Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ogiz boshligi azolari xastaliklari klinik belgilari tashxislash va davolashda abu ali ibn sino qarashlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQ TABOBATI, FTIZIATRIYA, SPORT TIBBIYOTI KAFEDRASI Og’iz bo`shlig’i a`zolari xastaliklari, klinik belgilari, tashxislash va davolashda Abu Ali ibn Sino qarashlari
Buxoro-2018 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQ TABOBATI, FTIZIATRIYA, SPORT TIBBIYOTI KAFEDRASI «TASDIQLAYMAN» Buxoro Davlat tibbiyot instituti rektori___________A.Sh.Inoyatov «_____»________________2018 yil Og’iz bo`shlig’i a`zolari xastaliklari, klinik belgilari, tashxislash va davolashda Abu Ali ibn Sino qarashlari Tibbiyot instituti va tibbiyot kolleji talabalari, stomatologlar, umumiy amaliyot shifokorlari uchun mo`ljallangan uslubiy qo’llanma Bilim soxasi: 500000- Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot Ta`lim soxasi: 510000- Sog`liqni saqlash Ta`lim y o`nalishlari : 5510100- Davolash ishi 5111000- Kasbiy ta`lim (Davolash ishi) 5510400-Стоматология Buxoro-2018 Tuzuvchilar:
Hamroyeva Yulduz Saidovna- Xalq tabobati, ftiziatriya, sport tibbiyoti kafedrasi o`qituvchisi
Mustafayeva Shargiya Ahmadovna- Xalq tabobati, ftiziatriya, sport tibbiyoti kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchilar: 1.I.J.Aslonova Ichki kasalliklar va klinik farmakologiya kafedrasi katta o`qituvchisi, t. f. n.
2. M.Sh. Nasirova Fakultet va Gospital terapiyasi, kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Uslubiy qo`llanma Institut Markaziy uslubiy komissiyasining yig`ilishida ko`rib chiqildi. Bayonnoma № «___ __________ » 2018 y MUK raisi,: t.f.n. M.N.Safarov ________ Institut Ilmiy kengashida ko`rib chiqilib tasdiqlangan Bayonnoma № «___ __________ » 2018 y Ilmiy kotib, t.f.n. dotsent K.J.Boltaev _________
Metodik qo`llanma tibbiyot instituti va tibbiyot kolleji talabalari, stomatologlar, umumiy amaliyot shifokorlari uchun mo`ljallangan Kirish Og`iz bo`shlig`i a`zolari kasalliklari Ibn Sino davrida ham, bizning hozirgi kunimizda ham keng tarqalgan kasalliklar sirasiga kiradi. Og`iz bo`shlig`i a`zolarida uchraydigan kasalliklarni Ibn Sino ta`limotiga asosan o`rganish har jihatdan ahamiyatli hisoblanadi. Chunki ularni davolashda bobomizning bir talay e`tiborga molik fikrlari mavjud. Shuni e`tiborga olgan holda ushbu kasalliklarni davolashda zamonaviy usullar bilan birgalikda Ibn Sino bobomiz qoldirgan boy meroslaridan foydalanishni tadbiq etish asosiy maqsad qilib olindi. Sharq tabobati usulida og`iz bo`shlig`i a`zolari anatomiyasini o`rganish. Og`iz bo`shlig`i a`zolari kasalliklari , ularning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, turlari, aniqlash usullari, davolash chora tadbirlari, tavsiya etiladigan dоrivor o`simliklar haqida talabalarga tushuncha berish bizning asosiy vazifamizdir. Mashg’ulot davomida talabalarga Ibn Sino ta`limoti asosida kasalliklarni davolashning afzalliklari, foydali jihatlari, nojo`ya ta`sirlarning kamligi, ta`sir doirasining esa qanchalik kattaligini o`rgatishga qaratilgan.
I. Mavzuning nomi: Og’iz bo`shlig’i a`zolari xastaliklari, klinik belgilari, tashxislash va davolashda Abu Ali ibn Sino qarashlari II. Mashg’ulot mavzusini asoslari: Og`iz bo`shlig`i a`zolari kasalliklari Ibn Sino davrida ham, bizning hozirgi kunimizda ham keng tarqalgan kasalliklar sirasiga kiradi. Og`iz bo`shlig`i a`zolarida uchraydigan kasalliklarni Ibn Sino ta`limotiga asosan o`rganish har jihatdan ahamiyatli hisoblanadi. Chunki ularni davolashda bobomizning bir talay e`tiborga molik fikrlari mavjud. Shuni e`tiborga olgan holda ushbu kasalliklarni davolashda zamonaviy usullar bilan birgalikda Ibn Sino bobomiz qoldirgan boy meroslaridan foydalanishni tadbiq etish asosiy maqsad qilib olindi. III. Mavzuda yoritilgan asosiy masalalar. Sharq tabobati usulida og`iz bo`shlig`i a`zolari anatomiyasini o`rganish. Og`iz bo`shlig`i a`zolari kasalliklari , ularning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, turlari, aniqlash usullari, davolash chora tadbirlari, tavsiya etiladigan dоrivor o`simliklar haqida talabalarga tushuncha berish.
Mashg’ulotlarni tarbiyaviy ahamiyati. Mashg’ulot davomida talabalarga Ibn Sino ta`limoti asosida kasalliklarni davolashning afzalliklari, foydali jihatlari, nojo`ya ta`sirlarning kamligi, ta`sir doirasining esa qanchalik kattaligini o`rgatishga qaratilgan.
Talabalarning o’tgan amaliy mashg’ulotlardan olgan bilim va qobiliyatlarini ya’ni Ibn Sino ta`limotiga asoslangan holda davolash usullarini amaliyotda qo’llash, og`iz bo`shlig`i a`zolari kasalliklarida qo`llanadigan dori vositalarini to’g’ri tanlay olishni o’rgatishdan iborat.
VI. Amaliy mashg’ulotni tashkil qilish va o’tkazish bosqichlari. № Amaliy mashg’ulotni o’tkazish bosqichlari Ajratilgan vaqt 1 Talabalar davomatini o’rganish va o’qituvchining kirish so’zi 10 min
2 Shu mavzu bo’yicha interaktiv usulda talabalarni nazariy bilim darajasini o’rganish 50 min
3 Shu mavzu yuzasidan talabalarga tushuntirish 20 min 4
borib mavzuga oid bemorlarni ko`rish va kasallikni olib borishni o`rganish 90 min 5
usullarini tanlash hamda tahlil qilish 45 min
6 O’tkazilgan mashg’ulot yuzasidan talabalar mustaqil ishlari 45 min 7
10 min
6 soat
Mashg’ulotlarni o’tish joyi va kerakli o’quv anjomlari. O’quv xonasi, ko’rgazmali qurollar, mul’timediyalar, asbob-uskunalar, tablitsalar.
1.Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari I kitob 1994 y. Toshkent. Xalq merosi nashriyoti. 2. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari II kitob 1994 y. Toshkent. Xalq merosi nashriyoti.
3. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari III kitob 1994 y. Toshkent. Xalq merosi nashriyoti. 4. Abu Ali ibn Sino. “Канон врачебной науки” I-X. Toshkent. “Abu Ali ibn Sino. nashriyoti. 1996 yil. 5. Ibn Sino ta`limoti F.E. Nurboyev 2010yil. Tib–kitob nashriyoti. O`quv qo`llanma.
1. Og’iz va tilning anatomiyasi Ibn Sino ta`limotida. 2. Tilning bo`shashuvi, og’irlashuvi va so`zlashga xalal berishi. 3. Tilning tirishuvi, tilning kattalashuvi qanday kasallik? 4."Qurbaqa" lapsha kasalligi nima? 5.Og’izda bo`ladigan mayda chiqiqlar qanday davolanadi? 6.Og’iz chaqasi va yomon yaralari qanday kasallik? 7. Tishlarni sog’ saqlash tadbirlari nimalardan iborat? 8.Tish og’rig’ini davolash usullari nimalardan iborat?
uchun beriladigan masalalar. 1.Til va tishlarnung tabiiy mizojlari aniqlash. 2. Til va tishlarnung buzilgan mizojlarini aniqlash. 3.Tishdagi og`riqlar, sabablari, davolashni o`rganish. 4. ."Qurbaqa" lapsha kasalligining klinikasi, tashxislash va davolashni bilish. 5. Tishlarni sog’ saqlash tadbirlarini bilish. 6.Og`iz bo`shlig`ida uchraydigan kasalliklar va ularni davolash usullarini bilish.
XI. Mashg’ulotning mazmuni. Sharq tabobatida og’iz bo`shlig’i a`zolari va tomoq xastaliklarini tashxislash, ularni davolash usullari.
OG’IZ VA TILNING ANATOMIYASI Og’iz quyi bo`shliqqa ovqatni yetkazish uchun eng kerakli, yuqori bo`shliqqa havo yetkazishda hamkor va me`da og’zida yig’ilib qolib, quyiga haydalishi qiyin yoki mashaqqatli bo`lgan chiqindilarni chiqarib tashlashda foydali bir a`zodir. Og’iz insonda so`zlash a`zolari uchun, boshqa hayvonlarda esa tovush a`zolari uchun havo chiqarish orqali ovoz chiqaradigan, umumiy bir bo`shliq vazifasini bajaradi. Til og’izdagi bir a`zo bo`lib, chaynalgan narsani og’izda aylantirish, tovushni bo`lib ajratish va harflarni chiqarish quroli hisoblanadi. Mazani ajratish xususiyati ham tilga tegishlidir. Til osti sathining terisi qizilo`ngach terisiga va me`daning ichki tomoniga tutashgan. Tanglay terisi esa, o`qsimon chok ro`parasida ikki barobar qismga bo`lingan. U ikkala bo`lak o`rtasida boylog’lar va birikish sababli hamkorlik bor. Tilni harakat qildiruvchi va harakatdan to`xtatuvchi mushaklar mavjud. Yaxshilab so`zlashga eng qobiliyatli til uzun va kengligi mo`tadil bo`lib, uchi ingichka bo`lgan tildir. Agar til juda katta va keng yoki tortishganga o`xshash kichik bo`lsa, unday til egasi so`zlashga qodir bo`lmaydi. Tilning moddasi g’ovak va oq etdan iborat bo`lib, unda mayda va ichkariga botgan qon tomirlar joylashgan. Shu tomirlar sababli tilning rangi qizil bo`ladi. U tomirlarning ba`zisi arteriya va ba`zisi venadan iboratdir. Tilda o`ziga kelgan to`rtta asabdan shaxobcha bo`lib chiqadigan ko`p asablar bor. Tilning tagida surma cho`pi sig’adigan ikkita teshik bor. U teshiklar so`lak qaynab chiqadigan o`rin bo`lib, tilning ildizida joylashgan va "so`lak ishlab chiqaruvchi" deb ataladigan etga borib yetadi. Bu ikkala teshikni "so`lak to`kuvchilar" deb ham ataydilar, ular tilni va til ustini qoplab butun og’iz pardasiga, qizilo`ngach va me`daga tutashgan pardaning namligini saqlab turadilar. Tilning tagida suradayn deb ataladigan ikkita katta ko`k tomir bo`lib, ulardan ko`p tomirlar ajralib chiqadi. TIL KASALLIKLARI Goho tilda uning harakatiga zarar yetkazadigan kasalliklar paydo bo`lib, natijada til yo butunlay harakatsiz qoladi, yoki uning harakati kuchsizlashadi, yoki harakati o`zgaradi. Goho tilda kasalliklar paydo bo`lib, tilning tegib bilish va totib bilish sezgilariga zarar etkazadi, u sezgilar ishdan chiqadi, yo kuchsizlashadi, yoki o`zgaradi. Ba`zan totish sezgisi yo`qolib, tegish sezgisi yo`qolmagani kabi, sezgining biri yo`q bo`lib, ikkinchisining yo`qolmasligi mumkin, chunki kasallik o`z zararini eng kuchsiz sezgiga qaratgan bo`ladi. Tilning kasalligi goho mizoj buzuqligidan bo`ladi, goho qurol a`zoga tegishli kasallik bo`lib, tilning kattaligi yo kichikligidan, yoki shaklining buzuqligi, yoki vaziyatining buzuqligidan iborat bo`la-di, shular natijasida til yoyilmay yo yig`ilmay qoladi, yoki til kasalligi uzluksizlikning buzilishidan bo`ladi. Goho til kasalligi bironta shishlardan iborat bo`lgani singari murakkab bo`ladi. Ba`zan kasallik tilning xuddi o`zida, ba`zan esa miyaning hamkorligi bilan bo`ladi. Shu paytda ikki yuz va lablar ham ko`pincha, hamkorlik qiladi. Ba`zan, zarar tilga xos bo`lgan asab shaxobchasining o`zidagina bo`lmasa, kasallik boshqa sezgilarning hamkorligi bilan ham bo`ladi. Til kasalligi, ko`pincha, me`daning hamkorligi bilan bo`ladi, ba`zi vaqtlarda o`pka va ko`krak ham hamkorlik qiladi. Tilning mizojlariga rangining oqligi, sariqligi, qizilligi va qoraligi, tegib sezilishi hamda nordonlik, shirinlik, bemazalik, achchiqlik yoki sasishdan kelib chiqadigan yomon mazali, shuningdek, taxir va burishtiruvchi maza kabi biror mazani ko`proq sezishi belgi bo`ladi. Bu ham borki tilning rangidan va u sezayotgan mazadan olingan belgi boshqa a`zolarning kasalliklariga ham belgi bo`ladi. Chunki tilning qizilligi, ayniqsa u g’adir- budurlik bilan birga bo`lsa, bosh, me`da va jigar tomonlarida qondan paydo bo`lgan shishlarning borligiga belgi bo`ladi. Oqligi, me`da og’zi va jigarning sovuqligiga va boshda balg’am borligiga belgi bo`ladi, ba`zan tilning oqligi badan rangi boshqacha bo`lsa ham, sariq kasalligiga belgi bo`ladi. Til sezayotgan maza butun badanda yoki me`da va boshda qaysi xiltning ko`payganligiga dalolat qiladi. Goho tilning kasalligiga uning ho`lligi va quruqligi ham belgi bo`ladi. Uning quruqligi ikki jihatdan bilinadi: biri til yuzining tozaligi bilan bilinadi, bu esa haqiqiy quruqlikdir. Ikkinchisi yopishqoq xiltning til yuziga oqib kelib issiq sababli qurib qolganligidan bilinadi. Bu hol, til javharining quriganligiga emas, balki til yuzida yo nazladan, yoki quyu va tiqiz bug’dan yig’ilgan yopishqoq rutubatga belgi bo`ladi. Bu hol tabiblarni yanglishtiradigan narsalardandir: ular kasaldan uning og’zi quriganini bilganlarida birinchi xil quruqlik bilan ikkinchi xil quruqlik orasini ajratolmaydilar. Til quruq bo`lsa g’adir-budur, ho`l bo`lsa silliq bo`ladi. Goho tilning ahvoli haqida so`zlagan vaqtdagi uning harakati, oriqligi, yengilligi, qalinlashib qolib hamisha uni tishlab ola berish va harakatining og’irligiga qarab hukm qilinadi. Bu hol uning qon yoki rutubat bilan to`lganligiga dalolat qiladi. Til kasalligiga goho unda paydo bo`ladigan shishlar va mayda chiqiqlar dalolat qiladi. Aytilib o`tilgan umumiy qoidalarni va ularga yondoshib keladigan xususiy qoidalarni to`la o`rganganingdan keyin bu manbalardan dalil olish yo`llarini kengaytira olasan.
Goho tilning bir o`zi og’riydi, goho miya yoki me`daning hamkorligi bilan og’riydi. Til asablari bir qancha boshqa asablarga tutashgan bo`lib, yo o`sha asablar til asablarining harakatiga to`sqinlik qilmay, ularga birgalashadi, sog’lom so`zlovchilarda shunday bo`ladi, yoki to`sqinlik qiladi va osonlik bilan ularga birgalashmaydi. Natijada so`zlovchi tutilib so`zlay boshlaydi va boshqalar. Ba`zan tutilib so`zlash tilning to`xtalib qolishidan bo`ladi. Chunki til asablari quvvatni boshqa asabdan olishi natijasida, quvvat yetib kelgunicha til tutilib turadi. Davolash. Goho tilni bosh yoki me`dani tuzatadigan narsalar orqali davolash bilan birgalikda davolanadi. U narsalarning hammasini o`z bobida bildingiz. Goho ichni surib bo`shatuvchi ichiladigan dorilar bilan tilning o`ziga xos davolash tadbiri ham qo`llanadi, Bu dorilar qustiradigan va mizojni o`zgartiradigan dorilardan ko`ra foydaliroqdir. Yoki uni burishtiruvchi yo tarqatuvchi, parchalovchi va suyultiruvchi dorilar bilan davolanadi; bularni ichilsa, quvvati tilga borib yetadi. Bu xil dorilarni ovqatdan keyin ichish yaxshiroq. Tilni goho og’iz chayiladigan, ishqalanadigan va tomoq chayiladigan dorilar; og’izga olib turiladigan yog’lar va yuqoridagi xususiyatlarga ega bo`lgan dorilardan tayyorlanib, keragida og’izga olib turiladigan hab dorilar bilan davolanadi. Bularni yapaloq qilib tayyorlash yaxshiroq. Og’iz va til dorilari tomoq va o`pkaga zarar qiladigan bo`lsa, ulardan oqadigan suyuqlik tomoq va o`pkaga bormasligi uchun ularni ehtiyotlik bilan ishlatish kerak.
Tilning bo`shashuvi
bo`shashish kasalligining turlaridandir. Til bo`shashuvining sababi ma`lum bo`lib, u goho suvsimon rutubatdan, goho miyadagi birlamchi sababdan paydo bo`ladi. Ba`zan tilni harakat qildiruvchi asablardagi yoki o`sha asablardan tilga keluvchi shaxobchadagi sababdan yuz beradi. Til shishuvi miya hamkorligi bilan yoki uning hamkorligisiz bo`lganligini miyadan sug’orilib turgan boshqa a`zolardagi sezish va harakatning ahvolidan bilinadi. Moddaning qon ekani tilning qizilligi va issiqligidan bilinadi. Moddaning suvsimon suyuqlik ekaniga oq so`lakning ko`p oqishi, tarqatuvchi dorilarning oz foyda qilishi oz burishtiruvchi dorilarning esa foyda berishi belgi bo`ladi. Goho tildagi bo`shashish so`zlashning yo`q bo`lib qolishi, yo qiyinlashishi yoki o`zgarishigacha yetib boradi. So`zlaganda duduqlanib "f" va "t" harflarini qaytaraverishi shular jumlasidandir. Bolalarning ba`zisida so`zlay olmaslik davri uzoq davom etadi. Davolash. Oldin kichik iyoraj bilan, keyin katta iyoraj bilan "Og’izni tozalash, so`ngra boshni o`ziga xos dorilar bilan davolash kerak. Agar ho`llik bilan birga qonning ko`payganligiga gumon qilinsa, til tomirlaridan qon olinadi, engakka qortiq qo`yiladi, keyin esa tomoqqa chayiladigan va tilga ishqalanadigan dorilar ishlatiladi. Bo`shatishdan keyin doimo til harakatlantirib turiladi. Kasal joyning o`ziga ishlatiladigan dorilarga kelsak, ko`proq vaqt tilni yumshatuvchi, ajratuvchi va latiflashtiruvchi dorilar bilan ishqalanadi va ularning suvlari bilan tomoq va og’iz chayiladi. U dorilar esa kaklik o`ti, tog’jambil, hardal, nazla o`ti va kovul il-dizi, hatto hardal bilan etmak kabi narsalardan iboratdir. Shulardan hammasini murriy va dengiz piyozining sirkasi kabi narsa bilan qo`shib ishlatiladi. Tilga navshadilni ayron qurt yoki suzma qurt bilan qo`shib, undan ko`p so`lak oqquncha ishqalash ham foyda qiladi. Yovvoyi piyoz sikanjubini bilan tomoq va og’iz chayilsa juda foyda qiladi. Igir tilning bo`shashuvi va og’irligiga qarshi juda yaxshi doridir. Til haddan tashqari bo`shashib so`zlash mumkin bo`lmay qolsa, farfiyun va yetmakdan bir miqdor olib tilni va tilning ildizini o`sha tarkib bilan ishqalash kerak. O’sha dorilarni va ularga o`xshashlarni bo’yinga ham qo`yiladi. Goho shu dorilar va ularga o`xshashlardan tayyorlanadi, buning uchun ularni tez erib ketishdan saqlaydiganlardan anbar, sanavbar yelimi va boshqa yopishqoq yelimlar bilan qoqiladi. Tilning bo`shashuviga va chiqib osilib qolishiga qarshi til tagiga olib turiladigan habning tarkibi quyidagicha: ikki dirham bo’tm daraxtining saqichi va bir dirham anguzani olinadi va shundan: no’xat barobarida hab dori tayyorlab, til tagida olib turiladi. Bu bobda sinalgan tadbirlardan biri novshadil, murch, nazla o`ti, hardal va buraq, zanjabil, tog’ mayizi, kaklik o`ti, sedana, quruq samsoq va neftli tuzlarni yanchib, elab va ularni issiq suvga solib, bir necha kun ketma-ket tomoq chayishdir. Tilning bo`shashuviga qarshi hidlar ko`rsatadigan juvorishn dorilardan biri mana shu tarkibdagi juvorishndir: qora zira, kermon zirasi, dorchin va hind tuzining har biridan yarim miskrl, yuz dona uzunchoq murch, ikki yuz dona qora murch va shakardan sakkiz istor, bir istor olti yarim dirham bo`ladi, olib doimo ishlatib turiladi. Tarqatuvchi dorilar ta`sir qilmasa va sen rutubatni suyuq va oquvchan deb taxmin qilsang, burishtiruvchi va tarqatuvchi dorilarni, masalan: gul bilan aralashtirilgan qandul va taboshir bilan aralashtirilgan qora chayir guli kabi dorilarni ishlat. Qurt, uzo’t gurasi va dumbul mevalar kabi nordon va burishtiruvchi narsalar bilan tilni ishqalash til bo`shashuviga ko`pincha foyda qiladi. Chunki ular so`lakni tarqatishi va oqizishi bilan birga nordonligi sababli tilni mahkam qiladi. Bolaning tilga kirishi kechikib ketsa, doimo uning tilini harakatlantirib turish, ishqalash va so`laklarni oqizish kerak. Ayniqsa, shunday bolaning tiliga asal va andaron tuzi oq tuz ishqalansa, yaxshi foyda qiladi. Yana tilning ortiqcha ho`lligini davolash to`g’risida aytilgan dorilar ham foydalidir. O’shanday bolalarni so`zlashga majbur qilish tillarini harakatlantiradigan va ravon qiladigan tadbirlar sanaladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling