Abduqodir Shakuriy hayoti va ijodi yuzasidan taqdimot


Download 1.27 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1612353
Bog'liq
Abduqodir Shakuriy

Abduqodir Shakuriy hayoti va ijodi yuzasidan taqdimot


Abduqodir Shakuriy 
(1875-1943) — maʼrifatparvar va pedagog.
Abduqodir Shakuriy1875-yilda Samarqandning Rajabamin qishlogʻida bogʻbon oilasida tugʻildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o’qishga kirdi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o’qitish usullari bilan tanishadi. Shundan muallim o’z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilishni orzu qilardi.

Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida koʻrgan va o’zi orzu qilgan yangi o’qitish usullari Rossiya joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.

Shakuriy doʻstlari yordamida Qoʻqon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o’qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o’z qishlogʻi Rajabaminda 1901-yilning kuzida birinchi yangi usul maktabini tashkil qiladi. Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi0'rta Osiyodagi boshqa maktablarga kishilar diqqatini jalb etdi.

Shakuriy faqat o’qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan. U o’z maktabi uchun darsliklarni o’z mablagʻlari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning „Rahnamoyi savod“ („Savod chiqi llanmasi“) deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan.

Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o’zi rahbarligida raf allimalik qilgan. Keyinchalik o’gʻil va qiz bolalar guruhini birlashtirib o’qita boshlagan. 1921-yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o’qitishga gʻayrat bilan kirishdi, koʻp yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi boʻlib ishladi.

1925-yilda Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablagʻlari hisobiga toʻrt sinfli yangi maktabni ishga tushiradi. Abduqodir Shakuriy 1943-yilda vafot etadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling