9-mavzu: sotish (distributsiya)siyosati (Ma’ruza


Download 177.29 Kb.
bet1/18
Sana21.04.2023
Hajmi177.29 Kb.
#1372545
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9.Sotish siyosati(distributsiya


9-MAVZU: SOTISH (DISTRIBUTSIYA)SIYOSATI
(Ma’ruza (nazariy material)-2 soat)
REJA:
9.1.Tovarlarning tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularni tuzilishi
9.2.Ulgurji va chakana savdo
9.3.Tovar harakati funksiyasi


Tayanch so’z va iboralar:
Savdo tizimi, vositachilar darajasi, telemarketing, elektron savdo, bilvosita savdo, vertikal marketing tizimi (VMT), tanlab qilinadigan (selektiv) savdo, intensiv (shiddatli) savdo, alohida farqli savdo, tovarni peshtaxta orqali sotish, diler, sotuv bo’limi, korxona rahbariyati, konsignator, komitent, komissoner, distribyutor, agentlar, brokerlar, agentlik harakat (ish)lari, kommivoyajer, sotuvchi vakolatxona, ulgurji savdo, makler, sotuv shaxobchalari, savdo sindikatlari, chakana savdo


90.1.Tovarlarning tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularni tuzilishi
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach tadbirkor uni tarqatish yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois, marketing kompleksi tizimida alohida o’rinni savdo(o’tkazish, yetkazib berish, sotish) siyosati egallaydi.
Savdo tizimi –tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid qilishiuchun yengil bo’ladigan holga keltirishga yo’naltirilgan faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksining elementidir.
Savdo-korxonadan mahsulotning chiqqandan keyingi bajariladigan hamma tadbirlar kompleksini: mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash, uning jismoniy timsollari (transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va chakana savdo bo’g’inlariga yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va tovarni xususiy sotilishi), shuningdek, sotuvdan keyingi (servis) iste’molchilarga xizmat ko’rsatilishini o’zichiga oladi. Shundan savdo (o’tkazish) va sotish tushunchalari qanchalik mosligi ko’rinadi. Savdo (o’tkazish) o’zida jarayonlarning butun bir tizimini aks ettiradi, sotish esa uni yakunlaydi.
Savdo tizimi o’z faoliyatini ifodalashi uchun o’ziga xos bo’lgan tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan ayrimlariga to’xtalamiz.
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo’lgan asosiy masalalardan biri savdo kanallarini tanlash hisoblanadi.
Savdo kanali orqali ishlab chiqarish tashkilotlaridan tovar iste’molchilarga yetkazilib, individual iste’mol qilishyokifoydalanish imkoniyatiamalga oshiriladi.yani bu ishlab chiqaruvchidan tovarlarni iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo’li.
Sotuvkanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib borishini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilot. Sotuvkanali alohida olinganda quyidagilar bilan asoslanadi:

  • Mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;

  • Xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarishni rivojlantirish;

  • Samarali yo’llar bilan tovar sotuvini tashkil etish;

  • Sotuvhajmlarini oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni yetkazish.

Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo’yicha tavsiflash mumkin.
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi xaridor bo’yicha mulk egasi huquqi bo’yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har qanday vositachi.
Mustaqil darajalar soni savdo vositasi uzunligini belgilaydi. Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o’zi va oxirgi iste’molchi bajargani uchun, ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar.Uzunligiga bog’liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi.
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni bevosita iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
0-darajali kanal
Bir darajali vosita (kanal) o’ziga bitta vositachini qo’shib oladi. Iste’mol bozorida bu vositachiga, odatda, chakana savdogar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar bozorida esa – bu savdo bo’yicha agent yoki broker hisoblanadi.

Download 177.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling