9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallarini o`rganish
Download 77.09 Kb.
|
9may
9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallarini o`rganish. 2.1 Bo`limdagi”Eng muqaddas kun” ilmiy-ommabop maqolasini o`rganish. Boshlang`ich ta’limda sinfda o`qish darslari izohli o`qish metodikasida olib boriladi. O`qish darslarida o`quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi kishilar hayoti haqida, ularning o`tmishi, hozirgi yashash hayoti haqida hamda mashhur kishilar to`g`risidagi turli janrdagi asarlarni o`qiydilar. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tabiat, ob-havo, moddiy va ma’naviy boyliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar haqida har tomonlama bilim beriladi. Bilim olish jarayonida ularda jamiyat va tabiatga munosabat uyg`otiladi. O`qish darslarida bilim berish bilan birga o`quvchi shaxsi ham tarbiyalanib boradi. Binobarin, 3-sinf o`qish darslarida ham ta’lim-tarbiyaviy vazifalar kompleks ravishda hal qilinadi. 3-sinf “O`qish kitobi” darsligining “9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limida o`quvchilar Yoqutxon Rahimovaning “Eng muqaddas kun” ilmiy-ommabop maqolasi bilan tanishadilar. Ma’lumki, boshlang`ich sinflarda ilmiy –ommabop asarlarni o`qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnat va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o`rgatishdan iborat. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar amalgam oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida bilim beradi. 3-sinf o`qish darsligidan o`rin olgan “Eng muqaddas kun” mavzusidagi matn ham keng nishonlanadigan tarixiy sanaga bag`ishlangan. Bu matnlar matnlarni o`quvchilarni nafaqat xalqimiz tarixidagi tarixiy sana bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va ma’suliyatni teran anglashga ham yordam beradi. O`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o`tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, matn tahliliga alohida e’tibor berish zarur. 3-sinfda “Eng muqaddas kun” matnini o`qish bilan Xotira maydonlariga borish, muzeylarda bo`lish, mamlakatimizda yuz bergan o`zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo`lgan insonlar uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq. Matinni o`qish darsida ko`rgazma sifatida kinofilmlardan ham foydalanish mumkin. Matnni unga mos rasmlar bilan bog`lab o`qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o`quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Tinch hayotning oily ne’mat ekanligini anglaydilar. 3-sinf o`quvchilari Yoqutxon Rahimovaning “Eng muqaddas kun” mavzusidagi maqolasini o`qish orqali o`tmish ajdodlarimiz Vatanimiz uchun jon olib, jon berganliklarini, yurtimiz uchun va uning bugungi ozod, farovon hayoti uchun qurbon bo`lganlar xotirasini abadiylashtirishning ahamiyatini bilib oladilar. Shuningdek, bu kun yoshi ulug`larni, nuroniy otaxon-u onaxonlarni qadrlash kuni ekanliklari haqidagi ma’lumotlarga ega bo`ladilar. Yoqutxon Rahimovaning “Eng muqaddas kun” mavzusidagi ilmiy-ommabop maqolasini izohli o`qish darsini uyushtirish quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin. O`qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o`tkazish. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o`qish, o`quvchiga notanish bo`lgan so`zlar ma’nosi ustida ishlash; Maqola rejasini tuzish; O`qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish; Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish; Reja asosida maqolani qayta o`qish; Maqolani yaxlid o`qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o`zlashtirishlariga erishish maqsadi ko`zda tutiladi; Reja asosida qayta hikoyalash; Xulosalash va umumlashtirish. Ushbu ko`rsatilgan reja asosida 3-sinfda “Eng muqaddas kun” maqolasini o`rganish darsi ishlanmasi quyidagicha bo`lishi mumkin: Download 77.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling