniyadagi shikastlangan joylarni aniqlashda ishlatiladi.


Keng qo‘llaniladigan M 419 rusumli elektron ommetrda manba kuchlanishi 220 V, chastotasi 45...500 Gs, diapazoni 0...5 MOm, aniqlik klassi 2,5, gabaritlari 80x80x100 mm, og‘irligi 0,2 kg.



Download 45.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling