Urganch davlat universiteti
Download 72.57 Kb.
|
fuqarolik jamiyati muustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’atshunoslik fakulteti 172-guruh talabasi Yakubova Dinaraning Fuqarolik jamiyati fanidan MUSTAQIL ISHI
- URGANCH – 2020 Reja: Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar
- T.Gobbs va F.Bekon ta’limoti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI San’atshunoslik fakulteti 172-guruh talabasi Yakubova Dinaraning Fuqarolik jamiyati fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Fuqarolik jamiyati bo’yicha mumtoz ta’limot tahlili (G.Gegel,) Topshirdi: Yakubova Dinara Qabul qildi: Xodjayev Sardor URGANCH – 2020 Reja: Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo'yicha xulosalar G.Gegel ning fuqarolik ta’limoti bo’yicha fikrlari T.Gobbs va F.Bekon ta’limoti Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, usso, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo'yicha qo'yidagi xulosalar chiqarish mumkin: fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir.Fuqarolik jamiyatining ba'zi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va Rimda namoyon bo'lgan vaqtdan boshlab Yangi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo'lishi. fuqarolik jamiyati g'oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O'rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg'onish va Reformatsiya davri g'oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e'tirof etilishi. Har qanday fan,o'z mohiyatiga ko'ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta- kichikligidan qat'iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo'shgan.SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to'g'risidagi g'oyalar qarashlarni bir yoqlama bo'rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir. fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo'lishi mumkin. fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi. fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi. har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o'ziga xos mental xususiyatlarga bog'liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi. hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir. Fuqarolik jamiyati tushunchasining liberal talqini, yuqorida aytib o'tganimizdek, Tomas Gobbs va Jon Lokk davrida yaratilgan. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasini ular kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini, insonning tabiiy mavjudlikdan ma'rifatli hayot tarziga o'tishini aks ettirish uchun ilmiy muomalaga kiritgan. Tomas Gobbs bunday holatga davlat mavjud bo'lgan holda erishish mumkin deb hisoblagan. U davlat bo'lmagan joyda urush, qo'rquv, qashshoqlik, yolg'izlik, yovvoyilik, jaholat, davlatda - oqilonalik, xavfsizlik, boylik, tartib, bilim va olijanoblik hukm suradi, deb yozgan. Liberalizm asoschisi Jon Lokk birinchi bo'lib shaxsni jamiyat va davlatdan, erkinlikni - boshqa qadriyatlardan ustun qo'ygan. Erkinlikni u davlatning aralashuvidan xoli holat sifatida tushungan. 3. Fuqarolik jamiyatini tahlil qilishga nisbatan boshqa bir yondashuvni G.Gegel (1770-1831) taklif qiladi. U fuqarolik jamiyatiga o'z kundalik ehtiyojlarini mehnat yordamida qondiruvchi individlar majmui deb qaraydi. Uning fikriga ko'ra, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk tashkil etadi. G.Gegel fikri bo'yicha, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida fuqarolik jamiyati emas, balki davlat amal qiladi, u barcha fazilatlarni o'zida mujassamlashtiradi, inson shaxsi, umumiy siyosiy, moddiy va ma'naviy asoslarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Davlat insonni har xil tasodiflardan himoya qiladi, adolatni ta'minlaydi, umumiy manfaatlarni ro'yobga chiqaradi. Davlat, oila, qabila, millat, diniy va boshqa birliklardan farqlanuvchi «fuqarolik jamiyati» kategoriyasi XVIII-XIX asrlarda tadqiqot predmetiga aylandi. G.Gegel o'zining «Huquq falsafasi» asarida fuqarolik jamiyati tushunchasini atroflicha o'rgandi va unga shaxslarning ehtiyoji va mehnat taqsimoti tizimi, adliya (huquqiy muassasalar va huquqiy tartibot), tashqi tartib (politsiya va korporatsiyalar) orqali aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta'rif berdi1. O'sha davr jamiyati va davlatiga nisbatan G. Gegelning qarashlari eskirganligiga qaramay, uning fuqarolik jamiyati davlatga nisbatan mustaqil bo'lgan shaxsiy manfaatlar jabhasi, ijtimoiy tuzum, mehnat taqsimoti va mulk shakllariga bog'liq ekanligi haqidagi fikrlari ijtimoiy fanlarning rivojlanish yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ldi. G.Gegel fikriga ko'ra, fuqarolik jamiyati - bu, avvalo, xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat qurilishi, huquq, axloq, burch, madaniyat, maorif, qonunlar va ulardan kelib chiquvchi sub'ektlarning o'zaro yuridik aloqalaridir. Tabiiy, «nomadaniy» holatdan «odamlar fuqarolik jamiyatiga kirishlari lozim, chunki faqat shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqiy xususiyat kasb etadi». 2Ayni vaqtda Gegel bunday jamiyat faqat «hozirgi dunyoda» mavjud bo'lishi mumkinligini qayd etadi. Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma'rifatsizlikka qarshi qo'yiladi. Gegel fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik harakatlanuvchi alohida bosqich uzoq tarixiy davr davomida o'rta asrdan to yangi davrgacha transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik jamiyati va davlatni aralashtirib yuboruvchi o'sha davrda hukmron bo'lgan tabiiy huquq nazariyasini tanqid qilgan, uning fikricha, ijtimoiylik xususiyatiga asoslanuvchi fuqarolik jamiyati, oilaning axloqiy va davlatning ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi.U adolatili qonunlar va odil sudlarni fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi. Fuqarolik jamiyatini konseptual tushunishga Immanuil Kant (1724-1804) harakat qilgan. Kant fuqarolik jamiyatini butun insoniyat uyi deb bilgan. Bu jamiyatda har bir inson hatti- harakati oliy axloqiy qonun - qat'iy imperativ bilan belgilanad. Uning fikricha, fuqarolik jamiyati mavjud qonunlar doirasida hech kim tomonidan cheklanmaydigan intilish, tamoyillarining erkilik bilan uyg'unligi, boshqacha aytganda, fuqarolarga mos bo'lgan jamiyatdir. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, XVIII asr o'rtalariga kelib fuqarolik jamiyati - davlat an'anaviy paradigmasi qayta ko'rib chiqila boshlandi. Bu jarayon XVIII - XIX asrlarga kelib to'xtadi, bu davrga kelib yangi tizim o'zining - xususiy mulk, erkin bozor iqtisodiyoti, parlamentar demokratiya va huquqiy davlat, ijtimoiy va siyosiy sohalar o'rtasidagi bo'linish. Fuqarolik jamiyati demokratik normalari va qadriyatlari zamonaviy ijtimoiy-falsafiy tafakkurda ham taxlil qilingan. Zamonaviyroq ko'rinishda demokratiya g'oyalari Turkistonda ma'rifatparvar jadidlar faoliyatida kuzatiladi. Evropada bo'lgani kabi Turkistonda ham o'rta asrlar feodal munosabatlari, dogma va an'analarga qarshi bo'lgan ma'rifatparvar g'oyaviy oqim sifatida xarakterlanadi. U progressiv kuchlarning mamlakatni feodal turg'unlik davridan olib chiqishga harakat qilgan va kurashganlarini aks ettiradi. Jadidlar ta'lim tizimini isloh etishni talab qilib, dunyoviy fanlar faolroq o'qitiladigan yangi usuldagi maktablarni ochgan, ularda aniq, tabiiy-ilmiy, iqtisodiy fanlar o'qitilgan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta'kidlashicha, demokratik qayta qurish g'oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o'z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo'shgan. Yurtimizda ijtimoiy-falsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g'oyalari ma'rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o'z davridan ilgarilab o'tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an'ana va urf-odatlar demokratlashuvga to'siq bo'lmasligini, aksincha, mavjud an'analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini asoslaydi. Birinchi Prezident I.A.Karimovning so'zlari bilan aytganda, "o'zbek xalqi boy tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi, va uch ming yillik davrni o'z ichiga olib, bizga boy tajriba va ibratli saboq beradi, uni qabul qilishimiz va rivojlantirishimiz kerak bo'ladi" . Umuman olganda, fuqarolik jamiyati falsafiy konsepsiyalarining insoniyat tarixida o'rni va rolini baxolar ekanmiz, uning nafaqat ilmiy-texnikaviy yutuqlar bilan, balki inson borlig'ining ekzistensial ibtidosini qayta tushunish bilan kechgan. Bu davrda inson erkinligini boshqacha tushunish usuli yuzaga kelib, u fanga jiddiy ta'sir qiladi. Bunda erkinlik o'z qiziqishlari yo'lida boshqariluvchi emas, balki har bir insonning o'z taqdiri uchun javobgarligi ma'nosida tushuniladi. Frensis Bekon Frensis Bekon (22-yanvar 1561, London — 9-aprel 1626, oʻsha yerda) — ingliz faylasufi, tabiatshunosi, mantiqshunosi, siyosiy arbob va tarixchi. Kembrij universitetini tugatgan (1575), Sudya, vazir, lordkansler boʻlib ishlagan. Falsafaga oid 2 ta — «Yangi organon» (1620), «Yangi Atlantida» (1627) asari bor. Birinchi kitobida Aristotel «Organon»idagi deduktiv uslubning hayotdan ajralganligini tanqid qilib, induktiv uslubga asos soladi. Fan tajribaga asoslanishi kerakligi haqidagi gʻoyani olgʻa surib, i.t.? ning kuzatish, eksperiment, tajriba uslublarini ishlab chikadi. Bekon bevosita tajribaga asoslangan bilimlar ishonarli boʻlishini koʻrsatdi. Bekonning fikricha, bilimning vazifasi tabiatdan inson manfaati yoʻlida foydalanish, yaʼni uning ustidan hukmronlik qilish, inson hayotini takomillashtirish, aqlni yanglishish («idol» yoki «alomat»)lardan tozalash lozim. Bilishda tajriba ikki xil boʻladi: 1) sinalgan tajriba boʻlib, u insonga bevosita fonda keltiradi; 2) yoʻl koʻrsatuvchi tajriba boʻlib, uning yordamida narsalarning qonuniyati va xossalari oʻrganiladi. Bekon fanning aql bilan bogʻliqdigini koʻrsatdi. Bekonning «Yangi Atlantida» asarida uning jamiyat haqidagi fiqolari aks etgan. Bekon jamiyatni fan va ishlab chiqarish? asosida qayta tashkil etish gʻoyasini olgʻa surdi. Davlatni boshqarishda mutlaq monarxiya tarafdori boʻlgan. Bekon ingliz materializmining va yangi davr tajribaviy fanining asoschisi sifatida tan olingan boʻlsada, xudoning mavjudligini inkor etmagan. G‘arb olimi Maykl Volzer fuqarolik jamiyati bilan demokratiyaning o‘zaro aloqadorligini sanatkorona ifodalangan edi: “faqat demokratik davlatgina demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga qodirdir”. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasining ilk ildizlari Aristotel va Sitseron singari ko‘hna dunyo faylasuflarining izlanishlariga borib taqaladi. Bu mutafakkirlar davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi “siyosiy jamiyat”ning muqobili sifatida ham ishlatilgan. Zero qadim yunon o‘lkasida oila, e iqod, ma ifat, madaniyat sanat, umuman hayotning barcha qirralari siyosiylashtirilgan edi. Buning ustiga, alohida olingan shaxs o‘zini jamiyatdan ayrim holda his qilaolmas edi. Tarixda bunday qarashlar uzoq vaqt yashab kelgan. Yevropada fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi ilk g‘oyalar XVIII asr o‘rtalarida T.Gobbsning “Tabiiy va siyosiy qonunlar unsurlari”, “fuqaro haqida”, shuningdek davlat va hokimiyat haqidagi boshqa asarlarida (“Leviafan”) o‘z ifodasini topganidan keyin paydo bo‘ldi. Shu davrdan boshlab fuqarolik jamiyati dolzarb ijtimoiy-siyosiy tushuncha sifatida takomillashib bordi. T.Gobbs dastavval insondagi tabiiylikni uning ijtimoiy sifatlariga qarama-qarshi qo‘yadi. Bu paytdagi qarashlarda boshqarish bo‘lmaydigan, nosiyosiy, shu sababli ijtimoiylashmagan jamiyat va davlat qonunlariga yoki hokimiyat, shuniningdek, siyosatga bo‘ysunuvchi ijtimoiy borliqdan ayrim kengliklar ham borligi joy olgan. Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi yangi qarashlarning dastlabki muammolaridan biri-uni tabiiylikdan ijtimoiy-siyosiy asoslab berishga o‘tishdan iborat bo‘ldi. Bu davrda insonning o‘zini ikki xil tabiiy va ijtimoiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi qarashlar paydo bo‘lgan. Unga binoan, jamiyat, davlat va uning siyosati tabiiylik kasb etish lozim edi. Jamiyatning ana shunday tabiiy boshlanishini sivilizatsiyaga erishganlik deb baholash rasm bo‘ldi. Natijada sivitas – shahar, sivilatas – boshqaruv, fuqarolik, davlat, siyosat, fuqarolik jamiyati (qadimgi Rimdagidek) tushunchasiga o‘tish boshlandi. Fuqarolik jamiyati va davlat munosabatlarini juda mukammal ishlab chiqqan siyosatshunoslardan ko‘zga ko‘rinarlisi V.Gegeldir. “Fuqarolik jamiyati, - deb ta’if beradi Gegel, - faoliyati qonun bilan boshqariladigan shaxslar, sinflar, guruhlar va boshqa institutlarning majmuasi bo‘lib, bu majmua to‘g‘risdan – to‘g‘ri siyosiy davlat boshqaruviga bog‘liq emas”. Gegel birinchilardan bo‘lib, “davlat” va “fuqarolik jamiyati” o‘rtasida tafovutlar va o‘zaro bog‘liqliklar mavjudligini takidlab, fuqarolik jamiyatini inson o‘z mehnati rohatini o‘zi topadigan joy, deb qaraydi. Shuningdek, davlat insonga bunday jamiyat qurish imkoniyatini ochib beradi, degan fikrni ilgari suradi. XX asrning 70 yillaridan boshlab “fuqarolik jamiyati” tushunchasi yer yuzi bo‘ylab keng tarqaldi. Hozirgi davrda “siyosiy jamiyat” va “fuqarolik jamiyati” tushunchalari olimlar va siyosiy arboblar tomonidan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishiga zo‘r berilayotgan bo‘lsada, ular etimologik jihatdan sinonim bo‘lgan tushunchalar haqida fikr yuritayotgandek ko‘rinadi. 1Гарант: Гегель Г.В.Ф. Философия права. - Москва, «Мысль», 1990. - С.227. 2Гегель Г. Работы разных лет. Том 2. - Москва, 1973. - С. 50. Download 72.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling