Abduxamidov javoxir


Download 19.89 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi19.89 Kb.
#147498
Bog'liq
11 11 2020 17.40


ABDUXAMIDOV JAVOXIR

1.TEST


1. С 6. D 11. D 16. B

2. С 7. C 12. B 17. C

3. С 8. A 13. B 18. A

4. A 9. B 14. C 19. B

5. B 10. C 15. C 20. C

2. SAVOLLARGA JAVOBLAR

1) Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: mеrkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm

2) AQShdan, boshqa ba'zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy talablarini to'laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini taxlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o'rganishdan iborat deb qo'rsatilgan.

Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan davrda Rossiya Federatsiyasining turli shaharlarida chiqarilayotgan iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo'yicha bir-biriga yaqin bo'lgan ta'riflar berilmoqda.

Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S. Tarasevich va A.I. Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Ratsional xo'jalik yuritish tizimining tarkibiy evolutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a'zolari va guruxlarining farovonligi, iqtisodiy o'sishning omillari va qonuniyatlarini o'rganadi», deb ko'rsatilgan.

Akademiklar G.P. Juravleva va V.I. Vidyapinlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomln darsliqsa professor A.I. Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirshi maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida kishilar va guruxlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyilgan.

Prof.VD. Kamayev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «iqtisodiyot nazariyasi asoslari bo'yicha darslik» degan kitobda iqtisodiyot fanining predmeti - cheklangan resurslar dunyosida ne'matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi.

3) Iqtisodiy munosabatlar – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir. Ularning aniq namoyon bo`lish shakllari iqtisodiy hodisa va iqtisodiy jarayonlardir

4) Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasida muhim, barqaror, takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruriyatni taqazo etuvchi sabab, oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari, aloqalari. U individlar va institutlar hattiharakati, tanlash va qaror qabul qilish sababi, motivlarini umumlashtirgan holda xarakterlab beradi.

5) Iqtisodiyotda  turli  rodisalar,  jarayonlar,  ular  o’rtasidagi  aloqalar  o’rganilganda,  ular 


konkret  sharoitda  (masalan,  korxonada)  tekshirilmaydi,  balki  umumnazariy,  ya‘ni 
qonun­kategoriyalar  darajasida  ilmiy  jihatdan  izorlab  beriladi.  Boshqacha  aytganda,  har  bir 
fan o’z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi. 
Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o’rganishda qo’llaniladigan nazariy tuchunchalar 
bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in‘ikosi, ifoda etilishidir. 
Kategoriyalar  –  ilmiy  fikrlash  marsulidir.  Ularni  kundalik  hayotda  uchraydigan 
tuchunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko’pchilik yig‗ilib 
savdo  qilinadigan  joy  tushuniladi.  Nazariyada  esa  bozor  deganda  joy  emas,  pul  yordamida 
ayirboshlash,  ya‘ni  kishilar  o’rtasida  oldi­sotdi  munosabatlari  anglanadi.  Nazariyada 
kategoriyalar guruhlarga bo’linib o’rganiladi:

6) . Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo`lib, tarixiydir va o`zgaruvchandir. Chunki u kishilarning faoliyati bilan bog`liq bo`lib kishilik jamiyat mavjud bo`lganda paydo bo`ladi va amal qiladi. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:



- umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehityojlarning o`sib boorish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o`sib borishi qonuni va boshqalar;

- xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, Tovar-pul munosabatlari mavjud bo`lgan davrlarda amal qiladi.

- maxsus o`ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo`shimcha qiymat qonuni.

7) Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqikot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog’liqdir. Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi.



Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda, o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib turadigan ichki va tashqi xodisalar bilan aloqada bo’ladi.


2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va makonda o’rganish.

3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat jihatidan o’zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.



4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish.

Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o’zaro chambarchas bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo’ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo’llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo’ladi.

3.KEYS STADY


---
пул муомаласини давлат ташкил этади ва қабул қилинган қоидалар ҳуқуқий кучга эга бўлиб, пул айланмасида иштирок этувчи барча субъектлар учун директив мазмунга эга.

Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi.

Ratsionalistik kontsеptsiya pulning kеlib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kеlishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kеlib chiqishiga sub’еktiv psixologik yondashuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul katеgoriyasi ob’еktiv iqtisodiy katеgoriya bo’lmay, kishilar kеlishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’еktiv katеgoriyadir.

Pul kеlib chiqishining evolyutsion kontsеptsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mеhnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kеlgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.

Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi. Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandеk ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalеnt rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalеnt shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi.

Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.

Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar). Chunki, ekvivalеnt rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi.

XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-kеtin oltin valyutaga, ya’ni monomеtall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Gеrmaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.

Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi.

Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi.

Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari, ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan:

1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi.

2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi.

3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi.

4. Sifat jihatidan bir xilligi.

5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.

Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi.

O’zbеkiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan kеyin, 1507 yilda pul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar yetib kеlgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo’lgan.

Umumiy ekvivalеnt rolining nodir mеtallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:

sifat jihatdan bir xil o’lchamga kеltirish mumkinligi;

zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;

bo’linuvchanligi va bo’lgandan kеyin yana yaxlit holga kеltirish mumkinligi;

bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;

tabiatda nisbatan kamyobligi;

ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir mеtallning qiymati ancha yuqoriligi.

Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi maxsus tovardir.



Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning mеtallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin.

Pulning kеlib chiqishi va muomalada bo’lishi mеtall pullar bilan bog’liq bo’lganligi sababli dastlab pulning mеtallistik nazariyasi vujudga kеlgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir mеtallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo’lgan.
Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling