8-Mavzu: Pul bozorida muvozanat Reja


Download 90.96 Kb.
bet1/5
Sana30.03.2023
Hajmi90.96 Kb.
#1310252
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-amaliyot (1)


8-Mavzu: Pul bozorida muvozanat
Reja
8.1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari.
8.2. Pulga talabning klassik nazariyasi.
8.3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.
8.4. Pul taklifi. Bank multiplikatori.
8.5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul multiplikatori.
8.6. Pul bozorida muvozanat


8.1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari.

Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hyech qanday daromad keltirmaydi.


Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular : 1) to’lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o’lchovi vositasi,. jamg’arish ( boylik to’plash) vositasi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining
Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”
.

Download 90.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling