9-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: don ekish mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari


Download 188.96 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi188.96 Kb.
#1697506
Bog'liq
9-Amaliy mashg\'ulot 1-bosqich


9-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: DON EKISH MASHINALARINING TURLARI, VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI



  1. Ishning maqsadi: Don ekish usullari, ochiq maydonga don ekish, don ekish seyalkasining tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.



2. Kerakli jihozlar: DEM-3,6 yoki SZ-3,6 don ekish seyalkasi, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari.


3. Ishni bajarish tartibi:
Don ekish mashinalari
Don ekish mashinasining asosiy vazifasi urug‘lik donni belgilangan miqdorda va chuqurlikka sifatli qilib ekishdan iborat.
Mamlakatimizda boshoqli don asosan sug‘oriladigan maydonlarda etishtiriladi.Buusulda ekiladigan erga o‘g‘it sepilib, plug bilan shudgorlanadi, tishli tirma va mola bilan ishlov berilib, sug‘orish jo‘yaklari olinadi va don seyalkasi bilan jo‘yaklar ustiga urug‘ ekiladi.


Agrotexnik talablar: ekish chuqurligi (yer sharoitiga qarab), 2-6 sm; urug’larni ko’mish chuqurligi notekisligi, ko’pi bilan 1 sm; ekilgan maydon bo’yicha urug’larni belgilangan me’yorga nisbatan notekisligi, ko’pi bilan 3%; ekkichlar orasidagi notekislik, ko’pi bilan 6%; bir gektarga g’alla ekish normasi 60-250 kg/ga; ekish apparatlardagi urug’larning shikastlanish darajasi, ko’pi bilan 3% dan oshmasligi kerak.


Urug‘larni pushta olingan dalalarga ekish ishlari diskli ekkichlar bilan jihozlangan DEM-3,6 rusumli don seyalkasi (34-rasm) yordamida bajariladi.
Bu seyalka donli ekinlarni qatorlab ekishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy qismlari rama 1, don bunkeri 5, don o‘tkazgich 2, ekkichlar 3, g‘altaksimon me’yorlagich 4, zanjirli ko‘mgichlar 6 dan iborat.





34-rasm. DEM-3,6 don seyalkasini tuzilishi:
1-rama; 2-urug‘ o‘tkazgich;
3- diskli ekkich;4-g‘altaksimon me’yorlagich; 5-bunker;
6-zanjirli ko‘mgich.



Seyalka harakatlanganda bunkerdagi 5 urug‘lar o‘z oqimi bilan ekish apparatlarining qabul kameralarini to‘ldiradi. Ekish apparatlarining g‘altaklari 4 urug‘larni ilintirib, urug‘ o‘tkazgichga 2 tashlab beradi va urug‘lar diskli ekkichlarga 3 borib tushadi va yo‘naltirgichlar orqali ekkich disklari xosil qilayotgan ariqchalar tubiga qadaladi va zanjirli ko‘mgichlar 6 yordamida tuproq bilan ko‘miladi.


Pushtalarga ekishda ekilgan urug‘larni ko‘mish pushta yuzasini qamrovchi maxsus zanjirli moslamadan foydalaniladi. Diskli ekkichlar egat o‘rtasidan pushtaga qarab o‘rnatilgan bois tuproq yuqoriga qaratib ag‘dariladi va uning pastga qayta to‘kilishi hisobiga urug‘larni ko‘milishi ta’minlanadi.Diskli ekkichlar 12 ta kalta va 12 ta uzun tortqichlarga bir-biridan 150 mm masofada shaxmat tartibida o‘rnatiladi. Ularning tuproqqa botish chuqurligi tortqich prujinalari yordamida sozlanadi.
Don seyalkasini urug‘ ekishga sozlash. Don seyalkalariga asosan g‘altaksimon miqdorlagichlar o‘rnatiladi. .
Hamma g‘altaksimon miqdorlagich tublarini ekiladigan urug‘ o‘lchamlariga mos bir xil holatga qo‘yiladi, ya’ni to‘kish tirqishi sozlanadi. Kerak bo‘lsa, urug‘ni g‘altakning “pastdan” hamda “ustidan” ajratadigan qilinadi. CHunki o‘ta mayda va to‘kiluvchan (sirti o‘ta silliq bo‘lgan) urug‘ni ekishda, uning ayrim qismi g‘altak bilan tub orasidagi tirqishdan o‘z –o‘zidan chiqib ketishi mumkin. SHu sababli, bunday urug‘ni ekishda g‘altak teskari tomonga aylantirilib, g‘altak “ustidan” ajratib chiqaradigan bo‘ladi.
Sozlovchi richag yordamida valni surib, hamma g‘altaklar bir xil ishchi uzunlikda bo‘lishiga erishiladi. Seyalkaning 12 ta miqdorlagichini bunday sozlash uchun, seyalka ramasini ko‘tarib, taglikka qo‘yib sozlanadi.
Bunkerdan ajratib olinadigan urug‘ miqdori g‘altakning ishchi uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Val bilan birgalikda o‘ng tomonga to‘liq siljilgan g‘altakning chap cheti urug‘ kamerasidan chiqqan bo‘lishi kerak. Hamma g‘altakni urug‘ kameralariga nisbatan bir xil joy egallagan bo‘lishlari kerak. Ayrim g‘altaklar farqlansa, ularning yon tomonlariga qistirmalar qo‘yilib, boshqalariga tenglashtiriladi.


4. Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi, kerakli jihozlar, Don ekish texnologiyasi va agrotexnik talablar, don ekish seyalkasining vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni (34-rasm) va uni ishga tayyorlash tadbirlari ko‘rsatilishi kerak.

Nazorat savollari:
1. Boshoqli don urug‘lari pushtaga ekilishining mohiyatini ayting.

  1. Boshoqli don ekish agregatining tarkibini ayting va uni ishga tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

  2. Don ekish ishlariga qo‘yiladigan agrotexnik talablar nimalardan iborat va ularning bajarish sifati qanday baholanadi?

  3. Donni pushtaga ekish ishlari qanday tashkil etiladi?

Download 188.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling